31
II BOB “YOSHLIK-1” KONIDA BURGʻILASH-PORTLATISH ISHLARI
.1. Kon sha oitida u ilash-portlatish ishlarini qoʻllash sharoitlari va
texnologiyasi
Qazib olish jarayonlarida kon jinslarining holati turli ta‘sirlar (zarba,
surilish, zichlanish va boshqalar) natijasida oʻzgaradi.
Ochiq usulda kon qazish ishlarining obyekti
sifatida kon jinslarini
tavsiflovchi fizik-texnik xususiyatlarni ularning zichlik, gʻovakdorlik, namlik, turli
ta‘sirlarga chidamlilik, tirnovchanlik, yopishqoqlik, moʻrtlik, turgʻunlik, koʻpchish
(maydalanganda hajmining koʻpayishi) kabi qator koʻrsatkichlar tashkil qiladi.
Konlarni ochiq usulda qazib olishda barcha kon jinslari quyidagi guruhlarga
boʻlinadi: buzilmagan (tegilmagan), qoyasimon (qattiq), yarimqoyasimon (tabiiy
holatda), buzilgan (tabiiy yoki sun‘iy ta‘sirda), yumshoq va sochilma.
Kon jinslarning qaysi guruhga mansub ekanligi asosida ulami qazib
olishning turli usullaridan foydalaniladi.
Namligi 3-5% boʻlib, 50 MPa dan ortiq bosim ostida ezilganda buzilishi
mumkin boʻlgan qattiq kon jinslari qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi.
Magmatik, metamorfik (kvartsilar, granitlar, bazaltlar, gabbro va boshqalar),
shuningdek, ba‘zi choʻkindi jinslar (pishiq
ohaktoshlar, qumtoshlar, qumtoshli
slaneslar, konglomeratlar va boshqalar) qoyasimon jinslar hisoblanadi.
Namligi 3-5 % boyigan jins boʻlagining 20-50 MPa bosim oraligʻida bir oʻq
yoʻnalishi boʻyicha siqilganda buzilishga koʻrsatadigan
nisbiy qarshilikka ega
jinslar yarim qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi. Bularga nuragan magmatik,
metamorfik va tub choʻkindi jinslar (glinalar, qumtosh-glinali slaneslar, glinali va
ohaktoshli qumtoshlar, gemotitlar, rudalar, mergellar, rakushka-ohaktoshlar, pishiq
qoʻngʻir koʻmir, argellitlar, alevrolitlar. gips, tosh tuz va boshqalar) kiradi.
Qoyasimon va yarimqoyasimon jinslarni qazib-yuklash va tashish ishlarini
mavjud texnik vositalar yordamida bajarish uchun jins massivlarini portlatish yoki
mexanik usulda oldindan maydalab olish zarur boʻladi.
Maydalangan jinslaming maydalanish sifati bo
ʻl
akdorlik va boʻlaklar
oʻrtasidagi bogʻliqlik bilan tavsiflanadi.
32
Maydalangan jinslaming boʻlakdorligi yuqori darajadagi aniqlikda boʻlaklar
oʻrtacha oʻlchami
(d
oʻr
) bilan baholanishi mumkin.
Maydalangan jinslar boʻlakdorlik boʻyicha besh kategoriyaga boʻlinadi.
1. Juda maydalangan jinslar – d
oʻr
<10 sm (eng yirik boʻlaklarning oʻlchami 40 -
60 sm).
2. Mayda maydalangan jinslar – d
oʻr
= 15
25 sm (eng yirik boʻlaklarning oʻlchami
60-400 sm).
3. O‗rtacha
maydalangan jinslar - d
oʻr
=25
35 sm (eng yirik boʻlaklarning
oʻlchami 100 - 140 sm).
4. Yirik maydalangan jinslar –
d
oʻr
= 40
60 sm (eng yirik boʻlaklarning oʻlchami
150-200 sm).
5. Juda yirik maydalangan jinslar –
d
oʻr
= 70
90 sm (eng yirik boʻlaklarning
oʻlchami 250-300 sm).
Kon jinslarini buzilishga boʻlgan qarshiligini baholash uchun akademik V.V.
Rjevskiy jinslarning buzilish qiyinligi koʻrsatkichini tavsiya etgan va bu
koʻrsatkich quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
(
)
(2.1)
bunda
— jinslarning darzdorlik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
y-jinslarning tabiiy holatdagi zichligi, gr/sm
3
;
,-jinslarni
qisilishga, surilishga va choʻzilishga koʻrsatadigan nisbiy qarshiligi, Pa.
Jinslar buzilish qiyinligi koʻrsatkichi boʻyicha besh sinfga boiinadi, har bir
sinf esa besh kategoriyadan tashkil topadi.
I-sinf - yarimqoyasimon, pishiq va boʻlaklari oʻzaro bogʻliq boʻlgan l
5
kategoriyalarni tashkil qiluvchi yumshoq jinslar (
).
II-sinf-6
10 kategoriyalarni tashkil qiluvchi
oson buziladigan qoyasimon
jinslar (
5,1-5 10).
III-sinf - oʻrtacha buzilish qiyinligiga ega boʻlgan qoyasimon jinslar bolib,
11
15 kategoriyani tashkil qiladi (
).
IV-sinf – 16
20 kategoriyalarga mansub qiyin buziladigan qoyasimon
33
jinslar (
).
V-sinf-21
25 kategoriyalarni tashkil qiluvchi
juda qiyin buziladigan
qoyasimon jinslar (
).
Buzilish qiyinligi koʻrsatkichi
>25 boʻlgan jinslar konchilik amaliyotida
juda kam uchraydi.
Kon jinslarini qazishga tayyorlash keyingi jarayonlarni (kon massasini qazib
olib transport vositalariga yuklash,
qabul punktlariga tashish, otval xosil qilish,
qayta ishlash va boshqalar) bajarish uchun qulay sharoit va texnologik
imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi[2.2.4].
Kon jinslarini qazishga tayyorlash turli usullarda bajarilishi mumkin.
«Yoshlik-1» koni rudalari oʻrtacha buzilish qiyinligiga ega boʻlgan qoyasimon
jinslar bolib, tog jinslarining qattiqlik darajasi 14-16 ni tashkil etadi.
Shu sababli
«Yoshlik-1» koni tog jinslari burg ilab-portlatish usuli orqali qazib olishga
tayyorlanadi.
Burgʻilab-portlatish usuli qattiq qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlashda
keng qoʻllaniladi. Bu usulda qazishga tayyorlangan kon jinsi boʻlaklarining chiziq
boʻyicha
maksimal
oʻlchami
qazib
yuklash
va tashish
vositalarining
koʻrsatkichlariga mos kelishi zarur. Jins boʻlaklarining maksimal oʻlchami
quyidagicha boʻlishi talab etiladi:
-
bir choʻmichli ekskavatorlar uchun -
-
avto va temiryoʻl transporti uchun -
-
konveyer transporti uchun -
l
max
< 0,5
B
l
- 0,1;
-
maydalash uskunasi (tegirmon) uchun -
l
max
5-0,75-.B;
bunda Q- ekskavator choʻmichining hajmi, m
3
;
Q -avtoagʻdargich yoki dumpkar (vagon) kuzovi hajmi, m
3
;
B
t
- konveyer tasmasi kengligi, m;
В - maydalagich qabul qilish panjarasi kengligi, m.
Yuqorida keltirilgan (talab etiladigan) oʻlchamlardan katta boʻlgan kon
jinslari boʻlaklari
negabarit deyiladi va ulami qayta (ikkilamchi) maydalash lozim
34
boʻladi[2.2.4]. «Yoshlik-1» koni hududida yirik oʻlchamli togʻ jinslarning
oʻlchami hozirgi kunda 70-150 sm ni tashkil qiladi va bu ikkilamchi maydalashga
boʻlgan ehtiyojni yanada oshiradi.
Yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishi 1.5 – 2% dan oshmasligi kerak.
Yirik
oʻlchamli togʻ jinslarini maydalash ishlari ustquyma zaryadlar yoki gidromolotkali
ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi.
10>
Dostları ilə paylaş: