Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va


III BOB. KONLARNI BALAND POGʻONALAR BILAN QAZIB OLISHDA



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Farrux dis

III BOB. KONLARNI BALAND POGʻONALAR BILAN QAZIB OLISHDA 
BURGʻILASH-PORTLATISH ISHLARI SAMARADORLIGINI 
OSHIRUVCHI SKVAJINA ZARYADI KONSTRUKSIYASINI ISHLAB 
CHIQISH 
3.1. Burgʻilash-portlatish ishlari samaradorligini oshiruvchi skvajina zaryadi 
konstruksiyasini ishlab chiqish nazariy asoslari 
Hozirgi zamonaviy dunyoda konchilik sohasida raqobatbardoshlikni 
saqlagan holda ruda va foydali qazilmalarni qazib olishda iqtisodiy rentabellikni 
saqlab xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarishda samaradorlikni dunyo 
miqyosiga chiqarish birinchi darajali muammo boʻlib qolmoqda. Jahon miqyosiga 
mos keladigan xom ashyo ishlab chiqarishda fan va texnikani oʻrni beqiyos 
hisoblanadi. Zamonaviy fan va texnikadan foydalanish konchilik sohasida ishlab 
chiqarish unumdorligini 8-10% ga oshirish imkonini beradi. Konchilikda texnika 
va texnologiyalardan maksimal foydalanishda togʻ jinsi massasini yuqori sifatli 
portlatish orqali erishish mumkin. Lekin konchilik sohasida eng zamonaviy 
burgʻilash texnologiyasi, yuqori sifatli portlovchi moddalardan foydalanish b‘azi 
bir hollarda yetarlicha samara bermasligi mumkin. Baland pogʻonalarni 
portlatishda ishlatiladigan burgʻilash va portlatish ishlarining mavjud usullarini 
tahlil qilish texnologiyalarni takomillashtirish zarurligini, xususan, berilgan 
maydalash darajasini va berma tagligini sifatli ishlab chiqishni taminlaydigan 
skvajina zaryadlarining yangi dizaynlarini ishlab chiqish zarurligini aks ettiradi. Bu 
muhim vazifani anglatadi, uning muvaffaqiyatli yechimi foydali qazilmalarni 
baland pogʻonalarda qazib olish sharoitida burgʻilash va portlatish ishlarining 
samaradorligini oshirishga imkon beradi. 
Sanoatning barcha tarmoqlarida tezkor ilmiy-texnik taraqqiyot kon ishlab 
chiqarishni, shu jumladan portlash ishlarini sezilarli darajada takomillashtirishni 
taminladi. Natijada portlatish ishlarida yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishini oldini 
olish mexanizmi haqidagi gʻoyalarning rivojlandi. Fanning ushbu sohasidagi 
muhim yutuqlarga mahalliy va xorijiy olimlarning ishlari tufayli erishildi: F. I. 
Kucheryavogo, M. A. Lavrentev, G. I. Pokrovskiy, Y.B. Zeldovich, O. E. Vlasov, 


44 
V. M. Komir, K. P. Stanyukovich, G. P. Demidyuk, O. O. Vovka, S. D. Viktorov, 
E. I. Efremov, N.I. Kazakov, A. N. Xanukayev, V. A. Borovikov, F. I. Vanyagin, 
A. P. Andrievskiy, B. N. Kutuzov, V. A. Belin, G. P. Paramonov, B. N. Rakishev 
va boshqalar. 
Portlash ishining juda dolzarb muammosini hal qilish-yuqori pogʻonalarni 
portlatish sharoitida tog ' jinslarining ma'lum darajada parchalanishi bilan brovka 
tagini ishlab chiqish sifatini boshqarishni birlashtirgan usulni topishga bir qator 
ilmiy ishlar va taniqli olimlarning tadqiqotlari bagʻishlangan: Musin V. N., 
Rubtsov S. K., Viktorov S. D., Galchenko Yu. P., Zhamerinskiy V.M. lar yaqin va 
parallel-yaqin yoki qiya zaryadlardan foydalanishni taklif qilishgan; Dugartsirenov 
A. V., Kim S. I., Doljikov K. I., Goncharov S. A. - buning uchun qozon yaratish 
yoki skvajinaning pastki qismida termal kengaytirishdan foydalanishni; Melnikov 
N. V., Marchenko L. N. Mashukov V.I.-havo boʻshliqlarida zaryadning tarqalishi; 
Efremov E. I. – togʻ jinslaridan tozalanmagan pogʻonada portlash. Biroq, ushbu 
muammoni hal qilishning taklif qilingan variantlarini bozor iqtisodiyoti sharoitida, 
texnik va texnologik jihatdan qoʻllash yanada rivojlanishni talab qiladi[2.2.2].
Musin A.V. oʻzining ilmiy izlanishlarida baland pogʻonalarni portlatishda 
samarali skvajina zaryadi konstruksiyalari haqida toʻxtalib oʻz fikrini quyidagicha 
bildirgan ya‘ni yaqin va parallel yaqin skvajina zaryadlari mustahkamlik darajasi 
boʻyicha III-V guruhga kiruvchi balandligi 15 m va undan baland boʻlgan 
pogʻonalarda qoʻllanilganda samarali natija berishini hamda pogʻona ostki qismi 
qarshilik chizigʻi kattalashib ketsa ham portlash samaradorligi oʻzgarmasdan 
qolishini ilmiy asoslab bergan[2.1.1].

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin