MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA DIQQAT XUSUSIYATLARINI O’RGANISH USULLARI
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining diqqat xususiyatlari quyidagi metodikalar orqali diagnostika qilinadi.
Uycha metodikasi ( diqqat)
MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA DIQQAT XUSUSIYATLARINI O’RGANISH USULLARI
Uycha metodikasi( diqqat)
Maqsad: Bolani mo’ljalga olish, predmetlarni aniq ko’chirib olish qobiliyatlarini aniqlashyu qo’l motorikasi, erkin e’tiborni rivojlantirish xususiyatlarini aniqlash.
Material: Uycha chizilgan varaq, ish qog’oz, qora qalam.
Baholash mezonlari:
Yuqori daraja – 3- ball (bola 0-3 ball to’playdi) - vazifani yaxshi bajargan. 3 tagacha xato ballari ruxsat etiladi.
O’rta daraja – 2 ball (bola 4-6 ball to’playdi) - 4 tadan -6 tagacha xato ballari ruxsat etiladi.
Kichik daraja – 1-ball (bola 7 tadan ko’p ball to’playdi) -7 va undan yuqori xato ballari ruxsat etiladi.
XULOSA
Diqqat – inson organizmining ma’lum ob’ektlarga (boshqalaridan ayirgan tarzda) yo‘naltirilishi va to‘planishidir. Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir.
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o‘yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashg‘ulotlarida. Loy hamda plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlashda. O‘zgalar nutqini idrok etishda va tushunishda. Matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi. Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. 6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik,ishchanlik va batartiblik xislatlari bo‘lishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13 maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi 391-sonli Qarori.
2. M.G.Davletshin, Sh.Do‘smuhammedov, S.To‘ychieva. Yosh davrlar va pedagogik psixologiya.Toshkent- 2009 yil.
3. Z.Nishonova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. Toshkent-2006 yil.
4. M.Sh.Rasuleva, O.U.Avlaev. Maktabgacha ta’lim muassasasi psixologining ish xujjatlari. (Portfolio). Toshkent-2016 yil.