Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137
psihiatriya-qollanma

Batafsil fikrlash detallashtirish, alohida detallarda tutilib qolish bilan 
xarakterlanadi. Bemor oddiy savolga javob berayotganda ham, mayda tafsilotlarga 
chuqurlashishga harakat qiladi, kerak bо‗lmagan ikr-chikirlarda tutilib qoladi, 
asosiy ma‘noni ikkinchi darajalidan ajrata olmaydi. epilepsiya, organik buzilishlar 
uchun xarakterli. 
Qiyin harakatli (torpidlik, harakatsizlik, giluvchanlik) fikrlash – 
fikrlarning ketma-ketligida qiyinchilikning ifodalanishi. Bemorlar savolni tushunib 
olishlari uchun katta kuch sarflaydilar, ammo, gapirishni boshlab, qiyinchilik bilan 
boshqa mavzuga о‗tadilar yoki tо‗xtab qoladilar. Bunday bemorlarning fikrlash 
jarayoni va butun psixik faolliyati kо‗mir tо‗ldirilgan vagonlarni slatadi. 
Bemorlarning nutqi va harakati torpedli bо‗lib qoladi. Epilepsiya, organik psixik 
buzilishlar uchun xarakterli. 
Rigidli yoki egilmaydigan fikrlash biror bir yangi narsani tan olish va 
tushunishni qiyinligini ifodalab, о‗jarlik bilan xarakterlanadi. Agarda bu yangi 
taklif uning uchun foydali bо‗lsa ham, yoki bu ma‘noviy formulirovka foydali 


46 
ma‘lumotga ega bо‗lsa ham, о‗z fikrini о‗zgartirishdan bosh tortib, bemor о‗z 
nuqtai nazarida qat'iyat bilan turib oladi. Rigid fikrlash kognitiv yoki bilish 
xususiyatining pasayishi bilan kechadi, kо‗pincha boshlang‗ich demensiya bilan 
hamohang bо‗ladi va yoshi kattalarda uchraydigan qon-tomir patologiya lariga 
xosdir, ammo epilepsiyada ham, shaxsiyatning buzilishi, aqli zaiflikda ham 
uchraydi. 
Bog„lanishga kо„ra fikrlashning о„zgarishi 
Tematik sirg„anish suhbat mavzusining tо‗satdan о‗zgarishi va 
aytilayotganlar orasida bog‗lanishning yо‗qligi bilan harakterlanadi. Masalan, 
―Sizning nechta bolangiz bor?‖ savoliga, Bemor shunday javob beradi: ―Mening 
ikki farzandim bor ... ertalabdan kо‗proq yeb qо‗ydim shekilli‖. Tematik sirg‗anish 
fikrlash va nutqning о‗ziga xos strukturasining belgilaridan biri – shizofreniya, 
bunda alohida gaplar orasida parologik aloqaning ehtimoli bor. Yuqorida 
keltirilgan misolda, jumladan kо‗rsatilgan aloqa bolalar bilan, ertalab ular rad 
etgan ovqatni Bemorning о‗zi eb qо‗yganligi bilan aniqlanadi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin