Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137
psihiatriya-qollanma

Obnubilyasiya (lot. ―obnubilus‖ – bulut), sekinlashish, tormozlanish, kam 
produktirlash, masalalarni fikrlashning, umuman vaziyatlarning qiyinlashuvi) bilan 
kechuvchi ongning engil karaxtlik darajasi. Ongning karaxtlik holati, bemor 
adekvat bо‗lib qolganda holatning ravshanlashishi bilan almashishi, havo bulutli 
bо‗lganda bulutli osmonda quyoshning paydo bо‗lishini eslatadi. 
Gangish (―raush‖) ilgarigi somnolensiya (―somnolentio‖ – uyquchanlik), 
bunda Bemor savollarga sekin javob beradi, ba‘zida yarim yopiq kо‗z bilan, u 
tormozlangan va uyquchan bо‗ladi. Bu ong buzilishiga diqqatning passivligi, qabul 
qilishning aniqmasligi, xotira va eslashning kuchsizlanishi, fikrlashning buzilishi, 
muhokama qilish, hulosa chiqarish xususiyatining pasayishi. Eyforiya va 
xovliqmalikning mavjudligi. Holatning shu turini M.O.Gurevich ongning 
dezintegrasiyasi deb atagan edi. Ba‘zida ular fiziologik uxlab qolish jarayonini 
eslatadi. 
Sopor – ongning keyingi buzilish holatlari. Dezorientasiya, mahkam 
ushlaydigan va har turli harakatlar, g‗uldirovchi nutqli, koordinirlanmagan 
harakatlar bilan harakterlanadi. Bunda og‗riqni sezish, qorachig‗li, kon'yuktival va 
korneal reflekslar saqlangan bо‗ladi. 
Koma – ongning butunlay yо‗qolishi. Mushak atoniyasi, arefleksiya, 
qorachiq reaksiyasining mavjud emasligi, midriaz bilan xarakterlanadi. Ongning 
miqdoriy buzilishlari ekzogen buzilishlarga kiritiladi va qon-tomir buzilishlarda, 
og‗ir intoksikasiyada, endokrin buzilishlarda, epilepsiyada (epileptik koma), miya 
qobig‗i jarohatlaridan keyin va о‗lishning terminal bosqichida (vegetativ koma) 
qayd etiladi. 
Komadan chiqish kо‗pincha uyquga о‗xshash (oneyroid) holatlarni 
eslatuvchi tanadan tashqari kechinmalar orqali harakterlanadi. 


56 
Deliriy (deliriozli sindrom) joyda va vaqtda mо‗ljal olishning buzilishi bilan 
xarakterlanadi, bunda qо‗rqinchli kо‗rinish va eshitish gallyusinasiyalar kuzatiladi. 
О‗zining shaxsiyatidagi mо‗ljal saqlanib qoladi, vaqt va joyga mо‗ljalolish 
buziladi. Gallyusinasiyalar kо‗proq zooptik yoki demonikdir (ayniqsa kо‗proq 
hasharotlar, reptiliyalar, uy yoki yovvoyi hayvonlar, afsonaviy mahluq, shaytonlar, 
vampirlar va b.). Bemorning xulqi gallyusinator obrazlar ifodasi orqali aniqlanadi. 
Deliriydan chiqqandan sо‗ng amneziya kuzatiladi. Busindrom organik buzilishlar 
va intoksikasiyalarda uchraydi, ekzogen sindrom hisoblanadi. 
Amensiya 
(amentivli 
sindrom) 
tо‗liq 
dezorientasiya, 
nutqning 
bog‗lanishsizligi, yig‗ma harakatlar va amensiyadan chiqishdagi tо‗liq amneziya 
bilan xarakterlanadi. Deliriyni amensiyaga о‗tishida birinchi simptomlardan biri, 
bu valdirash va yig‗ma harakatdir (amentiv sindrom bosqichida mussitirlovchi 
deliriy belgilari). Bu sindrom organik buzilishlar va intoksikasiyalarda uchraydi, 
shu jumladan ekzogen sindromga taalluqli. 
Oneyroid (oneyroidli sindrom) – ongning tushsimon singari buzilishi bо‗lib, 
bunda tо‗liq dezorientasiya, tо‗g‗ri ma‘nodagi kosmik, fantastik yoki ertak 
gallyusinasiyalari kо‗rinadi. Oneyroiddan chiqish amneziyasiz. Katatonik 
shizofreniyaga xarakterli bо‗lib, ba‘zida psixofaol vositali intoksikasiyalarda va 
epilepsiyalarda uchraydi. Endogen sindrom hisoblanadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin