52
uchun ularning vakillari past koeffisientlarni kо‗rsatadilar, aslida esa, adaptasiyada,
ayniqsa muhitning sensor sharoitida ular anchagina yuqori bо‗lishi mumkin.
Simptom va sindromlar. Intellekt patologiyasida aqliy zaiflik va demensiya
ajratiladi, u diffuz va lakunarlarga bо‗linadi, shu jumladan rivojlanishning orqada
qolishi va defektlar.
Aqliy zaiflikni demensiyadan farqi shundaki, u avvaldan etishmaslikni
namoyon qilsa, demensiya – bu orttirilgan holatdir. Kritik nuqta 3 yosh
hisoblanadi. Agarda bola bu yoshgacha о‗z hususi tlarini sarflab bо‗lsa, u holda u
aqli zaif hisoblanadi, agarda undan keyin bо‗lsa – demensiya bilan og‗rigan
hisoblanadi. Aqliy zaiflikning sabablari genetik va orttirilganga farqlanadi. Genetik
sabablar orasida genli va xromosomali anomaliyalar, mutasiyalar mavjuddir, ular
modda almashinishiga olib keladi. Muhitli sabablar orasida teratogenli ta‘sir, shu
jumladan genetik faktorlarni genetik apparatga, tug‗ish vaqtidagi shikast, va
hayotining birinchi 3 yilligida orttirilgan kasalliklar kiradi. Aqliy zaiflikning
bulinishi va uning klinikasi taalluqli bо‗limlarda tavsiflangan. Aqliy zaiflik uchun,
ba‘zi bir almashinuv jarayonlaridan tashqari, simptomatikani о‗sishi xarakterli
bо‗lmay, mahsus ta‘lim natijasida qandaydir bir о‗sish xosdir.
Demensiya xotira, fikrlash, ta‘lim, irodaviy faollik sferasi orttirilgan
kognitiv defisitda ifodalanadi. Agarda intellektning о‗zgarishi bitta funksiyaga
taalluqli bо‗lsa, masalan xotira, u holda lakunar haqida gapiriladi, ya‘ni aqli
zaiflikning о‗chog‗i, u atrofik demensiya uchun xarakterlidir, masalan, Alsgeymer
kasalligi. Agarda u sekin asta pasayish yoki hamma (bir qancha) funksiyalarning
tushishiga taalluqli bо‗lsa – diffuzli aqli zaiflik, ya‘ni total demensiya, u kо‗proq
multiinfarkt demensiyalarda qayd etiladi. Biroq demensiyaning bu ikki tipi bir-
biriga о‗tadi, shuning uchun shu haqda aytish mumkinki, kо‗pchilik demensiyalar
о‗choqdan diffuzga, dinamikada rivojlanadi. Demensiyalar kо‗pincha progredientli
(kelib tushuvchi) xarakterga ega bо‗lib, ular kо‗p hollarda qaytarilmasdirlar.
Dostları ilə paylaş: