Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137
psihiatriya-qollanma

Uzib tashlangan fikrlash – bunda bemor jumlalarni tо‗g‗ri quradi, ammo 
mantiqiy bog‗liqlik ular orasida mavjud emas. 
Inkogerent fikrlash (aloqasiz) – bunday fikrlashda gapdagi alohidagi 
sо‗zlar orasida bog‗liqlik bо‗lmaydi, kо‗pincha bir sо‗zni takrorlash yuzaga keladi 
(perseverasiya ). 
Verbigerasiya – fikrlashning buzilishi, sо‗zlar orasidagi bog‗lanishgina 
buzilib qolmasdan, balki bо‗g‗inlar orasida ham, Bemor alohida tovush va 
bо‗g‗inlarni stereotip talaffuz etishi mumkin. Fikrlashning uzib tashlanganlikning 
turli darajalari shizofreniya uchun xarakterli. 
Nutq stereotiplari alohida sо‗zlarning qaytarilishi kо‗rinishida ifodalanishi 
mumkin, shu tariqa ibora yoki gap. Bemorlar bir voqeani, latifalarni bir necha 
marotaba takrorlab, gapirib berishi mumkin. (―gramafon plastinka‖ simptomi). 
Ba‘zida tik turadigan aylanmalar о‗chib qolish bilan kechadi, masalan, Bemor 
quyidagi iborani aytadi: ―Bosh og‗rig‗i ba‘zida meni bezovta qiladi. Bosh og‗rig‗i 
ba‘zida meni... Bosh og‗rig‗i meni... Bosh og‗rig‗i... Bosh…‖. Nutq stereotiplari 
shizofreniya va demensiya uchun xarakterli. 
 
 


47 
V BOB. XOTIRA, DIQQAT, INTELLEKT BUZILISHLARI 
Ta‟rifi. Xotira – informasiyalarni eslab qolish va tо‗plash (fiksasiya), ushlab 
qolish (retensiay) va qayta tiklash jarayoni. Dismneziyalar ajratiladi: gipermneziay, 
gipomneziay, amneziya, siqib chiqarish kо‗rinishi; va paramneziya: 
konfabulyasiyalar, psevdoreminissensiaylar, kriptomneziay lar, exomneziyalar, 
palimpsestlar.
Diqqat – ob‘ektga va faolliyatga yо‗nalganlik va tо‗planganlik darajasi. 
Diqqat patologiya siga turg‗un emasligi, sekinlashgan о‗zgarish, konsentrasiyaning 
etarli emasligi, diqqatning defisiti kiradi. 
Tarixi, norma va evolyusiyasi. Xotira faolliyatining jarayoni о‗rganish va 
qayta о‗rganish xususiyatlari bilan bog‗liq. U yangi informasiyalarni qabul qilish, 
ularni yig‗ish, saqlab qolish va yangilashdan iborat. Xotiraning bu xususiyatlari 
butun tirik va tirik bо‗lmagan tabiat uchun xarakterlidir. Xotira bu m olamida 
madani tda informasiya tashuvchilarda, jumladan kitob va kompyuterda 
akkumulirlangan. Xotiraning о‗lchov birligi bо‗lib, bir bit (8 bit = 1 bayt) qabul 
qilingan, u 2 turdagi informasiyani qabul qilishi mumkin: ―xa‖ (1) va ―yо‗q‖ (0). 
XXI asrning boshlaridagi shaxsiy kompyuterlar 20 Gbayt ga teng informasiyani 
qabul qiladilar. Xotiraning biologik ma‘nosi bо‗yicha qisqa muddatli va uzoq 
muddatliga bо‗linadi. Uzoq muddatli xotira DNK strukturasida qayd etiladi, qisqa 
muddatli esa – RNK strukturasida. Xotiraning mi viy tashkiloti Papes aylanasi 
bilan bog‗liq. Papes aylanasiga retikulyar formasiya, mindalin va septuma qobiq
gippokamp, gipotalamus va talamus orasidagi qayta aloqa kiradi. Taalluqli 
ravishda, diqqat-e‘tiborning buzilishi asosan retikulyar formasiya bilan, xotiraning 
buzilishi – qobiq, gippokamp bilan bog‗liq. Morfologik substrat sifatidagi neyronal 
―iz‖ akson-aksonli aloqa bilan taqdim etilgan, shu jumladan neyron tanalari 
orasidagi bog‗liqlik bilan, ularning soni о‗rganish natijasida olib boradi. 
Neyromorfologik va neyrofunksiyaonal kо‗rinishning izni engramma deyiladi, u 
bir lahzada aks ettirishning (imprintinga) ekstremal natijasida hosil bо‗lishi 
mumkin. Bu kо‗rinish K.Lorenz tomonidan birinchi bо‗lib ochilgan, uning 
ta‘kidlashicha, endigina tug‗ilgan g‗oz bolasi birinchi kо‗ringan obrazni ota-
onasidek qabul qiladi. Sut emizuvchilarda esa bolani qadrdondek tez qabul qilish 
oksitosinga xos bо‗lib, u tug‗ishning oxirgi bosqichida matkaning qisilishi 
natijasida ishlab chiqiladi. Senson xotira ajratiladi, u vizual taktil, olfaktor va 
audial obrazlarni eslab qolish bilan bog‗liq. Qisqa muddatli xotira uzoq muddatliga 
translyasiya qilinadi, unga qaytarish jarayonlari, eslab qolishning emosional 
e‘tibori, shu jumladan boshqa kо‗rinishlar orasidagi eslab qolingan pozisiyalar 
yordam beradi.


48 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin