51
vaqtida onaning yoshi bilan ham bog‗laydilar, chunki 35 yoshdan keyin tuxum
xujayra mutagenezi oshadi, shu sababdan, kо‗p hollarda Daun sindromi uchraydi.
Miyaning shikastlanishining yuqori ehtimoli yо‗ldoshni ajralishi, homilaning
tushishi natijasida, tug‗ish vaqtida miyaning shikasti yuz beradi. Ona va bolaning
erta anomal aloqasi, ayniqsa separasiya va deprivasiya, rivojlanishni orqada
qolishiga olib keladi, ular qayd qilinishi mumkin (Spitz). Ta‘lim struktura va tizimi
berkingan intellektual xusust larni bosishi yoki stimullashi mumkin.
Bir qator kishilar о‗ziga xos intellektual xususiyatlarga ega bо‗lib, kichik
yoshdan ma‘lumdir. Ch.Lombroso hisoblashicha, geniylarning kо‗pchiligi
degenerat va psixik kasaldirlar, biroq 150 yildan sо‗ng V.P.Efroimson
kо‗rsatishicha, intellekt genetikasi unumli psixopatologiya bilan nisbatan
bog‗liqdir. Intellektning universal modeli operasion daraja, unumdorlik va ma‘noni
о‗z ichiga qamrab oladi. Operativ daraja hotira, fikrlash, konvergensiya xususiyati
va g‗oyalar divergensiyasi, diqqatni chetga tortish о‗tkazishdan (abstrgirlash)
iborat. Intellektning unumdorligi g‗oyalarni urug‗larga, sinflarga, tizm, aloqalarga
birlashtirish xususiyatidan iboratdir. Intellekt ma‘nosi verbal (sо‗zlar zapasi va
ulardan foydalanish), verbal bо‗lmagan (xulq strategiyalari va ularni qо‗llash),
simvolik va semantik bо‗lishi mumkin. Kо‗pgina izlanuvchilar, intellektning
asosiy tuzuvchisi yumor hissi va о‗zini ustida kinoya xususiyatidir. Maksimal
intellektual darajaga etish darajasi, agar unga shaxsiyat xususiyatlari, muhit ta‘siri
yoki somatik buzilishlar halaqit bermasa о‗rtacha 40-50 yoshlarga tо‗g‗ri keladi.
Biroq intellektni sekin asta egallash va yо‗qotish ketma-ketligi darajasi genetik
aqliy xususiyatlarga bog‗liq. Ya‘ni, esi pastlar sekin asta aqlliroq va tezroq yanada
aqli pastroq bо‗la boshlaydi, aqllilar esa tez aqlli bо‗ladilar, aqli pastlik esa 60
yoshdan sо‗ng sekin asta yuzaga keladi. E‘tiborli darajada intellekt uzluksiz ta‘lim,
somatik salomatlik, zararli odatlardan voz kechish bilan qо‗llab turiladi. Tо‗g‗ri,
bu hamma vaqt ham amaliyotda tasdiqlanmaydi, mana, masalan, yuqori intellektni
saqlagan holda, U.Cherchill ancha vaqtgacha sigara chekishni davom ettirgan va
kon'yakdan voz kechmagan. Ginnes rekordlar kitobiga asosan IQ maksimal
kattalikni erkaklar emas, ayollar kо‗rsatgan.
Dostları ilə paylaş: