Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
psihiatriya-qollanma

Tasnifi 
Ko‘pchilik tasniflarda guruhga bo‘lishining asosiy mezoni sifatida 
intelektual defektning darajasi hisoblanadi. 


62 
Eng ko‘p tarqalgan tasniflardan biri Suxareva tasnifidir, buning asosida 
patogen ta‘sirlarning sifati va jarohatlanish vaqti yotadi. Suxareva barcha aqliy 
zaifliklarni etiologik omil ta‘sir qilish vaqtida qarab 3 guruhga bo‘lgan. 
I. Endogen tabiatdagi aqliy zaiflik (ota-onalarning generativ 
hujayralarining jarohatlanishi bilan bog‘liq) 
a) Daun kasalligi b) haqiqiy mikrotsefaliya v) aqliy zaiflikning moddalar 
almashuvining nasliy buzilish bilan bog‘liq enzimopatik turlari, buning ichiga 
fenilpirovinograd, galaktozemiya, sukrazuriya bilan bog‘liq va boshqa enzimopatik 
aqliy zaifliklar kiradi. g) aqliy zaiflikning aqliyy zaifiligining suyak sistemasi va 
teri rivojlanishi buzilishi bilan qo‘shilib kelishi bilan o‘tadigan klinik formalari 
(dizostozik, kserodermik aqliy zaiflik).
II. Embrio va fetopatiyalar: a) homiladorlik vaqtida onasining qizamik bilan 
kasalligi bilan bog‘liq aqliy zaiflik (rubeoler embriopatiya). b) gripp-parotit
infektsiyali gepatit, tsitomegaliya viruslari keltirib chiqaradigan aqliy zaiflik v) 
toksoplazmoz va listeroz tufayli bo‘ladigan aqliy zaiflik g) tug‘ma sifilis asosida 
hosil bo‘ladigan aqliy zaiflik. d) onadagi gormonal buzilishlar va toksik omillar 
(endo va ekzotoksik agentlar) tufayli kelib chiqadigan aqliy zaiflikning klinik 
turlari e) chaqaloqlardagi gemolitik kasallik sababli hosil bo‘ladigan aqliy zaiflik.
III.Tug‘ish vaqtida va erta bolalikda ta‘sir qiluvchi har xil zararlar sababli 
kesib chiqadigan aqliy zaiflik a) tug‘ma jarohat va asfiksiya bilan bog‘liq aqliy 
zaiflik b) postnatal davrda bosh miya jarohati tufayli kelib chiqadigan aqliy zaiflik
v) erta bolalikda boshidan kechirgan ensefalit, meningoensefalit va meningitlar 
sababli hosil bo‘ladigan aqliy zaiflik. 
Bu guruhlar bilan bir qatorda Suxareva aqliy zaiflikning atipik turini 
ajratgan, bularga gidrosefaliya, bosh miyaning rivojlanishining lokal deffekt
endokrin buzilishi bilan bog‘liq aqliy zaifliklar. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin