Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Araxnodaktiliya (Marfan sindromi)



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
psihiatriya-qollanma

Araxnodaktiliya (Marfan sindromi). Naslga dominant beradigan, kam 
uchraydigan nuqson hisoblanadi. Kasallarning tashqi ko‘rinishi kuyidagicha 
bo‘ladi: bo‘yi uzun, ozg‘in, oyoq-qo‘llari uzun va ingichka. Skelet nuqsonlari 
yurak qon tomir sistemasi va ko‘z nuqsonlari bilan birga keladi. Aqliy zaiflik-og‘ir 
darajadan engil darajagacha, ayrim vaqtda umuman bo‘lmaydi. Kasallik 
patogenezi asosida kollagen va elastin tolalarining tuzilishining buzilishi va 
birikma to‘qimalarning jarohatlanishi yotadi. 
Lorens – Muna – Barde – Billya kasalligi – nasliy aqliy zaiflikning kam 
turi bo‘lib, 5 asosiy simptomi gipogenitalizm semirish, ko‘z kasalliklari, 
sindaktiliya yoki polidaktiliya va aqliy zaiflik kuzatiladi. 
Daun kasalligi – xromosoma nuqsonlari sababli kelib chiqadi, bunda 21-
xromosoma ortiqcha bo‘ladi. Chaqaloqlar orasida 1:600 dan 1:900 gacha uchraydi. 
Onasining yoshi qancha katta bo‘lsa, shuncha bolaning kasallik bilan tug‘ilishi 
kuzatilgan. Bolalar kalta bo‘yli, oyoq-qo‘l kalta, tanasi uzun, barmoqlari kalta. 
Bosh suyagi kichkina, tishlari yaxshi o‘smagan, kariozli, tanglayi yuqori 
joylashgan bo‘ladi. Yuqorigi jag‘ rivojlanmagan, pastki jag‘ oldiga chiqib turadi. 
Tili katta, ko‘ndalang yoriqlar bo‘ladi. Quloqlari kichkina, sochlari quruq, terisi 
quruq, dag‘al bo‘ladi. Chaqaloqlarning rangi pardasida depigmentatsiya kuzatiladi, 
kaftida atipik joylashgan chiziqlar bo‘ladi, jinsiy organlar va ikkinchi jinsiy 
belgilar rivojlanmagan bo‘ladi. Motorikasi o‘ng‘aysiz, ovmi, og‘iz yarmi ochiq 
holda bo‘ladi. Aqliy zaiflikning 75% inbetsillikka, 70% idiotiyaga va 50% 
debillikka kiradi. 


70 
Shereshevskiy – Terner sindromi bilan faqat ayollar kasallanadi. Bunda bir 
X xromosoma etishmaydi natijada jinsiy xromopatin ham bo‘lmaydi. Kasallarga 
jinsiy infantilizm, displaziya, bo‘yi pastlik, kalta bo‘yin xosdir. Quloqlari past 
joylashgan. Ko‘pincha yurak-qon tomir sistemasi nuqsonlari kuzatiladi. Aqliy 
zaiflik har xil darajada bo‘lmaydi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin