71
Gipotireoid aqliy zaiflik – (kretinizm) – aqliy zaiflikning eng ko‘p
uchraydigan va endokrin buzilishi sababli kelib chiqadigan, tug‘ma gipotireoz
hisoblanadi. Endemik kretinizm sindromi turlari ham uchraydi – bu tug‘ma
gipotireoz bo‘lib, suvdagi yodning etishmovchiligi
va qalqonsimon bez
gormonining sintezi buzilishi sababli kelib chiqadi. Yana bir turi gipotireozning bu
miksedema – tug‘ma yoki ortirilgan bo‘ladi. Buning asosida qalqonsimon bez
atrofiyasi va embrional nuqsonlar yotadi.
Endemik kretinizm va tug‘ma miksedema klinikasi juda o‘xshash va
tireoidin etishmovchiligi bilan bog‘liq. Endemik kretinizm asosiy belgisi-jismoniy
va psixik rivojlanishi kechikadi. Psixik turi rivojlanmaslik engil debillikdan og‘ir
idiotiyagacha bo‘ladi. Birinchi navbatda endokrin buzilishlar kuzatiladi. Jinsiy
a‘zolar rivojlanmagan bo‘ladi. Qalqonsimon bez
kompensator gipertrofiyasi
sababli kichiklashishi yoki kattalashishi mumkin. Kasalning tashqi ko‘rinishi
quyidagicha: braxitsefaliya, past peshona,
kichik burun, tishlarning noto‘g‘ri
rivojlanishi, quloq deformatsiyasi, qo‘li erkin, tishi katta, og‘ziga sig‘maydigan
sochlari quruq, ovozi past bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: