61
va yana tug‘ishdagi mexanik jarohatlar miya ichida qon quyilishlarga olib kelishi
mumkin. Og‘ir paytlarda faqat miya po‘stlog‘i emas, po‘stloq osti gangliyalar ham
jarohatlanadi. Ichki rivojlanish davrida va postnatal davrida bo‘lib o‘tgan ensefalit
va meningitlar ham bosh miyada o‘choqlar hosil qilib jarohatlash mumkin. Lekin
bu davrlarda olgan ozgina chegaralangan morfologik jarohat ham butun miyaning
o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi va birinchi navbatda bolaning 1 yoshgacha
spetsializatsiya va differentsiatsiya jarayonlar davom etadigan miya po‘stlog‘i
jarohatlanadi. Miya po‘stlog‘i tuzilishining buzilishi, ayniqsa peshona va chakka
bo‘limlarning buzilishi, ko‘pincha analitik - sintetik funktsiyalarga bog‘liqligi aqliy
zaiflikga xosdir.
Postnatal davrida ekzogen omillar natijasida hosil bo‘lgan aqliy zaiflikning
turlari rezidual ensefalopatiyaga kiradi. Aqliy zaiflikning enzimopatik turlaridagi
bioximik buzilishlarning hosil bo‘lish mexanizmi asosida organizmdagi ayrim
moddalarning almashinuvini boshqaruvchi va ferment sintezi buzilishi bilan
o‘tuvchi gen mutatsiyasi yotadi. Moddalar almashinuvi bilan bog‘liq nasliy
kasalliklar tug‘ilishi bilanoq yoki umrini birinchi oyida tuzatiladi. Ularning 50%
aqliy rivojlanishining buzilishi bilan o‘tadi. Bunday kasalliklari intellektual
deffektning yashirin rivojlanish mexanizmi hali ham ma‘lum emas. Aqliy zaiflikda
bosh miyadagi patomorfologik o‘zgarishlar aniq darajada patogenetik jarayonlarni
ko‘rsatadi. Embriopatiyalarning og‘ir turlarida quyidagi morfologik o‘zgarishlar
aniqlangan: bosh miyanig og‘irligi va kichik hajmi, ayrim bo‘limlarning ayniqsa
peshona bo‘limini to‘liq rivojlanmasligi.
Shu bilan bir qatorda miya po‘stlog‘idagi pushtalarning bo‘lmasligi, miya oq
moddasining rivojlanmay qolishi (agiriya), pushtalarning sonining yoki ularning
kuchli bukilishi (mikrogiriya).
Dostları ilə paylaş: