55
Izoh: - mо‗ljal olish yо‗q / amneziya yо‗q; + mо‗ljal mavjud; + taxminiy
mо‗ljal / qisman amneziya .
Ongni miqdoriy va sifatli buzilishlarga bо‗lishadi.
Miqdoriy buzilishlarga
obnubilyasiya, gangish, sopor va komalar kiradi. Sifatlilarga deliriy, oneyroid,
amensiya, ongning shomsimon buzilishlari, ambulator avtomatizm kabi buzilishlar
kiradi. Ongning о‗ziga xos holatlari psixosensor buzilishlarni о‗z ichiga oladi.
Ongning ayrim holatlari: patologik mastlik, patologik affekt, psixodelik vositalarni
qabul qilgandan keyingi yoki о‗ziga xos diniy yondashuv (―amok‖, ―lou‖, ―koro‖
va b.) natijasida yuzaga keluvchi ongning о‗ziga xos etnik о‗zgarishlari (ongning
kengayishi). Kо‗plikdagi ongni ham ajratadilar, bunda kо‗p shaxsiyatli buzilishlar
va avvalgi ―Men‖ amneziyasiz, radikal о‗zgarishlarsiz xarakterlanuvchi ―Men‖
dagi, ikkinchi hayot sindromidir.
Dostları ilə paylaş: