53
VI BOB. ONG BUZILISHLARI
Ta‟rifi. Psixiatriyada ong diqqat-e‘tiborni jamlash va о‗zini, vaqtni, о‗z
shaxsiyatini (Men) mо‗ljal olish xususiyati sifatida aniqlanadi. Ongning miqdoriy
va sifatli buzilishlari ajratiladi. Miqdoriy buzilishlarga obnibulyasiya, karaxtlik,
sopor va koma kiradi. Sifatli buzilishlar deliriy, oneyroid, amensiya,
ongning
shomsimon buzilishlaridan iboratdir. Ong buzilishlarining alohida holatlari:
patologik mastlik, patologik affekt, ongning о‗ziga xos etnik о‗zgarishlari
(―amok‖, ―lou‖, ―koro‖ va b.). Kо‗p shaxslilik buzilishlarda kо‗plikdagi ong ham
kо‗rsatiladi.
Tarixi, norma va evolyusiyasi. XIX asrda ong bilim va tajribalarning
umumiyligi kо‗rinishi sifatida aniqlangan (ong – birgalikdagi bilim).
Biroq
Geraklit ta‘kidlashicha, ongni jо‗shqin daryoga о‗xshaetish kerak, bunda inson shu
daryoda suzadi va suzib chiqib, atrofda qirg‗oqda nima bо‗layotganligini belgilab
olishi mumkin, ammo ozgina vaqt о‗tib, u yana suv tagiga kiradi, va bunda uning
uchun qirg‗oq mavjud emasdir. S.S.Korsakov fikricha, ong faol ta‘rifni – ―Men‖ ni
tashqi olamga munosabatini belgilaydi. Hozirgi vaqtgacha ongning 200 ga yaqin
ta‘riflari mavjud, shuning uchun uning modellari haqidagina gapirish mumkin.
W.James fikriga kо‗ra, ong 4 ta xususiyatga ega:
1. Ongning har bir holati shaxsiy ong bо‗lagi bо‗lishga intiladi.
2. Shaxsiy ong chegaralarida uning holati о‗zgaruvchandir.
3. Turli shaxsiy ong suzishning uzluksiz ketma-ketligini ifodalaydi.
4. ―Ba‘zi ob‘ektlarni ishtiyoq bilan qabul qiladi, boshqalarini rad etadi, va
umuman, har doim ular orasida tanlov olib boradi‖.
Ongning rivojlanishi ontogenez va madaniyat
tarixida yuzaga keladi, ongni
о‗rganish esa, psixologik qurol sifatida madaniyat predmeti va belgisi
kо‗rsatikichining bavosita ifodasi orqali amalga oshiriladi.
―Umumiy psixopatologiya‖da K.Jaspers ta‘kidlaganki, ―ong bu sahna bо‗lib,
e‘tibor projektori bilan yoritiluvchi, ba‘zan kuchli, ba‘zan kuchsiz, undan alohida
ruhiy kо‗rinishlar о‗tadi‖.
Bundan tushuniladiki, ong diqqatni bir joyga jamlash sababli mavjud bо‗lib,
agarda projektor shu yorug‗lik kuchda bir ob‘ektga yо‗naltirilsa (qisilgan ong),
hamma psixik holat chekka chegaralari qorong‗ilikda qoladi, agarda u keng bо‗lsa
– kо‗pgina psixik holatlar sezilarli, ammo ular tarqoq e‘tibor zonasida bо‗ladi.
Y.K.Jaspers ong, birinchidan - psixik hayotning haqiqiy tajribasi; ikkinchidan –
sub‘ekt va ob‘ektning
dikotomi sidir; uchinchidan – ongli ravishda shaxsiy
―Men‖ni bilish.
Biologik nuqtai nazardan, insonning ongiga filogenezning hamma
bosqichlari reptiliy ongidan (miyaning stvoli) tortib, to qushlar va sut emizuvchilar
54
(pо‗stloq ostidagi tizm) va primatlar (qobiq) ongiga kiritilgan.
Ontogenezdagi
mо‗ljal olish quyidagi bosqichlarda rivojlanadi: joyda mо‗ljal olish – о‗z
shaxsiyatida mо‗ljal olish (Men). ―Men‖ ning shakllanish kо‗rsatkichi о‗z tanasiga
bо‗lgan qiziqish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: