2. Bilish qiziqishlari darajasini aniqlash uchun anketa?
1. O‘quvchilarning qiziqishi bo‘lajak kasbni tanlashga aloqadormi?
A) uzviy bog‘langan
B) bog‘langan, biroq faoliyatni tegishli tashkil etilishi bilan yaxshi muvofiqlashmaydi
V) xech bog‘lanmagan.
2. O‘quvchi jiddiy manbalarga murojaat qiladimi: ilmiy adabiyotlardan foydalanadimi? Lug‘atlar va shu kabilar bilan ishlaydimi?
A) har doim
B) ba’zan
V) onda-sonda
3. Sevimli ishi bilan shug‘ullanar ekan, qora, o‘zi uchun qiziqarsiz intellektual ishni (masalan, qiziqarli masalani hal qilisha uzoq hisoblash ishlarini bajarishni) qay darajada bajaradi?
A) doimo qancha kerak bo‘lsa shuncha qiladi.
B) vaqti-vaqtida qiladi.
V) o‘zi uchun qiziqarsiz ishni bajarishni yomon ko‘radi.
4. Zaruriyat tug‘ilgana o‘yin-kulgudan, ba’zan dam olishdan ham voz kechib intellektual faoliyat bilan uzoq muddat shug‘ullanishga qodirmi?
A) kerak bo‘lgan har doim
B) faqat ba’zida
V) qodir emas:
Natijalar analizi: o‘rganilgan o‘quvchilarni yaxshi, o‘rta yoki qiziqishlari umuman rivojlanmaganligiga ko‘ra turli gruppalarga kiriting.
1-topshiriq
O‘quvchilarning bilish qiziqishlarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash (muvaffaqiyat metodikasi)
Dostları ilə paylaş: |