O‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlarini o‘rganish
Topshiriqning maqsadi. Turli sinflar o‘quvchilari bilan ishlasha foydalanish mumkin bo‘lgan kichikroq anketa, insho,maxsus topshiriqlar orqali ayrim o‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari bilan tanishish.
O‘quvchilardan anketa savollariga yozma javob berishlarini so‘rang:
keyingi vaqtda maktab topshirig‘isiz o‘qigan kitoblaringdan qaysi biri senga ko‘proq yoqdi? Nimasi bilan yoqdi?
Yaxshi ko‘rgan kitoblaring qaysilar?
O‘zingga ko‘proq yoqqan 10 ta kitobning nomini ayt
Kitobni o‘tkir syujeti yoki chuqur fikri uchun qadirlaysanmi?
Kitobning qanday tila yozilganligaga e’tibor berasanmi yoki senga buni farqi yo‘qmi?
O‘quvchilarning anketa savollariga samimiy bergan javoblari sizga o‘quvchilaringiz nimalarni o‘qishlari va kitoblarda ularni nimalar jalb qilishi haqida fikr yuritishingizga imkon beradi.
1. “Men bu yil o‘qigan eng qiziqarli kitoblar” temasida insho o‘tkazing (baho qo‘ymaslik mumkin).
2. O‘quvchilarga muhokama uchun kitob tanlash, eng qiziqarli kitoblar bo‘yicha viktorina programmasini tuzish topshirig‘ini bering.
Dostları ilə paylaş: |