Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə17/46
tarix13.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#113110
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Психолингвистика Мажмуа2021

Nazorat uchun savollar:
1 Nutqiy faoliyat qanday unsurlardan iborat?
2 Nutqiy faoliyatning predmetlik mohiyatini tushuntiring.
3. Nutq faoliyati ko’’rsatkichlarini sanang.
4. Nutqiy daoliyatni ichki nutqqa aylantirish qanday amalga oshiriladi?
5. Faoliyating fazaviy tuzilishi haqida so’zlab bering.
6. Inson nutqiy faoliyatining irsiy belgilari deganda nimani tushunasiz?


13-MA’RUZA
NUTQ YARATILISHI


Reja:

1. Ch. Osgudning til darajasi nazariyasi


2. A.A. Leontev modeli


Tayanch so‘z va iboralar: ifoda modeli,nutq yaratilishi, , tashqi nutqiy ifoda, semantik qayd, chiqish sxemasi, referent ma’no, fiziologik aktivlik, yuqori bosqich, quyi bosqich, evristik faoliyat, chiziqli xususiyat, predikatsiya akti, motorli dasturlash.
Ch. Osgudning til darajasi nazariyasi
Charlz Osgud nutqning yaratilishi va nutqni idrok qilish masalalarini til darajasi nazariyasi nuqtayi nazaridan hal qilishga urindi. U til darajasi nazariyasini taklif qilar ekan, nutqning yaratilish jarayonida (nutqni kodlashda) quyidagi to‘rt bosqichning mavjudligini taxmin qiladi:
1. Motivatsiya bosqichi (motivational level). Motivatsiya bosqichining birligi sifatida keng nogrammatik tushunchadagi gap tushuniladi. Bu bosqichda so‘zlovchi tomonidan umumiy xarakterdagi qarorlar qabul qilinadi:
a) gapirish yoki gapirmaslik;
b) agar gapiriladigan bo‘lsa, qanday shaklda – darak, so‘roq yoki buyruq shaklida;
d) agar shakl tanlangan bo‘lsa, uni gapda ifodalash uchun qanday vositalardan foydalanish kerak – masalan, faol yoki nofaol shakl;
e) mantiqiy urg‘uda nima ajratiladi, intonasiyaning qanday modeli tanlanadi.
2. Semantik bosqich (semantic level). Mazkur bosqichda so‘zlovchi gapdagi muayyan ketma-ketlikdagi so‘zlarni – funksional guruhlarni tartibi bilan ajratadi. Osgudga ko‘ra, har qanday gap kodlangan birliklarga ajralishi mumkin:
Talantli rassom – qiziqarli rasm – chizyapti.
3. Ketma-ketlik bosqichi (sequentional level). Ushbu bosqichning birligi semantik birlik emas, balki so‘z, ya’ni fonetik so‘zdir. Kodlash jarayonining bu bosqichida ketma-ketlik sifatida quyidagi mexanizmlar ishtirok etadi:
a) tovushlar ketma-ketligini aniqlash;
b) “katta segmentlar” bilan ish ko‘radigan grammatik ketma-ketliklar mexanizmi.
4. Integratsion bosqich (integrational level). Mazkur bosqichning birligi sifatida bo‘g‘in ishtirok etadi. Bu bosqichda kodlashning motor mexanizmlari faoliyat ko‘rsatadi va o‘rganib chiqilgan ifodaning tovush tomoni shakllanadi13.
Taqdim qilingan ushbu model nutqning yaratilish jarayoni haqida umumiy tasavvur beradigan dastlabki urinish edi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin