Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 466,48 Kb.
səhifə18/21
tarix16.12.2023
ölçüsü466,48 Kb.
#182447
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
uslbiy KO\'RSATMA DESTRUKTIV

Nazorat savollari:

  1. Kriminal xulq haqida tushuncha

  2. Kriminal xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablar nimalardan iborat?



13-Mavzu: Destruktiv xulq-atvor profilaktikasi


Reja:

  1. Destruktiv xulqni baholash

  2. Destruktiv xulq-atvor profilaktikasi

Mashg’ot maqsadi: Destruktiv xulq-atvor profilaktikasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B. 96

  2. Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. //uslubiy qo`llanma. – T. – 1998, 146-bet.

  3. Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o`rni. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 26-bet.

  4. www.expert.psychology.ru

  5. www.psycho.all.ru

Birinchi darajadagi profilaktika ishlari – noma’qul xossalarning ta’sirini yo‘qotishga, shu xususiyatlarga nisbatan immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlardir. Bu tadbirlar o‘smirlar orasida keng yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Asab-ruhiy tizim buzilishini ilk davrda aniqlab, uni tuzatishga «xavfli guruh»dagi o‘smirlar bilan ishlashga, endi shakllanayotgan deviant fe’lga ega o‘smirlarni qayta tarbiyalash ishlarini olib borishga qaratilgan. Uchinchi darajadagi ishlar – bu asabruhiy tizim buzilishidan kelib chiquvchi xulq-atvor illatlarini davolash bo‘yicha olib boriladigan maxsus faoliyat deviant xulqli o‘smirlarning o‘ta og’ir fe’l-atvorni namoyon qiluvchi qilmishlarini oldini olishi mumkin. Ruhiy profilaktika ishi 3 darajali oldini olish choralaridan iborat bo‘lishi mumkin. Qanday uslubda amalga oshirilayotganiga qarab, ruhiy profilaktika ishi quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:


 ijtimoiy-ruhiy va axloqiy treninglar
 namunaviy dasturlar
 ruhiy maslahatxonalar
 ishonch telefonlari
 komlekslik jamlangan, umumlashgan
 adreslik, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi
 ommaviy-guruhlashishni ilgari surish
 ma’lumotlarning xolisligi
 salbiy xotimani iloji boricha chetlab o‘tish
 qatnashuvchilarning shaxsiy manfaatlari va javobgarligi
 kelajakka intilish istiqboli, reja asosida harakatlanish. Deviant xulqli o‘smirga ko‘rsatiladigan yordam ikki yo‘nalishda bo‘ladi. Ruhiy jihatdan oldini olish, ruhiy tuzatmoq va oqlamoq. Ruhiy tashxis qo‘yish - psixodiagnostika - kerakli bo‘lgan, ammo hayotiy zarurat hisoblanmagan faoliyatdir. O‘smir yoshlar bilan ruhiy profilaktika ishini olib borishning turli shakllari bor. Ilmiy-ommabop adabiyotlarga asoslanib, ularni ettita shakllarga umumlashtirilgan holda amalda tatbiq etish mumkinki, aynan shu shakllar, nafaqat chet davlatlarda, balki qisman Vatanimiz O‘zbekistonda ham qo‘llanilib kelinmokda. Birinchi shakl – ijtimoiy muhitni tashkil qilish. Uning asosida atrof-muhitni deviant xulqli o‘smirlarga bo‘lgan ta’siri haqidagi tasavvurlari yotadi. Atrofdagi muhitga ta’sir qilib, shaxsni salbiy xulqini o‘zgartirish mumkin. Bunda o‘smirning deviant xulqini muhokama qiluvchi jamoatchilikning ta’siri ham ish berishi mumkin. Faoliyat davomida oilaga, alohida shaxsga suyanish mumkin. YUqoridagi shakl negizida sog’lom turmush tarzini, jismoniy tarbiyani, sport bilan shug’ullanishni targ’ib qilish bilan deviant xulqqa bog’lanib qolishning oldini olish ham mumkin. Ayniqsa, bola o‘z bo‘sh vaqtini o‘tkazadigan joylarda profilaktika ishlarini olib borish kerak. Ko‘chalarda lider-o‘smirlar tayyorlash orqali yoshlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish mumkin. SHu ishlar zamirida o‘smirlarni nomaqbul xatti-harakatlaridan himoya qilish, ularni qo‘llab turuvchi qayta tarbiyalovchi hududlarni yaratish yotadi. Lekin, bu ishlarning asosiy kamchiligi – bu ijtimoiy holat bilan deviant xulqning bog’liqligini etarlicha o‘rganilmaganligi hisoblanadi. Umuman olganda birinchi shakl asosida faoliyat olib borish yaxshi natija beradi. Ikkinchi shakl bo‘yicha ruhiy profilaktikani olib borish usuli – axborot etkazish. Bu ancha ommalashgan yo‘nalish usuli bo‘lib, unda leksiya, suhbat, maxsus adabiyotlar va telefilmlardan foydalaniladi. Bunday yondashuvning asosiy maqsadi - shaxsning bilish qobiliyatiga va qiziqishlariga ta’sir qilib, unda kerakli, to‘g’ri xulosa chiqara olish qobiliyatini tarbiyalash. Buning uchun, masalan, giyohvand moddalarning sog’liqqa va shaxsga qanchalik halokatli ta’sir qilishi haqidaga aniq faktlarga asoslangan statistik ma’lumotlarga o‘xshash misollardan keng foydalanish zarur. Ko‘pincha bunday ma’lumotlar qo‘rqitish tusida bo‘ladi. SHuningdek, ta’sir qilish davomida giyohvand moddalarning yomon oqibatlari sanab o‘tiladi va deviant xulqli o‘smirlarning fojiyaviy taqdiri, shaxs sifatida tanazzulga yuz tutishi hollari tasvirlab beriladi. Bu shaklda profilaktika ishini olib borish axborot-bilish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin, ammo shaxs o‘z xulqini tubdan o‘zgartirmasligi ham kuzatiladi. O‘z ta’siri bo‘yicha bilish jarayoni deviant xulqning darajasini pasaytirmaydi. Aksincha, salbiy deviant holatlar bilan tanishuv, ba’zi o‘smirlarni unga qiziqtirib qo‘yadi. CHunonchi, ko‘pincha ma’lumotlar o‘z vaqtida emas, juda erta, yoki juda kech qolib beriladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, giyohvandlikning zararlari, halok etuvchi oqibati haqidagi suhbatlarni 14 yoshdan oldinroq olib borish kerak. Bu suhbatlarni tuzishda shunga e’tibor berish kerakki, suhbat davomida giyohvand modda to‘liq tasvirlanib, uning beradigan kayfu-safosi haqida so‘z yuritilmasin. Suhbat mazmuni deviant xulqning ayanchli oqibatlari va unga qarshi kurashish hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lish kabilarga olib kelish kerak. Bunday profilaktika shaklini rivojlantirish, ta’sirini oshirish uchun qo‘rqitish ruhidagi ma’lumotlarni kamaytirib, qolgan ma’lumotlarni yoshga, jinsga, ijtimoiy-iqtisodiy kelib chikishiga qarab ishlatishni taqazo qiladi. Profilaktika ishlarning uchinchi shakli - ijtimoiy zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni faol o‘rgatishni singdirish. Bu shakl bo‘yicha ishlashda guruhlarda trening o‘tkazish vositasidan foydalaniladi. Hozirgi davrda treninglarning quyidagi formalari mavjud. Salbiy ijtimoiy ta’siriga qarshi bo‘lgan rezistentlik treningi. Treningning maqsadi: deviant xulqning yo‘nalishini yaxshi xususiyatlari tomon burish. Buning uchun o‘smirda quyidagi ko‘nikmalar shakllantiriladi: ba’zilarning salbiy ta’siriga qarshi o‘z fikriga ega bo‘lish, ba’zi ichuvchi kattalar ta’siriga tushmaslik, kimdir ta’sir, bosim o‘tkazayotganida yo‘q deyishni ham bilish. Assertivlik va affektiv-qimmatli bilim berish - bu deviant xulqqa emotsional holati ta’sirini olib beruvchi faoliyat. Ruhiy zo‘riqishlar oqibatida kelib chiquvchi muammolarning oldini olish uchun o‘smirlarning ruhiyatini o‘rganishga, stress holatlarda o‘zini munosib tuta olishga o‘rgatishadi. Guruhda ishlash davomida qaror qabul qilish o‘z-o‘zini to‘g’ri baholash, o‘zini o‘rganish va hayotiy qadriyatlarini qadriga etish kabi ko‘nikmalar shakllantiriladi. Hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirilishi treningi. Hayotiy ko‘nikmalar deganda – shaxs uchun kerakli bo‘lgan ijtimoiy bilish jarayoni tushuniladi. Avvalambor, bular – muloqot qilish, do‘stona aloqada bo‘lish va muammolarni do‘stona hal qilishlardir. SHuningdek, buning zamirida javobgarlikni his qilish, maqsad qo‘yishi, o‘zining qiziqishlari, pozitsiyasini himoya qila olishlari bor. Nafsilambirini aytganda, asosiy kerakli ko‘nikma, bu o‘zini boshqara olish, o‘ziga qat’iy ishonch, o‘zini o‘zgartira olish, atrofga ta’sir o‘tkaza olishdir. Aynan shu shakl o‘smirlar bilan ishlashda eng sermahsulidir. Profilaktika ishlarning to‘rtinchi shakli – deviant xulqka muqobil xulq-atvorni shakllantirish. Bu shaklda deviant o‘smirlar bilan ishlash deviant xulqning o‘rnini bosuvchi xulqni topishi bilan bog’liq. Masalan, giyohvand moddalarga bog’liqlik o‘rnini o‘z-o‘ziga ishonch ruhiga o‘zgartirish juda katta yutuq hisoblanadi. CHunki, ko‘pgina giyohvandlar aynan psixotrop moddalarning kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga qiziqadilar, kayfiyatni maqbul yo‘llar bilan o‘zgartirilishi profilaktika ishining asosidir. Muqobil shaklda kayfiyatni ko‘tarish usullari:
 sayohatlar, tog’larga chiqish
 alpinizm
ekstremal sport turlari
 sevgi
 kerakli muloqot
 ijod
 faoliyat
 diniy marosimlar
 xayriya ishlari Bu mashg’ulotlardan istagan vaqtida foydalanish mumkin.

Yüklə 466,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin