1-Mavzu: Destruktiv xulq - atvor tushunchasi, turlari va yondoshuvlar Reja 1. Axloqiy og’ishlarni tasniflash muammosi
2. Og`ishgan xulqning psixologik tasnif turlari
3. Axloqiy parokandalikni tibbiy tasniflash
4. Axloqiy fenomenlarning qiyosiy tavsifnomasi
Mashg’ulot maqsadi:Talabalarda destruktiv xulq - atvor tushunchasi, turlari va yondoshuvlar haqida bilimlarni shakllantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar: I.M. Hakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. // o‘quv qo‘llanma; Toshkent -2014; 56-bet.
Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 64-bet.
www.expert.psychology.ru
www.psycho.all.ru
Axloqiy og’ishlarni tasniflash muammosi. axloqiy deviatsiyani bir necha asoslar bo`yicha guruhlanadigan ijtimoiy ko`rinish sifatida ko`rib chiqadi:
a) masshtabdan qat'i nazar ommaviy va shaxsiy og’ishlar ajratiladi;
b) oqibatlar ahamiyati bo`yicha – salbiy (zararli oqibatlar keltirib chiqaruvchi va potyentsial xavf tuqdiruvchi) va ijobiy;
v) sub'yekt bo`yicha – aniq shaxslar, norasmiy guruhlar (masalan, yo`lto`sar guruhlar faoliyati), rasmiy tuzilmalar, shartli ijtimoiy guruhlar (masalan, ayollar piyonistaligi) og’ishi;
g) ob’ekt bo`yicha – iqtisodiy, maishiy, mulkiy buzilishlar va boshqalar;
d) muddati bo`yicha – bir vaqtli va davomli;
ye) buzilgan me’yor turi bo`yicha – jinoyatchilik, ichkilik (piyonistalik) giyohvandlik, o`z-o`zini o`ldirish, axloqsiz xulq, daydilik, foxishabozlik, bezorilik, boqimanda bo`lish, sotqin, rasmiyatchilik, terrorizm, irqchilik, gyenotsid, destruktiv madaniyatlar.
Ijtimoiy moslashmaganlikning maktab yoshida anchagina masshtabli belgilari bo`lib quyidagilar chiqishi mumkin: psixofaol moddalarni muntazam istye'mol qilish (uchuvchi eritmalar, ichkilik, giyohvand moddalar), jinsiy deviatsiyalar, fog’ishabozlik, daydilik, jinoyat sodir etish. Oxirgi vaqtlarda maktab o`quvchilarining og`ishgan xulqida nisbatan kompyutyer o`yinlari yoki diniy syektalarga qaram bo`lib qolish bilan bog’liq bo`lgan yangi shakl kuzatilmoqda.
Juda yoshlikdan va maktab yoshidan og`ishgan xulq ko`rinishlari qaqidagi masala yanada chalkash. Umuman shaxsning “mustaqil bo`lmagan” bu bosqichida Deviant axloq qaqida gapirish mumkinmi? Pedagoglar va ota-onalar ko`pincha kichik bolalarda zararli odatlar (barmoqini so`rish, tirnoqini chaynash), ovqat yeyishdan bosh tortish, quloq solmaslik, tajovuzkor axloq, masturbatsiya, gipyerfaol axloq kabi axloqning shunday salbiy ko`rinishlari bilan to`qnashadilar.
Afsuski, jamiyatda og`ishgan xulqqa nosog’lomlik kabi munosabatda bo`lish ustundir. Uning ko`zga ko`ringan shakllari bilan to`qnashgach, odamlar avvalo tibbiy tashhis va unga tyegishli tibbiy yordam olishga harakat qiladilar.
Deviant axloq masalalari bo`yicha ilmiy adabiyotlarda birmuncha ishlab chiqilgan va anchagina odatlangan klinik yondoshuv hukmronlik qiladi. Ayni damda ma'lumki, shaxs axloqiga psixolgik jiqatdan – shaxsning o`ziga nasiqat qilib ta'sir ko`rsatish mumkin. Yaqqolki, mutaxassis og`ishgan xulq tasnifiga ikkita yetakchi yondoshuvni aniq diffyeryentsiyalashi zarur – psixologik va klinik.