Psixologiya va gumanitar fanlar


Og`ishgan xulq turlarining psixologik tasnifi



Yüklə 466,48 Kb.
səhifə3/21
tarix16.12.2023
ölçüsü466,48 Kb.
#182447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
uslbiy KO\'RSATMA DESTRUKTIV

Og`ishgan xulq turlarining psixologik tasnifi. Psixologik yondoshuv shaxsning og`ishgan xulqidagi alohida ko`rinishlarni ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan. Psixologik tasniflar quyidagi mezonlar asosida quriladi:

  • buzilgan me’yor turi;

  • axloq va uning motivatsiyada psixologik maqsad;

  • ushbu axloq oqibati va u keltirgan zarar;

  • axloqning shaxsiy-uslubiy tavsifnomasi.

Destruktiv axloq tipologiyasi uning maqsadlariga muvofiq tiziladi. Bir holatda bu ijtimoiy me’yorlarni (qonuniy, ma'naviy-etik, madaniy) buzishga yo`naltirilgan tashqi destruktiv maqsadlar va munosib ravishda tashqi destruktiv axloq. Ikkinchi holda – shaxsning o`zini dezintegratsiyaga yo`naltirilgan ichki destruktiv maqsadlar, uning regressi va munosib ravishda ichki destruktiv axloq.
Tashqidestruktiv axloq, o`z navbatida, addiktiv va antiijtimoiyga bo`linadi. Addiktiv axloq reallikdan ketish va istalgan hissiyotni olish maqsadida maxsus faollik yoki qandaydir moddalardan foydalanishni ko`zda tutadi. Antiijtimoiy axloq mavjud qonun va boshqa odamlar huquqlarini qonunga qarshi, asotsial, axloqsiz-byeadab axloqlar shaklida buzuvchi harakatlardan iborat.
Ichki destruktiv axloq guruhida S.P.Korolyenko va T.A.Donskix quyidagilarni ajratadilar: suitsid, konformistik, nartsissik, fanatik va autik axloq. Suitsid axloq o`z-o`zini o`ldirishning yuqori xavfi bilan xarakterlanadi. Konfor­mistik – individuallikka muqtoj, faqat tashqi avtorityetga yo`naltirilgan axloq. Nartsissik – shaxsiy buyukligi tuyqusi bilan boshqariladi. Fanatik – qandaydir qoya, nuqtai nazarga ko`r-ko`rona berilgan shaklda yuzaga chiqadi. Autistik – odamlar va atrofdagi harakatlardan byevosita chyegaralanganlik, shaxsiy fantaziyasi olamiga sho`nqiganlikda ko`zga tashlanadi
Destruktiv axloqning barcha sanab o`tilgan shakllari, olimlar fikriga ko`ra, hayot sifatining yomonlashishi, o`z axloqiga tanqidni pasaytirish, kognitiv xatolar (sodir bo`lganlarni qabul qilish va tushunishda) o`z-o`zini baholash va hissiy buzilishlar kabi Deviant myezorlarga javob beradi. Nihoyat, ular katta eqtimol bilan shaxsning yakkalanib qolishigacha bo`lgan ijtimoiy moslashmasligiga olib keladi.
Psixologik adabiyotlarda shaxs og`ishgan xulqining ko`rinishlarini tasniflashda boshqa yondoshuvlarni ham uchratish mumkin.
Kelgusida biz axloqiy og’ishlarning og`ishgan xulqning salbiy oqibatlari va buzilgan me’yor ko`rinishlari kabi yetakchi mezonlarga asoslangan shaxsiy tasnifimizga suyanamiz.
Sanab o`tilgan mezonlarga muvofiq og`ishgan xulqning uchta asosiy guruhini ajratamiz: an­tiijtimoiy (Delinkvent) axloq, asotsial (axloqsiz) axloq, autodestruktiv (o`z-o`zini parchalovchi) axloq.
Antiijtimoiy (Delinkvent) axloq – bu qonun me’yorlariga qarshi chiquvchi, ijtimoiy tartib va atrofdagi odamlar farovonligiga xavf soluvchi axloq. U qonunchilik bilan taqiqlangan istalgan harakat yoki harakatsizlikni o`z ichiga oladi.

Yüklə 466,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin