Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 466,48 Kb.
səhifə4/21
tarix16.12.2023
ölçüsü466,48 Kb.
#182447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
uslbiy KO\'RSATMA DESTRUKTIV

Nazorat savollari

  1. Axloqiy og’ishlarning yagona tasnifini yaratishda qiyinchilik tug’diruvchi sabablarni ayting.

  2. Ijtimoiy og’ishishlarning asosiy turini sanab bering.

  3. Og`ishgan axloq ko`rinishlarida o`z tasnifingizni taklif qiling

  4. Turli axloqiy fenomenlarni sanab bering va taqqoslang.



2-Mavzu: Destruktiv xulq-atvor nazariyalari


Reja:

  1. Destruktiv xulq-atvor baholanishi




  1. Destruktiv xulq-atvor, xulqiy og’ishishlar nazariyalari



Mashg’ulot maqsadi: Destruktiv xulq-atvor nazariyalari to‘g’risida bilimlarni shakllantirish


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Rozikova M., Aliyeva K. Psixologik tashxis metodikalari . – T., 2013. – B. 16

  2. Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi. //uslubiy qo`llanma. – T. – 1998, 46-bet.

  3. Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning o`rni. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 86-bet.

  4. www.expert.psychology.ru

  5. www.psycho.all.ru

Deviant axloqning yosh va jinsiy farqlanishi garchi asosiy mavzularni ko`rib chiqishda inobatga olinsa-da, bizning ta'limotimiz predmeti hisoblanadi. Shuni ta'kidlash zarurki, “og`ishgan xulq” atamasini 5 yoshdan kichik bo`lmagan bolalarga nisbatan qo`llash mumkin, qat'iy ma'noda esa – 9 yoshdan keyin. 5 yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo`lmaydi, o`z-o`zini nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina bolada ijtimoiy me’yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi haqida gapirish mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo`lgan bolalarda axloqi yosh me’yoridan ahamiyatli tarzda og’sa, bunda uni yetilmaganlikning, asabiy reaksiya yoki psixik rivojlanish buzilishining bir ko`rinishi sifatida ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir.


Barcha yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, og`ishgan (Deviant) xulqqa quyidagicha ta'rif berish mumkin – bu shaxsning birmuncha muhim ijtimoiy me’yorlardan og’uvchi, jamiyat yoki uning o`ziga real zarar yetkazuvchi, shuningdek, uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga boruvchi turg’un axloqi.
Insondagi destruktiv xulq tabiati xozirga qadar psixologiya fanida xali yaxshi o‘rganilmagan muammolardan biri sanaladi Bu muammo 20 asrning
o‘rtalarida shakllangan.
Destruktiv xulq 2 asosiy turlarda namoѐn bo‘ladi
1. Delinkvent tur —jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy xuquqiy me’ѐrlarga qarama qarshi bo‘lgan xatti — harakatlarga xulqning yo‘nalganligi maishiy oilaviy nizolar,yo‘l transport xodisalari, qo‘pollik
2. Deviant tur —jamiyatda qabul qiliingan axloqiy me’ѐrlarga qarama — qarshi xulqiy ko‘rinshlarni namoѐn etish [ alkogolizm,suitsid narkomaniya…]mexr muxabbatga ega bo‘lmaganligi.
Destruktiv xulqning barcha ko‘rinishlarida inesonning ma’lum bir ximoya reaksiyalari sifatida yuzaga kelsada biroq nerv sistemasida buzilishlar bilan bog’liq bo‘lishi mumkin. Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar,ota onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan etarli darajada mexr muxabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari quyidagi sabablar ham aloxida e’tibor talab qiladi:
 Psixik sog’lomlik xolati xaѐt davomida qo‘zg’ovchi omillar ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin
 Jismoniy sog’lomlik xolati Xaѐt davomida keskin ѐmonlashish mumkin natijada inson xech qanday qonun qoidalarga bo‘ysunishni xoxlamay qoladi
 Kasbiy soxada muvoffaqiyatsizliklar Bu xolatlarda inson o‘zining noto‘kisligini , qo‘yilgan talabalarga javob bera olmasligini xis etadi Natijada o‘z o‘ziga baxo berish darajasi pasayadi, ijtimoiy mavqeini yo‘qotadi ,o‘ziga bildirilgan e’tirozlarni adolatsiz deb qabul qiladi.
 Maishiy moddiy muammolar.
 Alkogol ѐki narkotik moddalarni istemol qilish.
Z. Freyd inson xulqiga 2 asosiy instinkt : Eros – xaѐt isntinkti undagi quvvat [ [ «libido»] xaѐtni saqlash , qayta tiklash ga yo‘naltiradi va Tanatos – o‘lim instikti ,undagi quvvat xaѐtni vayron qilish va to‘xtatishga yo‘naltiradi [ suitsid] Tanatos asosini Freyd barcha biologik xaѐt farmalari uchun umumiy bo‘lgan biologik mexanizm tashkil etadi deb xisoblagan har bir organizm o‘zidagi asabiy qo‘zg’oluvchanlikni imkon qadar pasaytirishga xarakat qiladi o‘lim barcha ichki qo‘zg’oluvchanlikni umuman yo‘qotadi ,shuning uchun barcha tirik organizmlar o‘limga intiladilar Lekin organizmning mutlaq osoyishtalikka intilishiga xaѐt instinkti qarshilik ko‘rsatadi Freyd bo‘yicha inson xulqi ushbu ikki instiktning o‘zaro munosabatlari natijasida shakllanadi. Destruktiv xulq barcha insonlar uchun xosdir ayrim insonlarda bu xulq shunchalik kuchli ki uarning jamiyatdagi o‘rnini va xulqini belgilaydi Freyd bo‘yicha insondagi destruktiv quvvatga nisbatan be’tibor bo‘lib bo‘lmaydi Agar Tanatos quvvati tashqariga yo‘naltirilmasa individning o‘zini xalok qilishi mumkin. ) Freyd inson xarakteri, uning xatti-harakatlari va qiliqlari hamda umuman ijtimoiy hayotni beixtiyor, idrok etilmaydigan intilishlar orqali tushuntirishga intiladi. Uning nazdida, shaxs bu insondagi ikki asos — onglilik va ongostlilik asoslarining kurash maydoni. «Libido» — jinsiy intilish quvvati inson faolligining, irodasining manbaidir. SHahvoniy intilish doimo onglilik doirasiga siqib chiqariladi va bevosita namoyon bo`lmay, o`zgarib, sublimatsiyalashib (o`zga holatga o`tib) boshqa intilish va xaraktlarda yuzaga keladi. Onglilikdagi «u» bilan «ruhiyatning yuza qatlami” bo`lgan «men» o`rtasida doimiy kurash ketadi. 3. Freydning fikricha, xarakter shaxvoniy intilishlarning sublimatsiyalashgan ifoda-sidir. SHahvoniy intilishlar insonning go`daklik chog`idayoq namoyon bo`ladi va shu bois «xarakter» bolalik paytidan boshlab ayni shu intilishlar zaminida shakllanadi.
Axloqiy me’ѐrlardan og’ish muammolari, Abu Nasr Al Forobiyning «Baxtga erishuv yo‘lini ko‘rsatuvchi kitob», «Baxtga erishuv haqida», «Davlat arbobining hikmatlari», «Fozil odamlar shahri» singari asarlarida ko‘tarilgan. Alloma o‘z qarashlarida fazilatga juda katta o‘rin beradi. Arastuga o‘xshab, u ham fazilatlarni ikki qismga fozoil nutqiya [ aql idrokka asoslangan fazilatlar] va fazoil xulqiya [ xulqiy fazilatlar]ga ajratadi hamda ularning xususiyatlarini ta’kidlab o‘tadi.

Deviant axloqning tashtsi jismoniy shartlariga iqlimiy, geofizik, ekologik va boshqa omillarni kiritish mumkin. Masalan, shovqin, torlik, stresni potentsiyalovchi geomagnit ikkilanish kabi ko‘rinishlar tajovuzkor va istalmagan axloqning nomaxsus sabablari bo‘lishi mumkin. Avstriyalik rejissor Ulrix Zaydlning "Jazirama issiq" hujjatli filmida havo yuqori haroratining inson psixik holatiga ta’siri g’ayritabiiy tarzda aniq tasvirlab berilgan.


Aksincha, tashtsi muhitning xotirjam sharoiti deviatsiya ehtimolini pasaytiradi. Inson axloqi va jismoniy sharoitlar orasidagi bog’liqlikka qaramay, ushbu omil bizning ta’limot doirasidan chiqadi. Bundan tashqari, u etarlicha ahamiyatli deb tan olinmaydi, chunki juda bilvosita harakatlanadi va odamlar o‘sha birgina (odatiy) jismoniy sharoitlarda o‘zlarini turlicha tutadilar,
Inson shaxsiga ta’sir etuvchi ancha muhim omil deb tashqi ijtimoiy sharoitni tan olish lozim. Ularga quyidagilar taalluqlidir:
- jamoatchilik jarayonlari (ijtamoiy-iqtisodiy vaziyat, davlat siyosati, an’analar, moda, ommaviy axborot vositalari va boshqalar);
- shaxs mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh tavsifnomasi (irqiy va sinfiy mansublik, etnik ko‘rsatmalar, submadaniyat, ijtimoiy maqom, o‘quv-professional guruhga mansublik, referent guruh);
- mikroijtamoiy muhit (oila hayotining darajasi va uslubi, oiladagi psixologik iqlim, ota-onalar shaxsi, oilada o‘zaro munosablatlar xarakteri, oilaviy tarbiya uslubi, do‘stlar, boshqa ahamiyatli odamlar).

Yüklə 466,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin