Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 466,48 Kb.
səhifə13/21
tarix16.12.2023
ölçüsü466,48 Kb.
#182447
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
uslbiy KO\'RSATMA DESTRUKTIV

Nazorat savollari:

  1. Psixoseksual rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Psixoseksual rivojlanish deviatsiyalari haqida



10-Mavzu: Foxishabozlik ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida
Reja:

  1. Intim munosabatlar psixologiyasi

  2. Foxishabozlik ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida

Mashg’ulot maqsadi: Foxishabozlik ijtimoiy-psixologik holatlari xulqiy buzilishlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I.M. Hakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. // o‘quv qo‘llanma; Toshkent -2014; 56-bet.

  2. Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 64-bet.

  3. www.expert.psychology.ru

  4. www.psycho.all.ru

Fohishabozlik ruscha «prostitutsiya» deb atalib, bu lotincha prostituo ya’ni sharmanda qilaman, nomusdan ajrataman, degan ma’noni bildiradi.
Yaqin-yaqin vaqtlargacha mamlakatimizda «fohishabozlikka chek qo‘yilgan, bizda bu illat yo‘q» deb kelindi. Muammo ustidagi «oq parda»ni olib tashlamoqchi bo‘lgan ayrim jonsarak kishilarning «og’ziga urildi». Bu yolg’on rostgo‘ylik ustidan hukmron bo‘lgan, haqiqat kamalakday egilib, sinay-sinay deb turgan davrlar edi. Taajjubki, ko‘pchilik «jilovdor»lar uchun shunisi ma’qul edi. O‘ylashga, bosh qotirishga ham o‘rin yo‘q. Fohishalar va ular atrofidagi «arvoh kapalaklar» safi esa gurkirab o‘sar, borgan sari ko‘payardi.
Fohishabozlikning ildizi qadim-qadimlarga, deyarli inson ongli hayotga qadam qo‘ygan kundan boshlangan, desak xato qilmaymiz. Bu illatni «ongli hayot»ga taqaganimizning boisi shundaqi, fohishabozlik ham ongli ravishda qilinadigan harakatdan iboratdir. Hayotiy misollardan biriga murojaat qilamiz:
Muzlatish kombinatida sekretar-mashinistka bo‘lib ko‘p yillar ishlab kelgan R. S. Vilenskayani kollektivda izzat-hurmat bilan pensiyaga kuzatishdi. Bu serharakat va mulozamatli ayol ishbilarmonligi bilan ajralib turardi. Uni ko‘pchilik hanuzgacha hurmat bilan eslaydi.
Ammo...
Keyin ma’lum bo‘lishicha, Vilenskaya ishda boshqayu, uyda — shaxsiy hayotda butunlay boshqa ayol ekan. U Chilonzor rayonida joylashgan ko‘p qavatli uyning 3 xonalik kvartirasida yolg’iz yashardi. Eri o‘lib ketgan. Yagona qizi turmush qurib, chiqib ketgan edi. Qo‘ni-qo‘shnilari vaqti-bemahal Vilenskayaning uyiga kirib chiqib turgan kishilarni ko‘rishar, lekin bu «beozor» kishilar hech kimga halaqit berishmaganligi uchun «odam oldiga odam keladida» deb qo‘yishardi. Bir kuni uning uyiga ikkita ayol kirib keldi. Kiyinishi, o‘zlarini sipo tutishidan, bu ayollar haqida biror nojo‘ya fikrlash gunohga o‘xshab tuyulardi. Ichkaridagi suhbatni eshitgan har qanday kishining esa eti junjikib ketishi aniq: ular puldor erkak topishdan va uchrashuvdan umidvor bo‘lib kelishgan ekan.
Pornografik narsalarni tayyorlash yoki sotish fohishabozlik tug’diruvchi omil sifatida ham xavfli harakatdir. Shuning uchun respublikamiz jinoyat qonunining 221-moddasi pornografik (uyatsiz) asarlarni, bosma nashrlarni va rasmlarni yoki boshqa shu xarakterdagi narsalarni tayyorlash, tarqatish va e’lon qilish yoxud sotish maqsadida saqlash va tarqatganlik uchun, tegishli buyumlar musodara qilinib, bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki shu muddatga axloq tuzatish ishi yoki 300 so‘mgacha jarima jazosini belgilaydi.
Chunki bu harakatlar tuban his-tuyg’ular, orsizlik, hayosizlikni uyg’otish maqsadida yasalgan, jinsiy munosabatlarni aks ettiruvchi narsalarda ifodalanadi va ko‘pincha, yengil tabiatli shaxslar psixologiyasiga tez ta’sir qiladi. Orsiz, hayosizlarga esa fohishabozlikkacha bir qadam... Juda qiziq emasmi? Qandaydir uyatsiz suratlar, buyumlar uchun jinoiy javobgar qilish mumkin-u, «falon so‘m bersang jinsiy aloqaga tayyorman», deb har kuni bir erkak tagidan ikkinchisiga tashlanadigan behayo «o‘ziyurar uyatsiz»lar uchun jazo bo‘lmasa?
Yoki O‘zbekiston jinoyat Kodeksining 218-moddasi ikkinchi qismda «Voyaga yetmaganlarni... fohishabozlik... bilan shug’ullanishga jalb qilish...» uchun uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Savol tug’iladi: nega fohishabozlik bilan shug’ullanishning o‘zi jinoyat deb tan olinmaydi? Nima uchun faqat voyaga yetmaganlarni fohishabozlikka jalb qilish uchun jinoiy jazo bo‘lishi kerak? 18 yoshga to‘lishiga bir necha kun yetmagan qiz uchun kimdir jinoiy javobgar qilinadiyu, «yubiley»idan ertasigayoq uni fohishabozlikka jalb qilaverish mumkinga o‘xshab qoladi?
Jinoyat qonunimizning 220-moddasini olaylik. Bu modda darbadarlik, tilanchilik yoxud boshqacha tarzda tekinxo‘rlarcha hayot kechirganlik uchun jinoiy jazo belgilaydi.
Tekinxo‘rlarcha hayot kechirishning eng tarqalgan formasi sifatida fohishabozlik tan olinishi kerak emasmi? Axir fohishalar ishlashdan bo‘yin tovlab, osongina mo‘may pul topish payida bo‘ladilar-ku?..
Hech qanday mehnat qilmasdan (qonunda ijtimoiy foydali mehnat deyiladi) pul-molga ega bo‘lishadi-ku? Lekin fohishalarga ushbu moddani tadbiq etolmaymiz?
Jinoyat qonunimizda fohishabozlikka qarshi kurashda amalda bo‘lgan birdan-bir modda bor. Bu 219-modda bo‘lib, «Fohishaxona va qimorxonalar ochish yoki saqlash, shuningdek, ta’magirlik bilan qo‘shmachilik qilganlik» uchun molu-mulkini musodara qilib yoki qilmay, ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilaydi.
Insonning eng muqaddas boyligi bo‘lgan muhabbati, nomusi bozorga — savdoga olib chiqiladi — fohisha deb nomlanadigan yangi bir shaxs paydo bo‘ladi.
Fohishabozlikni tug’diruvchi omillardan yana biri pornografiyadir. Ilgari pornografiya deganda turli xildagi uyat rasmlar, jinsiy hirsni uyg’otuvchi chizmalar, kartalar kabi sur’atlar bilan chegaralanilardi. Endi esa texnika taraqqiyoti o‘zi bilan videofilmlarni odamlar orasiga olib kirdi.
Turli, noqonuniy yo‘llar bilan chet ellardan keltirilgan yoki pulquvar «ijodkor»lar, erkatantiq o‘g’il-qizlarning «chanqoq bosdi» qiliqlari oqibatida qo‘lbola «kinofilm»lar, uyatsiz «asar»lar paydo bo‘la boshladi.
Sir emas, bunday filmlar hatto katta yoshdagi kishilarda ham qandaydir qiziqishga o‘xshash his uyg’otadi. Agar tomoshabin yoshlar bo‘lsa-chi? Ular xarakter jihatidan tez hissiyotga beriluvchan bo‘lganliklari sababli bunday «film»larga «qoyil qoladilar» va taqlid qila boshlaydilar. Vaqtida oldi olinmasa, ularning fohishabozlik ko‘chasiga kirib ketishlari hech gap emas.
Mehnat qilmay «lazzat» axtarishga tushib qolgan yoshlar o‘qish-o‘rganish, kasb tanlashga vaqtlari bo‘lmaydi. Bora-bora yashash uchun mablag’ni o‘z «kasb»laridan chiqarib olishga odatlanadi.
Xo‘sh, fohishabozlikning boshqa ildizlari ham bormi? Ha, bor. Asosiy ildiz boshqa yoqda. Menimcha, uni eng avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdagi nuqsonlarimizdan, qolaversa, seksual masalalarda oshkoralik talab darajasida emasligidan, turmushimizdagi yetishmovchiliklardan, qonunlarimiz mukammal emasligidan, insoniy munosabatlarda o‘zgalar taqdiriga loqaydligimizdan axtarish kerak...

Yüklə 466,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin