Nazorat savollari: Delinkvent xulq-atvor haqida tushuncha
Delinkvent xulq-atvor yuzaga kelishi sabablari
7-Mavzu: Suidsidal xulq-atvor Reja: Suidsidal xulq-atvor haqida ma’lumot
Suidsidal xavf omillari
Mashg’ulot maqsadi:Suidsidal xulq-atvor haqida bilimlarni o‘zlashtirish
Foydalanilgan adabiyotlar: I.M. Hakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. // o‘quv qo‘llanma; Toshkent -2014; 56-bet.
Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 64-bet.
www.expert.psychology.ru
www.psycho.all.ru
Suitsid (ing. suicide – o‘zini o‘zi o‘ldirish) – kishi tomonidan kuchli ruhiy zo‘riqish holatida sodir etiluvchi o‘zini o‘zi o‘ldirish holati; shaxsda ular mavjudligida shaxsiy hayoti oliy qadriyat sifatida o‘z ma’nosini yo‘qotadigan o‘tkir ruhiy jarohat yetkazuvchi vaziyatlar ta’siri ostida ongli ravishda hayotdan olib tashlash holati. Hozirgi vaqtda suitsidal ahloq global jamoatchilik muammosi hisoblanadi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida har yili 1 mln.100 mingga yaqin odam o‘z joniga qasd qilish bilan o‘z hayotiga yakun yasaydi1 . Shubhasiz, inson ongi foniylikni mutanosib ravishda o‘zlashtirishga qodir emas, lekin, shunday bo‘lsada, o‘zini o‘zi o‘ldirish ehtimolini ko‘rib chiqayotgan odam qanchalik agnostik va skeptik bo‘lmasin, u beixtiyor o‘limdan keyingi, hatto yanada ma’qulroq hayot mavjudligini tan oladi. O‘z-o‘zidan bu hali o‘zini o‘zi o‘ldiruvchi shaxsning aqldan tashqari fikrlashi va voqeiy bo‘lmagan narsalarni afzalroq ko‘rishini isbotlamaydi, lekin shu bilan bir vaqtda o‘zida o‘limdan keyingi hayotga bo‘lgan ishonch har doim ko‘plab xalqlarning madaniy-diniy udumlari predmetini tashkil qilib kelgan. Bunday holda, potensial o‘zini o‘zi o‘ldiruvchilar tafakkurining irratsionalligi va xayoliyligi tushunarli bo‘ladi. O‘zini o‘zi o‘ldirish hodisa sifatida quyidagi tarkibiy elementlar bilan tavsiflanishi mumkin. Birinchidan, bu qotillik. Ko‘p tillarda uning tub, tashkil qiluvchi so‘zi «qotillik» hisoblanadi. Biroq, atamaning ikkinchi qismi - «o‘zini o‘zi» so‘zi insonning o‘zi tomonidan sodir etilgan qotillikni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, qotil va qurbon bir kishining o‘zi bo‘lgan vaziyat yuzaga keladi. Demak, o‘zini o‘zi o‘ldirishni o‘limning uchta ajralmas elementi: o‘lish elementi, o‘ldirish elementi va qotillik qurboni elementini anglatuvchi o‘ziga xos turi deb hisoblash mumkin. 1Karang: http://lossofsoul.com/DEATH/suicide/statistic.htm 80 Ruhan sog’lom odamlarda o‘zini o‘zi o‘ldirish sabablari ko‘pincha o‘tkir ruhiy-shikastlovchi vaziyatlar va kamroq - kelib chiqishi turlicha bo‘lgan cho‘zilgan ruhiy tanglik yoki yashashning chidab bo‘lmas shart-sharoitlari bilan bog’liq bo‘ladi. O‘zini o‘ldirish istagi ruhiy-asab tizimi beqaror bo‘lgan shaxslarda, ayniqsa nevrotiklar va kuchli ta’sirlanuvchi, kayfiyati o‘zgarib turuvchi psixopatlarda ko‘proq uchraydi. Ayrim mualliflar o‘zini o‘zi o‘ldirishga moyillikni xarakterning, ularning fikricha, shoirlar, rassomlar, artistlarga xos bo‘lgan alohida badiiy tipiga moyillik deb ta’kidlaydilar. Ba’zan odamlar o‘zlarini yashashning qiyinligi va imkoniyatsizligi sabab bo‘lgan ekstremal vaziyatlarda: masalan, konsentratsion lagerlardagi shafqatsiz sharoitlarda, qiynash, azoblash, xo‘rlash va ochlik ta’siri ostida o‘zlarini o‘ldirishga urinadilar. O‘zini o‘zi o‘ldirish to‘g’risida fikrlarga shuningdek, chidab bo‘lmaydigan og’riq beruvchi og’ir, davosiz kasalliklar – saraton va ba’zi boshqa kasalliklar ham olib kelishi mumkin. Agar bunda ong xiralashmasdan qolgan bo‘lsa, unda azobuqubatlarga barham berish haqida tabiiy istak paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘zini o‘zi o‘ldirishlar va ularning urinishlari turli depressiyalar, psixologik va ijtimoiy omillarga bog’liq. Ulardan eng ko‘p tarqalgani yolg’izlik, sherigi yoki yaqin kishisini yo‘qotish, muvaffaqiyatsizlik yoki toptalgan mavqei, obro‘sizlantiruvchi vaziyat, hayotiy manbaini yo‘qotish, bankrotlik va hokazolardir. Demak, o‘zini saqlash instinktining buzilishi va o‘zini o‘ldirish istagi, bir tomondan subyektning ruhiy faoliyatidagi qanday o‘zgarishlar chuqur affektga olib kelishiga, ikkinchi tomondan esa - ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq bo‘ladi. Aslida, hishayajonli–affektiv ta’sirchan registrni «yoqib qo‘yish» nafaqat ruhiyatning chuqur, balki onggacha bo‘lgan yanada yuqoriroq darajadagi tuzilmasidan kelib chiqadi. Shunday qilib, bu o‘rinda hishayajonli ta’sirchanlikning murakkab apparati mavjudligi to‘g’risida so‘z yuritish mumkin. Bu ta’sirchanlikning darajalari chuqurroq (qo‘rquv, xavotir, nafrat, qahr-g’azab, quvonch, baxt) yoki nozikroq (qayg’u, g’amginlik, estetik tashvishlar va hokazolar) bo‘ladi. Ma’lumki, odam ma’lum darajada o‘zining ichki dunyosini yaratadi va shuning uchun o‘zini o‘zi o‘ldirish haqida qaror qabul qilishning boshlang’ich nuqtasini aniqlash muhimdir. Agar dinamikadagi qaror qabul qilish jarayonini modellashtirishga harakat 81 qilsak, unda ko‘p narsa vaziyatdan chiqishning iloji yo‘qligini oqlash bilan bog’liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, g’ayriixtiyoriy, ko‘p holda - irratsional turtkiga bo‘ysuna turib, odam uni batamom oshkora – ratsional sabablar bilan oqlashga harakat qiladi. Biroq, mazkur holatda g’ayriixtiyoriy o‘zini o‘zi o‘ldirish fikri tashqi, oshkora omillar tahlilidan ko‘ra ancha muhimroq bo‘ladi. Suitsidal xulq-atvorli shaxslarning aksariyat qismi uchun kishining hodisalarga ta’sirchanligi turlicha ekanligi xosdir. K. Menninger tomonidan keltirilgan misollarga murojaat qilamiz: qiz soch turmagi ko‘ngildagidek chiqmaganidan so‘ng o‘zini o‘ldiradi; erkak kishi uni golf o‘ynash imkoniyatidan mahrum etilganidan so‘ng hayotidan voz kechadi; ayol ikki marta poyezdga kech qolganidan keyin o‘zini o‘zi o‘ldirishga ahd qiladi; bola sevimli kanareykasining o‘limini ko‘tara olmay, o‘zini o‘ldirishga qo‘l uradi. Ta’sirchanlikning bir xil emasligi o‘zini o‘zi o‘ldirishni sodir etayotgan shaxsning hissiy yoki ruhiy jihatdan yetilmaganligi va yetilmay qolganligi (infantilligi) bilan belgilanadi. O‘zini o‘zi o‘ldirishni o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning soni ortishi yosh davrlari, jinsi, ijtimoiy ahvoli va hokazolar va lekin birinchi navbatda – kishi shaxsiyatining xususiyatlariga bog’liq. Erkaklar orasida o‘zini o‘zi o‘ldirish soni ayollarga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Shu bilan bir vaqtda erkaklar o‘zini osish, o‘qotar qurol ishlatish kabi «ishonchliroq» bo‘lgan usullarni qo‘llasa, ayollar ko‘proq katta dozada dorilar qabul qilishni afzal ko‘radilar, ya’ni ular go‘yo o‘zlarining o‘limdan keyingi tashqi ko‘rinishlari haqida qayg’uradilar. Erkaklar orasidagi o‘zini o‘zi o‘ldirishning maksimal soni o‘spirinlik yoshiga (16-18 yosh) to‘g’ri keladi, bu yoshda ko‘pincha ma’naviy mezonlar va da’volar ortishi kuzatiladi, ayollarda esa – klimaks davriga (40-45 yosh), yuqori darajada asabiylik va kayfiyat o‘zgarishi, qarilikning ilk alomatlari paydo bo‘lishi, ayrim umidlarning yo‘qolishi bilan boruvchi organizmning fiziologik qayta tuzilishi sodir bo‘ladigan davrga to‘g’ri keladi. Ijtimoiy omillar orasida o‘zini o‘zi o‘ldirishning qishloq joylariga nisbatan ko‘proq yirik shaharlarda sodir etilishi, professional va ijtimoiy maqomga bog’liqligini ta’kidlash mumkin. Ayni vaqtda o‘zida o‘zini o‘zi o‘ldirishlar soni Shvetsiya, Yaponiya kabi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda Osiyo va Afrikaning qoloq davlatlaridagiga nisbatan ancha ortiqdir. 82 O‘z joniga qasd qilishning biologik determinantlari orasida shu holatni ta’kidlash zarurki, ruhiyati og’ir buzilgan odamlar ruhan sog’lom individlarga nisbatan ko‘proq o‘zini o‘zi o‘ldirishni sodir etadilar. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish shaxsning ijtimoiy-ruhiy dezadaptatsiyasi natijasi hisoblanib, bunda odam ushbu yuzaga kelgan sharoitlarda bundan buyon o‘zi uchun mavjud bo‘lish imkoniyatini ko‘rmaydi. Shaxs dezadaptatsiyasining ehtimoliyligi jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik davrlarida obyektiv ravishda ortadi, bu esa o‘zini o‘zi o‘ldirish statistikasida o‘zining haqiqiy aksini topadi. Ayniqsa, ijtimoiy ko‘tarilish pasayish bilan almashganda «umidlarni yo‘qotish vaqti» keskin bo‘lib qoladi, bu esa jamiyat ongining krizisini chuqurlashtiradi, jamiyat a’zolariga zulmkor ta’sir o‘tkazadi va uning zaifroq a’zolarining ixtiyoriy ravishda hayotdan voz kechishiga yordam beradi.
1. Shu bilan bir qatorda o‘zaro munosabatlar uslubi o‘zini o‘zi o‘ldirishning potensial xavfini yuzaga keltiruvchi ijtimoiy-ruhiy turdagi oilalarning ma’lum turlarini ajratish lozim:
1. Dezintegriatsiyalangan oila. Bunday oila a’zolarining xos xususiyatlari a’zolarining alohidaligi, munosabatlarning rasmiyligi, ular o‘rtasida hissiy muloqotining mavjud emasligi hisoblanadi; 2. Superintegratsiyalangan oila. Bir-biriga benihoyat o‘rganib qolgan, hatto bir-biridan alohida yashashni xayollariga ham keltira olmaydigan oila a’zolarining shaxsiy mustaqilligi tuyg’usining buzilishi; bunday oila a’zolaridan birortasining o‘limi boshqasining umuman ojizligini yaqqol ko‘rsatib qo‘yadi. 3. Noittifoq oila. A’zolarining maqsadlari, ehtiyojlari nomuvofiqligi, umumiylik va kelishuvchanlikda birgalikda yondashuvning yo‘qligi, shaxsiy manfaatlar va odatlardan voz kechishni istamasligi bilan tavsiflanadi. Qabul qilingan me’yorlarni kelishtirish bu yerda kim uchundir frustratsiya bilan bog’liq majburlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Birining ikkinchisiga o‘z odatlarini majburan qabul qildirishga, axloqini o‘zgartirishga, uning uchun ma’qul bo‘lmagan hayotiy yo‘nalishlarga mos ravishda o‘zini tutishga majburlashga doimiy ravishda harakat qilishi bunday oilada xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. 4. Yopiq o‘ziga to‘q oila. Uning a’zolari uchun oila kuch sarflashning asosiy sohasi, hayotning yagona mazmuni hisoblanadi, qolgan hammasi – ish, oiladan tashqari munosabatlar va boshqalarga faqat oila farovonligini qo‘llab turish va ta’minlash vositasi sifatida qaraladi. Hayot faoliyatining asosiy sohasi – oiladagi biron-bir tanglik uning a’zolari uchun o‘z joniga qasd qilishga olib keluvchi xavfli vaziyatga aylanishi mumkin. 5. Konservativ oila. O‘zgaruvchan tashqi shart-sharoitlarga moslashishga qodir emaslik asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Agar bunday oilaning a’zosi ushbu oiladan tashqaridagi nizoga aralashib qolgan bo‘lsa, uning boshqa a’zolari konservativ yo‘l-yo‘riq tufayli unga yordamga kela olmaydilar va ziddiyatdan uzoqroq turadilar yoki raqib tarafiga o‘tib oladilar. Bunday vaziyat xoinlik deb qabul qilinishi va nizoga aralashgan oila a’zosining o‘zini o‘zi o‘ldirishiga olib kelishi mumkin.