L.S.Vigotskiy J.Piajening ilk ishlaridayoq yozgan edi. Eng muhi-
mi shundan iboratki, J.Piaje bola kattalarga nisbatan «esi pastli-
gi» va kattalar intellekti bilan taqqoslaganda bolaning tafakkuri
miqdoriy kamchlikka egaligi yondashuvidan voz kechib, bolalar
tafakkurini sifat jihatdan o‘ziga xosligini tadqiq qilish vazifasini
birinchi bolib qo'ygan1. T. Simon laboratoriyasida ishlayotib yosh
J.Piaje bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagilar nutqiga ko‘proq
ahamiyat qaratgan, uni ayniqsa test savollariga javob berishida-
gi takrorlanuvchi xatolar qiziqtirgan bolalar bog‘chasi sharoitida
tadqiqot o‘tkazilib, unda kuzatuvchilar erkin faoliyat (rasm chi-
zish yasash yoki o‘yin davomida bolalarning barcha aytgan fikr-
lari va bajaradigan harakatlarini tizimli ravishda qayd qilib bor-
ganlar. J.Piaje taxminiga ko‘ra, bolalar fikrlarini ikkita guruhga
bolish mumkinligini ko‘rsatadi. Suhbatdoshini javob qaytarishi-
ga manfaatdorligi xarakterlanadi, uning vazifasi suhbatdoshga
ta’sir ko‘rsatish.
1. Ijtimoiylashgan nutq darajalari kategoriyalari axborot, tan-
qid, buyruq, iltimos, taqlid, savol, javob.
2. Egotsentrik nutq shakli bo‘yicha bu fikrlar har xil bo‘lishi
mumkin takrorlash (exolaliya) monolog jamoaviy biroq umumiyli-
gi suhbatdoshining nuqtayi nazari qandayligi, uni tinglayotganli-
gi bilan qiziqmay bola ayni damda nimani o‘ylayotgan bolsa shu
haqida o‘z fikrini bildiradi. Egotsentrik nutq vazifasi ta’sirliroqdir
«Suhbatlashishdan qoniqish» harakatlarni kuzatilishi va ritmliligi
J.Piaje bolaning erkin nutqida egotsentrik nutq hissasini olchab
ko‘rib, ilk yoshda egotsentrik nutq koeffitsienti yuqoriligini -75%,
6—7 yoshga kelib asta-sekin pasayishini aniqlagan. Ta’kidlarning
oddiy to‘qnashuvini emas, balki tomonlarning o‘zaro tushuni-
shi va tushuntirishga manfaatdorligi bilan kuzatiladigan nuqtayi
nazarlar almashinuvini o‘zida namoyon qiluvchi bahs-munozara
faqatgina 7—8 yoshga kelib yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: