19.6. Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning
ijtimoiy shart-sharoitlari
Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoq-
lashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o‘zgarishlardir. Kek-
salarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining
ijtimoiy vaziyatini to liq deb bo‘lmaydi.
Keksalik davrida inson
quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qo
lish hamda yangi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish yoki yaqinlarining
qiziqishlari bo‘yicha ularga qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal
qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu mos-
lashuv strategiyasini — o‘zini shaxs sifatida yoki individ sifati
da saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning
strategiyasiga bogliq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifa
tida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo‘nal-
tirilishi mumkin.
«Yopiq kontur tipi» bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tash
qi dunyoga qiziqishlar va intilishlar
darajasining pasayishida,
egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, toliqm aslik
kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda
namoyon boladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini «passiv kek
sayish» yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb ata-
shadi. Bunga alternativ
ravishda yana bir model mavjud, ya’ni
jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi.
Yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan
iborat boladi. Bu yoshda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom
ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilish-
lari, nabiralarni tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ul-
lanishlari mumkin.
0
‘zini shaxs sifatida saqlab qolish
uchun kuchi yetadigan
mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega bolish, ya-
qinlarga kerakli inson bolishga intilish, hayotga qiziquvchanlik-
ni his qilish zarur.
436
N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davr-
larning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib
0
‘tgan1.
I.
Nafaqadan oldingi keksalik (55
yoshdan nafaqaga chiqqun-
cha) - nafaqaga tayyorlanish.
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu «tezroq
dam olishni boshlash», kim uchundir faol mehnat faoliyatining
to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilish-
ni bilmaslik, noaniqlik;
— asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari
uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni seza-
di, boshqa tomondan inson uni nafaqaga
boshqalarga nisbatan
kechroq chiqazishlariga umid qiladi;
— yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabi-
ralarini ham ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun «foydali», ik
kinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qa-
rab qolganida «kerak emasligini» his qilish;
— ishda o‘ziga «munosib shogird» tayyorlash, trabiyalashga intilish.
2. Yetakchi faoliyat:
— ulgurmaganlarini
bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin
«Yaxshi nom» qoldirishga intilish;
— o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish;
— nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini mak-
simal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham
shug‘ullanib, «bo‘linishlari» mumkin;
— nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini
rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi.
II.
Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) —
bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash.
Bu davr quyidagilar-
da namoyon boladi:
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
Dostları ilə paylaş: