Pul nazariyalari


 Pulning metallik nazariyasi



Yüklə 392,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix13.06.2023
ölçüsü392,59 Kb.
#129673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Mustaqil ish

3.2. Pulning metallik nazariyasi 
ulning metallik nazariyasi XVI – XVII asrlarda dastlab kapitalning 
boylik sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi 
sharoitida vujudga keldi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘irlik miqdorini 
kamaytirish) ga qarshi kurashda progressiv (ijobiy) rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha 
davr ruhi va vujudga kelayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar 
baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib chiqdilar.Bu nazariya o‘sha davr 
kapitalizmining eng rivojlangan Angliya davlatida maydonga keldi. 
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining 
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi 
iqtisodchilarning boylikning manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ldi. Ular bu 
manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi 
mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini 
qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi 
deb hisoblar edilar. 
Ma’lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi
metall tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga 
(moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo‘llab – 
quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‘oz pul nazariyasini inkor 
etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta’limotni yoqlab chiqqanlarida asosan 
nodir metallarni, ya’ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar. Ularning 
ta’limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo‘lib, 
ular o‘z qiymatlarini yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin pullar 
ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda 
inflyasiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta’kidlaydilar. 
Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi pulning 
ko‘payishi bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan 
yaratilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki, metallistlar nazariyasiga ko‘ra: pulning 
moxiyati ijtimoiy zaruriy mehnatning rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va 
kumushning tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, ya’ni qanchalik ushbu metallar 
sifatli bo‘lsa pulning qadri shuncha yuqori bo‘ladi.
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi. 
Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi 
kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan 
burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori 



bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati 
Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford 
(1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan 
«Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. 
Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), 
Fransiyada bu ta’limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728-
1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. 
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining 
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi 
iqtisodchilarning boylik manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ladi. Ular bu manbani 
savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga 
oltin va kumushning kelishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho 
metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi, deb hisoblar 
edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan 
iborat edi:
– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi 
maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;
– ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida 
yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘arishni tushundilar va 
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‘rin fikrga keldilar. 
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy 
qadriyatlar yig‘indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya 
targ‘ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi 
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‘z mavqeini yo‘qotdi. Ammo XIX 
asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis 
(1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘oyaning qayta tiklanishiga 
1871-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo‘ldi. K. 
Knis targ‘iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul 
sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e’tirof 
etdi. Bu paytga kelib xo‘jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‘la boshladi va bu oltin 
monetalar bilan birga muomalada bo‘lib, ularga almashtiriladigan banknota 
emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan holda, hech nima 
bilan ta’minlanmagan qog‘oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul muomalasi 
metall bilan ta’minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. 
Qog‘oz pullar xuddi «qog‘oz bulka» kabi ma’nosiz narsadir. K. Knis ta’kidlashicha, 
oltin o‘z tabiatiga ko‘ra puldir. 
I Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta 
tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin 
quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni 
yoqlab chiqdilar.

Yüklə 392,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin