Pul nazariyalari



Yüklə 392,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix13.06.2023
ölçüsü392,59 Kb.
#129673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Mustaqil ish

3. Oltin deviz standarti
Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknotalarni bevosita 
oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o‘z kredit pullarini oltin quyma 
standartga kiruvchi mamlakatlarning devizlariga (ya’ni valyutalariga) almashtirishni 
mo‘ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga 
bog‘liqligini keltirib chiqarar edi. Pul tizimining bu ko‘rinishi oltin deviz standarti 
nomini oldi.
1929-33 yillardagi jahon inqirozidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz 
standartining ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu 
standartning o‘ziga xos xususiyati Shunda ediki, birinchidan, bu standartdan 
foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan 
edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini 
saqlab qolgan edi xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti 
bekor qilinishi bilan oltin standartining barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi. 
Oltin standarti barbod bo‘lishi va iqtisodiyotni davlat ishtirokida 
boshqarilishiga o‘tilishi bilan metall pul nazariyasi boshqa nazariya bilan 
almashtiriladi. Metalizimning asosiy kamchiligi shundaki, ular iqtisodiyotni davlat 


tomonidan boshqarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan kredit pullar orasida 
ichki bog‘liqlikni e’tiborga olmadilar.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning taboro rivojlanib borishi, shu 
bilan birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari 
hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar bilan ko‘payishi 
muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog‘oz pullar 
ham to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyusion tarzda ma’lum ijtimoiy – 
iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z o‘rnini qog‘oz 
pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining vujudga kelishiga 
zamin yaratdi.

Yüklə 392,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin