MxV=PxY Almashinish darajasi ko‘rsatadiki, pul miqdorini muomiladagi aylanishga ko‘paytmasi nominal daromadga (iqtisodiyotda nominl xarajatlar tayyor mahsulotlarni va xizmatlarni xarid qilishga) teng. Tenglamaning o‘zi bir ayniyatdir, aniqlanishi bo‘yicha to‘g‘ri bog‘lanishni ko‘rsatadi. Bu hech narsani bildirmaydi. Masalan, nominal daromad PxY o‘sishi pul massasini M o‘sishi bilan bog‘liq, chunki Mning qanchalik o‘sishi Vning shunchalik tushishi bilan kompensatsiya qilingan bo‘lishi mumkin, va MxV (demak PxY) o‘zgarmaydi. Ayirboshlash tenglamasidan nominal daromadni aniqlashga o‘tish uchun aylanish tezligiga ta’sir etadigan faktorlarni ko‘rib chiqish kerak. Aylanish tezligining aniqlovchilari 2 Irving Fishershuni isbotladiki, pulni aylanish tezligi iqtisodiy sub’ektlarning transaksiya qilishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Agar bitim qilinayotganda hisob kitob schyotlari ishlatilayotgan bo‘lsa va kredit kartochkalar, demak iqtisodiyotda ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarga to‘lash uchun kamroq pul kerak bo‘ladi (Mi PxYga nisbatan)va aylanish tezligi (PxY)/M kattalashadi. Teskarisiga agar aholi sotib olganiga naqd to‘lasa yoki chek bilan o‘sha nominal daromad darajasida ko‘proq pul kerak bo‘ladi va aylanish tezligi pasayadi. Bunda Fisher taxmin qilgan ediki qisqa muddatda aylanish tezligini doimiy deb hisoblash mumkin chunki institutsional va texnologik faktorlar sekin o‘zgaradi. Haqiqatda Fisher ayirboshlash tenglamasini iqtisodiyotda nominal tranzaksiya qiymati PTga nisbatan ishlab chiqqan edi: MV T =PT, 2
The economics of money, banking and financial markets / Frederick S. Mishkin, 10th Global
edition, 2013. Page 550
P- tranzaksiyaning o‘rtacha bahosi; T- yiliga transaksiyalar miqdori V T =PT/M-transaksiyada pulning aylanish tezligi Transaksiyaning nominal qiymatini aniqlash qiyin bo‘lgani uchun, miqdoriylik nazariyada yalpi ishlab chiqarish- Ydan foydalanilgan. T=vY deb faraz qilib qaerda