Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX asrning oxirlarida
boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb ham ataldi.
Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko‘rinishidir. Bu standart I Jahon urushi
boshlanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartiga xos bo‘lgan belgilar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
tovarlarning baholari faqatgina oltinda o‘lchanishi; oltin tanganing muomalada
bo‘lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi;
kredit pullarni ularning nominali bo‘yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib
kirish yoki olib
chiqishning taqiqlanmaganligi; ichki bozorda oltin moneta va
banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni, to‘la haqiqiy qiymatga) ega
bo‘lmagan chaqalar va ma’lum kursga ega bo‘lgan davlat qog‘oz
pullarining
muomalada bo‘lishi.
Bu tizim mustahkam pul tizimi bo‘lib, inflyatsiyani inkor etar edi. Muomala
uchun zarur bo‘lmagan oltin miqdori yana xazina ko‘rinishiga qaytar edi. Ammo
kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. II Jahon urushi davrida
AQShdan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga almashtirishni va
oltinni chetga olib chiqishni bekor qilishdi. Oltin
muomaladan surib chiqarilib
xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar muomalada
bo‘ldi.
2. Oltin quyma standarti
I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standarti
joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki,
muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi.
12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700 ft. st.,
Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan
oltin muomaladan xalqaro
aylanmaga chiqarildi. Ichki aylanmada esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik
firmalar va puldorlar ega bo‘lib qoldilar, xolos.
Dostları ilə paylaş: