3.4. Keynsning likvidlikning afzal ko‘rilishi nazariyasi Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi
muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi
fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu
nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836),
shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi.
D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir
metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning
qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi.
Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi
sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash
jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani
ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga
chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir.
Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning
miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi
funksiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining
zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher,
G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan.
Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan
bo‘lib:
– birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning
“tranzaksion variant” ta’limoti;
– ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi
jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” konsepsiyasi ta’limoti
hisoblanadi.
Pul aylanish tezligi va almashuv tenglamasi Pulning miqdoriylik nazariyasi klassik maktab iqtisodchilari tomonidan XIX-XX asr boshlarida ishlab chiqilgan edi va umumiy daromadnini nomimal qiymatini aniqlashga bag‘ishlangan edi. Bu nazariya berilgan umumiy daromad miqdorida qancha pul mavjudligini izohlashi bois, u pulga talab nazariyasi ham hisoblanadi. Ushbu nazariyaning eng muhim hususiyati shundaki, u foiz stavka pulga bo‘lgan talabga ta’sir etmaydi deb ta’kidlaydi 1 .
Klassik pulning miqdoriylik nazariyasi aniq ta’rifi amerikalik iqtisodchi Irving Fisherning 1911 yilda nashr etilgan “pulning harid qilish qobiliyati” nomli kitobida ko‘rsatilgan. Fisher iqtisodiyotdagi PxY umumiy pul miqdori M (pul taklifi )bilan oxirgi tayyor mahsulot xizmatni xarid qilishga ketadigan chiqimlarni o‘rgangan, bunda P-narx darajasi, Y-daromad. (umumiy harajatlar PxY nominal umumiy daromad yoki YaMM sifatida qaralishi mumkin). O‘zgaruvchi M va PxY bog‘lovchi pulning aylanish tezligi deb nomlanadi( sodda qilib aytganda aylanish tezligi)va u umumiy xarajtlarni PxY ni pul miqdoriga M ga bo‘lish orqali topiladi. 𝑉 =
𝑃𝑥𝑌
𝑀
Masalan, agar yillik nominal YaMM (PxY) 10 trlnni va pul miqdori (M) 2 trln dollarni tashkil etsa 𝑉 =
$10 𝑡𝑟𝑖𝑙𝑙𝑖𝑜𝑛
$2 𝑡𝑟𝑖𝑙𝑙𝑖𝑜𝑛
= 5
Bunda pulning aylanish tezligi 5 teng degani iqtisodiyotda har bir dollar yilda 5 marta biror tayyor mahsulotni sotib olishga yoki xizmatga ishlatiladi. Tenglamani ikki tarafini M ga ko‘paytirish orqali nominal daromad, pul miqdori va aylanish tezligi bog‘lagan holda almashinish hajmini topamiz.