Q abdullayeva, S. Rahmonbekova



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/131
tarix16.12.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#182234
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131
diktantlar toplami

ishla:
o'zak —
21


ish,
so‘z yasovchi qo'shim chasi — 
la', ishdan:
o ‘zak — 
ish,
so'z o ‘zgartiruvchi qo ‘shim cha — 
dan
kabi); sifatlarni 
aniqlab, tagiga to'lqinli chiziq cliizish; m atndagi bo'lishsiz 
fe’llarning tagiga ikki to'g'ri chiziq chizish; matndagi "biror 
so'zga (so'z aniq ko'rsatiladi) o'zakdosh so‘zlar tanlash; 
ikki yoki uch gapdagi (gaplar aniq aytiladi) ega, kesim 
va ikkinchi darajali bo'laklarni aniqlab, eganing tagiga 
bir, kesim ning tagiga ikki to'g'ri chiziq, ikkinchi darajali 
bo'laklarning tagiga to'lqinli chiziq chizish; kelishiklar 
bilan turlangan otlarni aniqlab, kelishik nom ini yozish; 
egalik qo'shim chasi tagiga chizish va ustiga shaxs-sonini 
yozish; kishilik o lm oshlarining tagiga chizib, ustiga shaxs- 
sonini yozish; shaxs va sonda tuslangan fe’llarni aniqlab, 
shaxsi, soni, zam onini yozish.
Shuningdck, o'quvchilarning um u m iy saviyasini, eshi- 
tish, ko‘rish qobiliyatlarini, tevarak-atrofda bo'layotgan 
o'zgarishlar, yoshlikdan o'zlari bajarishi lozim bo'lgan 
barcha ishlarning mohiyatiga tushunib, hayotga tatbiq 
etishlarini hisobga olib, iqtisodiy, huquqiy, ayniqsa, ekolo- 
giyaga doir mavzularda ham m atn la r berildi. Bu m atnlarn i 
eshitib yozish orqali ularda m as’uliyatni his va idrok etish 
uquvi paydo bo'ladi. Musiqa orqali ta ’sir etish uchun 
diktant yozish paytida m ayin kuy eshittirish, diktant yozish 
oralig'ida jism oniy harakatlar bajarib, dam olish daqiqasini 
o'tkazish, tasviriy san’at, badiiy m ehnat, m atematika 
fanlari bilan ham bog'lanish o'quvchilar savodxonligini, 
estetik didini o'stirishga yordam beradi.
D I K T A N T N I T E K S H I R I S H VA T A H L I L Q I L I S H
0 ‘quvchilarga 
diktant 
yozdirilganidan 
keyin 
uni 
tekshirish, baholash va navbatdagi yozuv darsida uni tahlil 
qilish m u h im ta ’lim-tarbiyaviy aham iyatga egadir. C h u n k i 
o'q uvchilar d iktantni yozganlaridan keyin yo‘l qo'ygan 
kam chiliklarini va olgan baholarini bilishga qiziqadilar. 
Tekshirilgan dik tantn i belgilangan vaqtda tahlil qilish 
bilan o'quvchilarning a n a shu istaklari qondiriladi. Bundan


tashqari, dik tan td a yo‘l qo'ygan xatolari takrorlanishining 
oldi olinadi.
Ayrim o'qituvchilar kun ora d iktant yozdirsalar ham, 
u ning natijasi bilan o ‘quvchilarni xabardor qilmaslik 
hollari uchraydi. Bunda o'quvchilar savodxonligi tekshirib 
ko'riladi-yu, kam chiliklarning oldi olinmaydi. Natijada, 
o'quvchi qaysidir so'z yoki gapni bir necha m arta xato 
yozib qo'yadi. Bulling oldini olish uchun barcha turdagi 
yozma ishlar m e ’yoriga rioya qilish va vaqtida tekshirib, 
tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
O 'quvchilarning barcha turdagi yozma ish lari n i teksh i- 
rishda imlo va tinish belgilaridagi xatolar bilan bir qatorda 
chiroyli yozuv sifatiga ham e ’tibor beriladi.
1—2-sinflarda o'quvchi xato vozgan so'zni chizib, 
ustiga to'g'risini yozib ko'rsatiladi. Tinish belgilari ham
shu tartibda to'g'rilanadi.
3—4 -sinflarda o'quvchi xato yozgan so'zning tagiga 
chizib qo'yilishi kifoya. Tinish belgi lari qo'yilm agan bo'lsa 
qo'yiladi, xatolari bo'lsa, tuzatiladi.
O'q uvchilar yozma ishini baholashda quyidagi m e’yor- 
dan foydalanish m umkin:
— agar o'quvchi xatosiz, chiroyli yozib, topshiriqni 
ongli bajargan bo'lsa, uning ishini n am u na sifatida maqtab, 
ko'rgazmaga qo'yiladi;
— agar o'quvchi yozma ish va qo'shim cha topshiriqlar- 
ning to 'rtd a n uch qismini to'g'ri va ongli bajarsa, «4» 
baho qo'yiladi. U ning xatolari asta tushuntiriladi va unda 
keyingi safar, albatta, a ’lo bajarishi m umkiniigiga ishonch 
hosil qilinadi;
— agar o'quvchi yozishi va bajarishi kerak bo'lgan 
ishning yarm idan ko'prog'ini to'g'ri va ongli bajarsa, 
bunday o'quvchi bilan qo'shim cha ravishda ish olib 
boriladi.

-sin f o'quvchilarining ishlari «qoniqarli» yoki «qoni- 
qarsiz» deb og'zaki baholanadi.
2—4 -sin f o'quvchilarining ishlari quyidagicha bahola­
nadi:
23


— agar 
0
‘quvchi tekshirish d iktantini to'g'ri va chiroyli 
vozgan, biroq ayrim harflarni tuzatgan bo'lsa. keyingi 
safar xatoga yo‘l qo'ymasligi ta’kidlanadi;
— agar o‘quvchi d ikta ntd a 2 ta imlo va bitta tinish 
belgilariga oid xatoga yo'l qo ‘ygan bo'lsa, shuningdek, 
ayrim h a rf shakllarini noto'g'ri yozib tuzatgan bo'lsa, 
bunday o'quvchilar bilan yakkam a-yakka ish olib boriladi;
— agar o'quvchi 3 ta imlo va 2—3 ta tinish belgi lariga 
oid yoki 4 ta imlo va 2 ta tinish belgilariga oid va undan 
ko'p xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, yozuv sifati talabga javob 
berm asa va tuzatishlari bo'lsa, bunday o'quvchilarga 
amaliy yordam beriladi.
D ik tantda quyidagi xatolar hisobga olinmaydi:
a) 
o'quvchilarga 
o'rgatilm agan 
qoidalar yuzasidan 
qilingan xatolar;
b) gap oxiriga nuqta qo'y ilm agan bo'lsa-yu, keyingi gap 
bosh h a r f bilan yozilsa;
d) gap m a ’nosini buzm agan holda biror so'z boshqa 
so'z bilan alm ashtirib yozilsa.
O'q uvchilar ishini tekshirish va baholash ehtiyotkorlik 
bilan amalga oshirilishi kerak. B uning uchun xatolarning 
sabablari aniqlanib, ko'pchilik o'quvchilar to m onidan yo'l 
qo'yilgan xatolar ustida ishlanadi. J u m ladan , o'quvchilar 
quyidagi sabablarga ko'ra xato yozishlari m um kin:
— gap yoki undagi biror so'z m a ’nosini tu shunm a g a n - 
larida. Shuning uchun yozdiriiadigan m atn d a o'quvchilarga 
notanish so'zlar bo'lsa, doskaga yozib ko'rsatish va 
m a’nosini tushuntirish lozim.
— imlo va g ram m atik a qoidalarini ongli o'zlashtir- 
m aganliklari sababli. Bu xatolikning oldini olish uchun, 
albatta, darslarda har bir qoidaning o'quvchilar tom o nid an 
puxta va m u sta h k a m o'zlashtirilishiga e ’tibor berish kerak. 
Buning uchun o'rganilgan qoidaga daxldor m ashqlarni 
bajarish, har bir m ashqni bajarishda ularga daxldor qoidani 
eslatib turish zarur.
— imlo qoidalarini bilsa ham, uni unutib qo'yish 
natijasida. Bunday xatoga yo'l qo'ym aslik uchun shu qoi-
24


daga oid m ashqlardan ko'proq ishlatish kerak. Masalan, 
«Shahar nomlari 
bosh 
h a rf bilan yoziladi» 
qoidasi 
o'rganilganidan keyin, 
Namangan, Toshkent, Sam arqand
kabi shahar nomlari yozib ko‘rsatiladi. Shahar nom lari gap 
orasida kelganda h am o'quvchilar xatoga yo‘l qo'yishlari 
m u m kin.
Dem ak, o'quvchilar bilimi puxta emasligi, e’tiborsizlik 
bilan yozishlari, imlo qoidalarini unutib qo'yishlari va 
yozayotgan 
so'zlarining 
m a ’nosiga 
tushunm asliklari 
natijasida xatolarga yo‘1 qo'yar ekanlar. Bunday xatolarning 
oldini olish uchun diktant yozdirishdan oldin o'rganilgan 
qoidalarga mos turli m ashqlarni bajartirish lozim.
O'quvchilarning 
ko'pchiligi 
xato 
yozgan 
so'zlar 
to'g'rilanib, doskaga ustun shaklida yoziladi. Bu so'zlarni 
o'quvchilar daftarlariga ko'chirib yozadilar.
Yozdirilgan m atn tekshirilib, baholanganidan keyin 
navbatdagi yozuv darsida yoki darsning bir qismida o'quv­
chilar bilan tahlil qilinadi. Tahlil, xatolar ustida ishlash 
o'quvchilarning savodxonligini 
oshirishga ijobiy ta ’sir 
etadi.
25



Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin