Q abdullayeva, S. Rahmonbekova



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/131
tarix16.12.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#182234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131
diktantlar toplami

"
\

Q l M P L '
 
:


turdi. Yuz-qo'lini yuvdi. Nonushta qildi va maktabga ketdi»
kabi uchta gap bilan ifodalangan m a z m u n n i o'quvchilar 
«Nosir erta turib yuvindi. Nonushta qilib, maktabga ketdi»
kabi ikkita gap bilan yozishlari m u m k in. Shuning uchun 
ham bunday diktant erkin diktant deyiladi.
Erkin d iktant o'quvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi. 
Ayrim o'quvchilar sheva t a ’sirida 
anor
so'zini 
onor,
kelyaptilar
so'zini 
kevottilar
kabi yozib qo'yishlari ham 
m u m k in . Bunday xatoning oldini olish uchun o'qilgan 
bo'lim m az m u n in i o'quvchilar erkin ravishda yozganlarida, 
adabiy til m e ’yoriga to'la rioya qilishlari tushuntiriladi.
Erkin diktant quyidagicha o'tkaziladi:
O'qituvchi o'quvchilarga erkin diktant va uni yozish 
tartibini qisqa tushuntiradi. O'qituvchi doskaga, o'quvchilar 
esa yozuv daftarlariga sana, ish turi (erkin diktant) 
va tan lan gan m atn sarlavhasini yozadilar. O'qituvchi 
o'quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, m atnn i bir m arta 
ifodali o'qib beradi, M atn m azm uni yuzasidan suhbat 
o'tkazilgach, bir-ikki o'quvchi m atnni so'zlab beradi va 
o'quvchilar qanchalik tushunganliklari aniqlanadi.
Tanlangan m atnda o'quvchilar m a ’nosiga tushunm a ga n 
yoki imlosi hali yaxshi o'zlashtirilmagan so'zlar bo'lsa, 
o'qituvchi doskaga yozib qo'yadi, lozim topsa, shu so'zlar- 
n ing m a ’nosi, talaffuzi va yozilish.ini qisqa izohlaydi.
O'quvchilar diqqati jalb qilinadi va m atn yana bir m arta 
o'qib beriladi. O 'quvchilar o'qilgan bo'lim m az m un ini 
yozib bo'lganlaridan keyin, matndagi yozilishida xatoga 
yo'l qo'yilgan so'zlar izohlanib, o'quvchilarning to'g'ri 
yozishlari t a ’m inlanadi. Ish shu tartibda davom etadi. 
Erkin diktantni tez-tez o'tkazish o'rganilgan g ram m atik 
shakllardan, imlo va tinish belgilariga oid qoidalardan 
amaliy foydalanishga, boshqalarning nutqini aynan yoki 
o'zlashtirib qo'llashga o'rgatadi. Shu bilan birga, eshituv 
sezgilarining taraqqiy etishiga, ijodkorlik faoliyatlarining 
o'sishiga yordam beradi.
D iktan tnin g bu turi alohida ahamiyatga molik bo'lib, 
u nd a n qanchalik ko'p foydalanilsa, o'quvchilarda mustaqil 
fikrlash shuncha tez qaror topadi.
18


T E K S H I R U V D IK T A N T I
T e k s h i r u v
diktanti 
o‘quv 
dasturining biror bo'li- 
mi o'rganilib, xilma-xil ta ’limiy mashqlar bilan m ustah- 
kam langach, ular o'quvchilar tom onidan qay darajada 
o'zlashtirilganini sinash maqsadida o'tkaziladi.
Tekshiruv diktanti uchun sintaktik tuzilishi jihatid an shu 
sinf o'quvchilari saviyasiga mos, o'rganilgan imlo qoidalari 
asosida yoziladigan so'zlar va tinish belgilari ko'proq 
qo'llanilgan m atn tanlanadi. M atnda o'rganilm agan qoida 
asosida yoziladigan va imlosi qiyin so'zlar bo'lmasligi 
kerak.
Tekshiruv diktanti uchun m atnlardangina emas, balki 
o'rganilgan qoidalarni o‘z ichiga olgan alohida term a 
gaplardan h a m foydalanish m um kin. Lekin har ikki holda 
h am gaplardagi so'zlar soni DTS talablariga mos bo'lishiga 
e ’tibor berish lozim.
Tekshiruv diktanti uchun tanlangan m atnda so'zlar soni 
DTSga ko'ra quyidagicha bo'lishi lozim: 1-sinfga sabod 
o'rgatish davridan so'ng 8—10 so'z, o'quv yili oxirida 
15—20 ta so'z, 2 -sin f o 'quv y ilin in g birinchi y a rm id a
10—12 ta so'z, o'quv yili oxirida 30—40 ta so'z; 3-sinf 
o'quv yilining birinchi yarmida 14—16 ta so'z, o'quv yili 
oxirida 50—60 ta so'z; 4 -sin f o'quv yilining birinchi yarmi 
oxirida 30—40 ta so'z; o'quv yili oxirida 75—80 ta so'z.
Ko'rinib turibdiki, o'quv yili oxirida o'tkaziladigan 
diktantdagi so'zlar soni keyingi o'quv yili boshida o'tkazila­
digan diktantdagi so'zlar soniga teng bo'ladi va asta-sekm
ortib boradi.
O'qituvchi o'rganilgan va mashqlar bilan m ustahkam - 
langan mavzuga mos m atnni diktant o'tkazishdan bir necha 
kun oldin tanlaydi. M atnda shu sinf o'quvchilari uchun 
imlosi qiyin so'z bo'lsa (yaxshisi m atnda o'rganilmagan 
so'zlar bo'lmagani m a’qul), shu so'zlarning m a ’nosi, talaffuzi 
va yozilishi diktantni yozgunga qadar bo'ladigan ona tili 
darslarida tushuntirilib, mashqlar bilan m ustahkamlanishi 
lozim. Shuning uchun imlosi qiyin so'zni qatnashtirib gap 
tuzish, so'zning talaffuzi va yozilishini tushuntirish, imlosi
19


qiyin so'z qatnashgan gapni tahlil qilish, shu so'zni bo'g'in 
ko‘chirish qoidalariga ko'ra qismlarga bo'lib yozish kabi 
m ashq turlaridan foydalanish m um kin.
O 'quvchilar tekshirish diktanti yozishlari haqida ikki- 
uch kun oldin, o'tilganlarni takrorlab, m ustahkam lash 
darsida ogohlantiriladi yoki tinish belgilariga oid qavsi 
qoidalarrti takrorlash kerakligi ta ’kidlanadi.
O 'tkaziladigan tekshirish diktanti m atnini tanlashga 
alohida aham iyat berish talab etiladi. Yuqorida ta ’kidlan- 
ganidek, m atnd a shu sin f o'quvchilari yozishda qiynaladigan 
yoki o'rganilm agan qoidalar asosida yoziladigan imlosi 
qiyin so'zlar bo'lmasligi, agar shunday so'zlar uchrasa, 
uni o'qituvchi doskaga yozib berishi lozim. Bunday so'zlar 
ik ki-uchtadan oshmasligi kerak.
Tekshiruv diktanti quyidagi tartibda o'tkaziladi: o'quv­
chilarn ing darsga hozirligi ko'zdan kechirilgach, o'qituvchi 
o'quvchilar diq q at-e’tiborini o'ziga qaratgan holda, diktant 
m atn ini shoshm asdan, bir m arta ifodali o'qib beradi. 
M atndagi gaplarning ohangiga rioya qilib ifodali o'qilishi 
tinish belgilarini to'g'ri qo'yishga, m atn n in g m azm uni 
va tarbiyaviy aham iyatini bolalar ongiga singdirishga 
yordam beradi. Buning uchun, o'rni kelganda, turli imo- 
ishoralardan foydalanish, baland yoki past ovozda o'qib 
berish h a m m um kin.
O'qituvchi m atndagi m a ’nosi yoki imlosi qiyin so'zlarni 
doskaga yozib, talaffuzi va imlosini qisqa izohlaydi. Keyin 
o'qituvchi doskaga, o'quvchilar esa daftarlariga sana, ish 
turi (tekshiruv diktanti) va sarlavhani tartib bilan, har 
birini xat-boshidan yozadilar. Shundan so'ng m atn aytib 
yozdiriladi. O'qituvchi sodda yig'iq gaplarni butunicha, 
sodda yoyiq gaplarni so'z birikmasiga va q o'shm a ha m d a
sodda gaplarni m a ’noli qismlarga bo'lib aytib turadi. Shuni 
t a ’kidlash zarurki, so'zni bo'g'inlab yoki so'zm a-so'z 
aytish yaramaydi. H ar bir gap yoki so'z birikmasi ko'pi 
bilan uch m arta takrorlanishi lozim. Aytish s u r’ati shu 
sin f o'q uvchilarining gaplarni yozib ulgurishlarini hisobga 
olgan holda belgilanishi kerak.
20


Tekshiruv 
diktanti 
yozib 
b o iin g a c h , 
o'quvchilar 
diqqatini jalb etib, o'qituvchi m atnn i sekinroq s u r ’at bilan 
yana bir m art a o'qib beradi. O'quvchilar o'z yozuvlarini 
mustaqil 
ravishda 
tekshirishlari 
uchun 
m atn 
o'qib 
bo'lingach, biroz muddat (ikki-uch daqiqa) beriladi. Bu 
vaqt ichida o'quvchilar o'z ishlarini tekshiradilar, xatolarini 
topsalar, to'g'rilaydilar. O'qituvchi esa o'quvchilarning har 
birini diqqat bilan kuzatib, ular e ’tiborining b o'linm as- 
ligiga ahamiyat beradi.
O 'quvchilar o 'rtoqlarining ishini ko'rishga, u yoki bu 
so'zni qanday yozganlarini bi 1 ishga qiziqadilar, b a ’zan 
o 'rto g 'inin g ishini ko'rib, o'z ining to'g'ri yozgan so'zini 
o'zgartirishga urinish hoi lari 
ham uchraydi. 
Bunday 
paytlarda o'qituvchi bolalarga mustaqil ishlash, fikrlash 
lozimligini eslatadi.
O'quvchilar imlo va tinish belgilarga oid qoidalarni qay 
darajada o'zlashtirgan 1 iklarini, ulardan amaliy foydalana 
olishlarini, ko'nikm alarini sinash bilan birga, g ram m atik 
mavzularni ongli o'zlashtirishlarini tekshirish maqsadida 
boshlang'ich sinflarda gram m atik topshiriqli tekshirish 
diktanti h am o'tkaziladi.
G ra m m a tik topshiriq darsdan oldin doskaga yozilib, 
parda bilan to'sib qo'yiladi (ko'chm a doska yoki katta 
qog'ozga yozib foydalansa ham bo'ladi). O'quvchilar 
tekshirish diktanti m atnini yozib bo'lgach, o'rganilgan 
m avzular yuzasidan berilgan gram m atik topshiriqlarni 
bajaradilar. G r a m m a tik topshiriqlar quyidagi m az m u nd a
bo'lishi m um kin: biror gapda qatnashgan so'zlardagi 
unli yoki undosh ha rflarning tagiga chizish; berilgan 
so'zlarni bo'g'in ko'chirish qoidasiga ko'ra bo'laklarga 
ajratib, chiziqcha bilan yozish; talaffuzida va yozilishida 
farq qilgan undoshlarni aniqlab, tagiga chizish; talaffuzda 
tushib qoladigan undoshning tagiga chizish; gaplarning 
(ular aniq ko'rsatiladi) ega va kesimini aniqlab, eganing 
tagiga bir, kesim ning tagiga ikki to'g'ri chiziq chizish; biror 
gapdagi so'z larning o'zak va qo'shim chalarini aniqlab, 
chiziqlar bilan belgilab ko'rsatish. (Masalan, 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin