4. M amlakatning mavjud yerdan foydalanishidagi m uam molar va ularni
bartaraf etish yoMlari
Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tub o'zgarishlar keyingi yillari nihoyatda
faollashayotgan qator muhim omillar, jum ladan fan va texnikani jadal rivojlanishi,
uning
yutuqlarini
amaliy
faoliyatda
k eng-koiam da
qo'Ilanilishi,
iqtisodiy
jarayonlam i boshqarishni ancha murakkablashganligining ta ’sirini o ‘sganligi bilan
bog’liqdir. Buni to 'la tushunib olish hamda boshqarishning samarali strategiyasini
qabul qilish uchun jam iyatning murakkab iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik
muammolari bo'yicha anchagina chuqur bilimlarni egallash talab qilinadi. Bu holat
ayniqsa iqtisodiy obyektlarning murakkablashganligi ham da ushbu jarayonga mos
bo'lmagan boshqarish tizimini qayta qurish natijasida xalq x o ‘jaligining turli
tarmoqlaridagi boshqarish uslublari va ishlab chiqarish aloqalari o'rtasidagi oldingi
mavjud tenglik buzilgan, iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o ‘tayotgan mamlakatlar
uchun xarakterlidir. Bunda iqtisodiy munosabatlarni tubdan isloh qilish, korxonalar
41
va ishlab chiqarishni
tubdan qayta tarkiblash, resurslam i iqtisod qiluvchi
texnologiyalarni hamda iqtisodni boshqarishning bozor uslublarini qo'llash talab
qilinadi. Shu munosabat bilan jam iyatni xo'jalik salohiyatidan
foydalanish
strategiyasini rejalashtirish ham da uni murakkab iqtisodiy, ijtimoiy ham da ekologik
vazifalarini hayotga tadbiq qilishda samarali ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi ayniqsa
oshadi.
A nalitik
ishlanmalardan
foydalanish
asosida
boshqaruvning
turli
konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda. Bunda ayniksa integratsion boshkarish katta
axam iyatga ega bulmokda. M urakkab m asalalam i hayotga tadbiq qilish strategiyasini
rejalashtirish amaliyoti shuni k o ‘rsatadiki, murakkab muammolarni tadqiq qilishning
anchagina samarali uslublari - bu m uam m oga tizimli yondashuv ham da tizimli
tahlilga asoslangan tizimlangan tadqiqotlardir.
Boshqarish deganda, boshqariladigan tizim larga ta ’sir jarayoni tushuniladi. Har
qanday murakkab tashkil etilgan boshqariladigan tizimlar, shu jum ladan yerdan
foydalanish tizimi ham, o'zining boshlang’ich parametrlarini ushlab turishi,
shuningdek, o'zlarining sifat holatlarini m a’lum bir m aqsadga yunaltirilgan
darajalariga erishishi uchun obyektiv ravishda boshqarishni talab qiladi. Boshqacha
qilib aytganda, boshqarish-bu boshqariladigan tizim lam i, ulam i ichki mazmuni bilan
m avjud b o ‘lishining obyektiv zaruriyatidir. Boshqarish tizimni o 'zining rivojlanish
qonuniyatlariga mos tarzda am alga oshiriladi. Boshqarishsiz tizim amaliy jihatdan
b o ‘linib ketadi.
Y er resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini hayotga tadbiq qilish sur’atlari
m am lakatda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar salm og’iga unchalik to ‘la javob
bermaydi. Bu to 'g ’rida yerlarni maqbul tarm oqlararo taqsim lanishi ham da iqtisodiy
tarm oqlari va jam iyat faoliyatining
sferalari bo'y ich a yerlardan foydalanish
samaradorligini baholash amaliyotini mavjud em asligi, yer kadastrini yuritishdagi
m avjud kam chiliklar, qishloq xo'jalik yerlaridan foydalanishning uncha yuqori
bo'lm agan samaradorligi, qishloq x o'jalik yerlari sifatini pasayishi, bozor sharoitida
yerlardan foydalanish mexanizimiga kiritiladigan iqtisodiy omillam i unchalik to 'la
o'rganilm aganligi, qishloqda aholini joylashtirish m uammolarini mavjudligi, yer
resurslarini qayta tiklash va boshqa qator m uam m olar guvohlik beradi. Yer
42
resurslaridan foydalanishdagi kam chiliklaming asosiy sabablaridan biri-bu hozirgi
kungacha tizimli yerdan foydalanishning aniq va samarali ravishda ishlab chiqilgan
davlat Dasturlarining
mavjud
emasligidir.
Bu
Dastur yerdan
foydalanish
konsepsiyasini, yer munosabatlarining tarkibiy qismlari tamoyillarini, mazmuni va
metodologiyasini, keyingi rivojlanish yullarini aniqlaydi.
Yerdan foydalanishning samarali Dasturlarini mavjud emasligi yerdan
foydalanishni ijtimoiy-iqtisodiy voqeilik sifatidagi mohiyatiga va rivojlangan yoki
rivojlanmagan bozor iqtisodiyotiga ega jam iyatdagi yerning umum egallagan roliga,
tabiiy majmuaning muhim birikmasi sifatidagi roliga etarli baho berilmaganligi bilan
belgilanadi. Bunday dastursiz samarali yer siyosatini o'tkazish ham da yer
resurslaridan oqilona foydalanishni ta ’minlash mumkin emas. Davlat mamlakatda
bosh islohotchi, yer siyosati uchun vakolatli va m a’suliyatli davlat organi-bu
“Yergeodezkadastr” davlat q o ‘mitasi hisoblanadi. Bu tashkilot bozor iqtisodiyotining
rivojlanishi sharoitida ancha faol va aniq yer siyosatini yuritishi zarur.
Tizimli yerdan foydalanish Dasturining mazmuni yer resurslarini to ‘la tiklanish
sikli bilan bog’liq b o iis h i zarur: ularni toifalari bo'yicha, jam iyat faoliyatining
sferalari bo'yicha, iqtisodiy tarmoqlar, yer uchastkalari bo'yicha taqsimlanishi (qayta
taqsimlanishi); ulam ing maqsadli mohiyatiga mos tarzda foydalanilishi va ushbu
jarayonni tadbiq qilish samaradorligini nazorat qilish; yer resurslarini qayta tiklash.
Dastur bozor iqtisodiyotini yaratish mohiyati va vazifalariga javob beradigan tizimli
yerdan foydalanish konsepsiyasini o ‘z ichiga olishi zarur. Yer nainki asosiy ishlab
chiqarish vositasi sifatida, balki jam iyatdagi bozor munosabatlarining va ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalarining obyekti ham da tabiiy majmuaning
asosiy birligi sifatida
qaralishi zarur. Yerdan foydalanishni barcha qirralarining mazmuni va istiqboldagi
rivojlanishi bu yerda o ‘z o'rnini topishi zarur.
Dasturda asosiy diqqat-e’tibor, ayniqsa bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan,
yerdan foydalanishning iqtisodiy qirrasiga qaratilishi zarur. Barcha turlardagi yer
maydonlarini hisoblash, bonitirovka qilish va yerlarni iqtisodiy baholash, soliqqa
tortish tizimini takomillashtirish, ipoteka tizimini rivojlantirish, hududni rivojlantirish
ham da yer uchastkalaridan foydalanishda investitsiyalash shartlari va tartibi, Yerlarni
43
qayta tiklash mexanizimini hamda ulami oqilona foydalanishni rag’batlantirish, yer
uchastkalari bilan turli harakatlarni amalga oshirish kabi muammolar ayniqsa katta
ahamiyatga ega bo'ladilar. Yerlardan iqtisodiy foydalanish mexanizimiga q o ‘shilishi
mumkin bo'ladigan boshqa omillarni ham qabul qilish mumkin.
Dasturda mumkin qadar ijtimoiy, rekreatsion hamda ekologik m asalalam i
ko'proq ishlab chiqish zarur: Y erdan foydalanish masalalarini aholining turmush
faoliyati uchun normal sharoitlar bilan, yer resurslaridan foydalanish jarayonidagi
atrof muhitni saqlash bilan bog’lash zarur bo'ladi. Qishloq aholisini joylashtirishning
maqbul sharoitlari, yerdan foydalanishning mintaqaviy tizimlarini (Q oraqalpog’iston,
Farg’ona vodiysi va boshqa regionlar) ishlab chiqish yerdan foydalanishning o ‘ta
muhim m uammolari hisoblanadi. Yerdan foydalanishning
ijtimoiy yunalishiga
taalluqli tam oyillam i tadbiq qilish yullarini, tabiiy majmualar bilan ulami o 'zaro
bo g ’liqligini aniqlash zarur b o ia d i.
Respublikada iqtisodiy islohotlam i doimiy ravishda chuqurlashuvi sababli
yangilanib turadigan yer qonunchiligi tizimi ishlab chiqilgan ham da mavjuddir. Yer
kodeksiga tizimli yerdan foydalanish to 'g ’risidagi tushunchani kiritish, bozor
iqtisodiyoti sharoitida yerni jam iyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarining obyekti
sifatidagi rolini etarli darajada ochib berish zarur; yerga bo'lgan mulkchilikning turli-
tuman shakllarini mavjud bo'lishi nuqtai nazardan 16,17,39 va 40-m oddalari katta
tuzatishlar talab qiladi; yer uchastkasining mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va
ijarachisi terminlari chalkashib ketgan; umuman olganda, kodeks aksariyat agrar
yunalishga ega, shu bilan birga katta miqdorlardagi qonun osti m e’yoriy hujjatlari
ishlab chiqish zarur. Yerdan foydalanishning huquqiy qirrasi yer munosabatlarini
tubdan isloh qilish uchun, yerda x o 'jalik yuritishning turli-tuman, tashkiliy-huquqiy
shakllarini rivojlantirish, yerdan foydalanish sub’ektlarining huquqiy rejimini
takom illashtirish uchun zaruriy sharoitlam i yuqori sur’atlarda ta ’minlashi zarur.
Ushbu maqsadda “Y ergeodezkadastr” davlat qo'm itasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni
rivojlantirish uchun zaruriy kenglikni ta ’minlaydigan yer munosabatlarini isloh qilish
bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va bashoratlash ishlarini am alga oshirish zarur.
44
Yer resurslarini tarmoqlararo taqsimotini maqbullashtirish ham yerdan
foydalanishning muhim muammosi hisoblanadi. Yerdan foydalanish turlarini nazariy
jihatdan yanada qayta o'rganish talab qilinadi. Ularni hal qilish yerlarni tarmoqlararo
taqsimlashni maqbullashtirish bilan ham da hududni tabiiy-iqtisodiy mintaqalari bilan
bog’liqdir. Yerdan foydalanish turlari, ularning mazmuni, o ‘sish sur’atlari va
xususiyatlari, har bir yerdan foydalanish turlari bo'yicha yerdan foydalanish
samaradorligini baholash nuqtai nazaridan yerlardan oqilona foydalanish masalalari
rivojlantirilishi zarur. Barcha toifa yerlardan foydalanish ularga mos samaradorlikda
(iqtisodiy, ijtimoiy, rekreatsion, ekologik) am alga oshirilishi zarur. Har bir faoliyat
sohasida, iqtisodiyotni har bir tarm og’ida yerlardan foydalanish samaradorligini
(mavjud va potensial) baholash uslubiyatini ishlab chiqish zarur. M isollarga murojaat
qilaylik. Masalan, suv fondi yerlarining maydoni keyingi 37 yil ichida 6 marta
o ‘sgan. Ushbu sur’at bilan yerlardan foydalanishning iqtisodiy yoki bo'lm asa boshqa
samaradorlikni o ‘sishi qay tarzda kechganligi taqqoslanadi. Qishloq xo'jalik yerlarini
noqishloq xo ‘jalik maqsadlari uchun har yili katta miqdorlarda (5-7 ming.ga
sug’oriladigan ekin yerlari) ajratilishi (kayta taqsimlanishi), ichki xo'jalik qurilishlari
(2-3 ming.ga sug’oriladigan ekin yerlari), suv x o ‘jaligi qurilishlari shular
jumlasidandir. Yerlarni tarm oqlararo taqsimlashni maqbullashtirish nuqtai nazaridan
bu qanchalik asoslangan va samarali? Yerni ajratishda ularni o ‘mini qoplash
stavkalari etarli ilmiy asoslanishga egami?
Bilim ni n a z o ra t qilish u chun savollar:
1. Yer resurslarining muhimligi va o ‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Yer resurslarini boshqarish obyekti nima?
3. M amlakat yer fondi tarkibini tavsiflang.
4. Yer turlari deb nim aga aytiladi?
5. Yer toifalaridan qay biri eng katta solishtirma qiymatga ega?
6. M amlakat yerdan foydalanishlarining asosiy turlarini ayting.
7. Yer toifalari m aydonlarining o ‘sish sur’atlarini asosiy sabablarini ayting.
8. Qaysi yer toifasining maydonlari eng katta o'zgarishga uchragan?
45
9. Qaysi yer toifasining maydonlari eng kam o'zgarishga uchragan?
10. Yer fondining tarm oqlararo taqsimotida qanday tamoyillari mavjud?
11. Qanday yerlar alohida qimm atga ega b o ‘lgan yerlar deyiladi?
12. M am lakatda yerdan foydalanishda qanday muammolar mavjud?
Dostları ilə paylaş: |