Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini boshqarish


III-BOB. YER RESURSLARINI BOSHQARISH BO SQICH LARI VA



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix24.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#160974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
III-BOB. YER RESURSLARINI BOSHQARISH BO SQICH LARI VA
RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
1. Jam iyatda yerdan foydalanishning paydo bo‘lish shakllari
Planetam izda hayotni paydo bo'lgan kunidan boshlab yer insonning yashash 
o ‘rni ham da hayot faoliyatining manbasi hisoblanadi, hech bir jam iyat yerdan 
foydalanmay turib mavjud b o ‘la olmaydi. Ibtidoiy jam oa tuzim ining boshida inson 
o ‘sim liklar mevalaridan foydalangan, yashash uyini qurish uchun to g ’ ichidagi 
g ’orlarni, daraxtlam i m oslashtirgan. Jamiyat rivojining ushbu davrida yer inson 
hayotida va faoliyatida passiv rol o ‘ynagan. 
Dehqonchilikni chorvachilikdan 
ajratilishi ham da dehqonchilik madaniyatini rivojlanishi bilan yer insonlar xo ‘jalik 
faoliyatining faol jarayoniga qo'shildi. U har qanday ishlab chiqarishning zaruriy 
sharti, kenglik-operatsion asosga aylandi, qishloq xo'jaligida eng m uhim rolni o'ynay 
boshladi. 
B ulam ing barchasi jam iyatda yerlarga egalik qilish, tasarruf qilish va 
foydalanish bo'y ich a vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar va m unosabatlarda 
yerdan 
foydalanishning 
rolini 
tubdan 
kuchaytirdi. 
Ekologik 
tanglikning 
kuchayganligi sharoitida tabiiy resurslar majmuasi ham da jam iyatning o'zaro 
garmonik rivojlanishiga zaruriyat, yerlarni ekologlashtirish yerdan foydalanishni 
muhim 
tom oniga 
aylanadi. 
Bozor 
munosabatlarining 
rivojlanishi 
yerdan 
foydalanishga fiskal va bozor xarakterini berdi, yer tovar-pul m unosabatlariga jalb 
qilindi. Bu esa, o 'z navbatida, yerni jam iyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar va 
munosabatlardagi rolini tubdan oshirdi. Bularning barchasi yerdan foydalanishni har 
qanday jam iyatni rivojlantirishning obyektiv, zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan o 'z navbatida yerdan foydalanishning k o 'p qirraligi 
kuchayadi, u k o 'p funksional, k o 'p maqsadli xaraktem i oladi. Yerdan foydalanish 
xarakteri takomillashadi. Bu hoi undan foydalanish jarayonining dialogik mohiyatini
46


k o ‘zda tutadi, uni dinamik va doimiy rivojlanuvchi sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning 
rivojlanishida yerning roli va undan foydalanish xarakteri etarli darajada to 'la
o'rganilgan ham da iqtisodiyot nazariyasining klassiklari tomonidan asosli tarzda 
yoritilgan.
M oddiy 
ishlab 
chiqarishning 
omili 
sifatida 
yerdan 
foydalanishga, 
iqtisodiyotning turli tarm oqlarida undan samarali foydalanish muammolariga ko‘p 
sonli tadqiqotlar b ag ’ishlangan b o ‘lsa-da, noqishloq xo ‘jalik ishlab chiqarishda 
yerlardan iqtisodiy foydalanish mexanizmi etarli darajada o'rganilgan emas. ushbu 
yerlarni qiym at baholash uslubiyati ishlab 
chiqilmagan va qiymat baholash 
o'tkazilm agan, ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biri sifatidagi yerga to ‘g ’ri 
keladigan ishlab chiqarish daromadining miqdori belgilanmagan, yer uchastkasini 
ijara huquqining qiymati mavjud emas, yer solig’ining ilmiy asoslangan miqdorlari 
va boshqalar mavjud emas. Jamiyat tomonidan yerlarning ijtimoiy va rekreatsion 
qirralaridan foydalanish masalasiga kelsak, ular amaliy jihatdan umuman 
o‘rganilmagan. Yer bu tarm oqda kenglik-operatsion asos sifatida foydalaniladi degan 
faktni e ’tiro f etishdan o ‘zga biron-bir aniq tadqiqot mavjud emas. bundan tashqari, 
ijtimoiy va rekreatsion samaradorlikni aniqlash va baholash, ularni qiymat jihatidan 
yoritish, ushbu yerdan foydalanish samaradorligini baholash va boshqalar ham 
mavjud emas, 
yerdan foydalanishning ekologik qirrasi ham etarli darajada 
o'rganilm agan. 
Ushbu muammolarning barchasi am alda mamlakat iqtisodiyotini, 
jum ladan yerdan foydalanishni bozor m unosabatlariga o'tishi bilan dolzarblashib 
ketdi.
Jam iyatda yerni resurs sifatida qishloq x o ‘jalik ishlab chiqarish hamda 
noqishloq x o ‘jalik 
ishlab chiqarish (ijtimoiy, rekreatsion, tabiatni muhofazalash) 
iste’moli mavjuddir. Shu munosabat bilan yerdan foydalanish usullarini ham uni 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish iste’mollari nuqtai nazaridan qaramoq lozim. 
Bu hoi yerdan foydalanish usullarini ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
mohiyatlariga ajratishga imkon beradi.
Birinchisi, qoidaga binoan, yerdan foydalanishga iqtisodiy samaradorlikni 
olish bilan, ikkinchisi-asosan ijtimoiy va rekreatsion 
samaradorlikni olish bilan
47


bog’liqdir. Birinchiga agro xo'jalik va sanoat ishlab chiqarish usullarini kiritish 
mumkin. A groxo'jalik usuli yerni haydash vositasi bilan yerning ustki qatlamidan 
(tuproq) foydalanishni ham da qishloq xo'jalik ekinlarini o'stirish uchun zarur bo'lgan 
tuproq bilan texnologik operatsiyalarni o'tkazishni k o 'zd a tutadi. Bu holatda yer 
asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida gavdalanadi. O ’z navbatida ushbu usulni uni 
ishlash texnologiyalarining turlari bilan bo g ’liq (qishloq xo'jalik ekinlarining 
maydonlari, k o 'p yillik daraxtzorlar), ham da ishlovsiz (amm o yaylovlar almashishini 
kiritgan holda) texnologiyalam ing turlari bilan b o g ’liq yerdan foydalanish usullariga 
ajratish mumkin.
Sanoat-ishlab chiqarish usuli sanoat, transport, shuningdek xizmat ko'rsatish 
sohasi ham da savdo obyektlarini joylashtirish va turgun tarzda mavjud bo'lishi uchun 
yer uchastkalarini kenglik jihatdan moslashuvi bilan bo g ’liq. Yerdan foydalanmasdan 
turib obyektlarni ishlash jarayoniham , demak, m ahsulot ishlab chiqarish ham mumkin 
bo'lm aydi. Y er bu jo y d a ishlab chiqarishning zaruriy sharti, ishlab chiqarish omili 
sifatida gavdalanadi. Ikkala usulda ham yerdan foydalanish natijasi bo'lib iqtisodiy 
mahsulot olish (iqtisodiy samaradorlik, shu jum ladan pullik xizmatlar ham) xizmat 
qiladi. M asalan, zavod va fabrikalar, energetika va boshqa sanoat obyektlarini qurish 
ishlab chiqarish binolarini, maxsus qurilm alam i, injenerli tarm oqlarni, kirish yullarini 
va boshqalarni jam lashtirish uchun yer uchastkalarini rejali-balandli moslashtirish 
bilan bo g ’liqdir. Qurilish ustki qatlamni buzilishiga, qurilish davrida tuproq qatlamini 
bir joy g a to'plashga yoki uni qishloq xo'jalik yerlariga ko'chirishga ularni 
keyinchalik rekultivatsiya qilish tartibi bilan mahalliy qurilish 
materiallaridan 
foydalanish uchun kareralar yaratishga zaruriyat tug’iladi. Transport obyektlarida yer 
uchastkalarini qurishga tayyorlash avtomobil yullari asosini, tem ir yul polotnosini 
yaratish, metropolitenni qurishda va foydalanishda gruntlarni ishlash yordamida yer 
osti yullarini yaratishdan iborat. Yopiq usulda yer osti qazilm a boyliklarini qazib 
olishmaqsadida yer uchastkasini tayyorlash gorizontal v a vertikal, etarli darajada 
keng yer osti yullarini yaratish ham da qazib olish davrida ulardan foydalanishdan 
iborat. 
Ochiq usulda qazib olishda ushbu m aydonlarda keyinchalik (ishlar 
tugaganidan so'ng) rekultivatsiya 
ishlarini o'tkazish bilan nisbatan katta


maydonlardagi yerning ustki qatlamini sidirib olish amalga oshiriladi. Sanoat va 
transport obyektlari aksariyat hollarda maxsus rejim tashkil etishni, y a’ni ulardan 
normal foydalanish ta ’qiqlanadigan, q o ‘riqlanadigan, sanitariya-himoya, qirg’oqlam i 
qo‘riqlash mintaqasi singari maxsus mintaqalarni yaratishni talab qiladi.
N oishlab chiqarish usullari faqatgina kenglik-operatsion asos sifatida yerlardan 
foydalanishdagina mavjud b o ia d i hamdaiqtisodiy mahsulot olish bilan bog’liq 
emas.bunday yerdan foydalanish faoliyatning ijtimoiy, reaksion v atabiatni qo ‘riqlash 
sohalari uchun xarakterlidir. Ijtimoiy sohada yer uchastkalari uy-joylar qurish ham da 
ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. Y er bu joydan 
kenglik-operatsion 
asos 
rolini 
bajaradi 
va 
undan 
foydalanish 
usuli 
yer 
uchastkalarining ustki qismining obyektlarini qurish (bino va inshoatlami) va 
foydalanishga m oslashtirish ham da aksariyat ijtimoiy samara olish bilan bogiiq d ir. 
Rekreatsion sohada yerdan foydalanish xarakteri yoppasiga dam olish mintaqalarini 
(suvga to iis h joylari, k o ila r, dam olish parklari, kema stansiyalari va boshq.) tashkil 
etish uchun moslashtiriladi. Yer bu joyda kenglik asosi rolini bajaradi. 
S ogiom lashtirish mohiyatidagi yerlarga kelsak, aynan ushbu holatda ulam ing tabiiy 
xususiyatlaridan (davolovchi loylar, minerallangan suv, iqlim xususiyatlari) 
foydalaniladi. Bunday hollarda yerdan foydalanish rekreatsion (sog’lomlashtiruvchi) 
samaradorlikni olish bilan bog’liqdir.
Tabiatni qo'riqlash sohasi uchun (qo'riqxonalar, buyurtma b og’lar) ularga hech 
qanday texnogen ta ’sir o ‘tkazmasdan o ‘simlik va hayvonot dunyosi yordamida 
yerdan foydalanishning ‘4abiiy” usuli xarakterlidir. Yerdan foydalanish ushbu 
usulining natijalari ekologik samaradorlikdir (o'sim lik va hayvonot dunyosining 
o‘ziga xos turlarini saqlash-mahsulot).
E ’tirof etish joizki,yerdan foydalanishning sanoat-ishlab chiqarish hamda 
noishlab chiqarish usullari bugungi kunda etarli o ‘rganilgan emas. Ayniqsa yerdan 
foydalanishning ijtimoiy, rekreatsion va ekologik samaradorliklarini o'm atish 
masalalari tadqiq qilinmagan. K o‘rib chiqilayotgan barcha usullar uchun yerdan 
foydalanishning ekstensiv ham da intensiv usullari xarakterlidir.
49


Yerni erkin bozor sharoitida iqtisodiy foyda (iqtisodiy samaradorlik) olish nuqtai 
nazardan 
foydalanish 
usullari 
sifatida-tijorat 
usuli 
alohida 
ajratiladi. 
Yer 
uchastkasining oldi-sotdi operatsiyalari harakatda qatnashm ayotgan tomonlari 
m a ’lum iqtisodiy foyda olish bilan, shuningdek yer uchastkalariga (ko‘chmas mulk 
obyektlari)bo‘lgan huquqlarni davlat ro ‘yxati uchun bojni yullanishi bilan bog’liqdir. 
Shu bilan birga ushbu usul yerga qandaydir texnik-texnologik ta ’sir etish bilan 
bo g ’liq em as,natijada uni faqatgina yerdan foydalanishning “muvaqqat o ‘tish” usuli 
sifatida qarash ancha to 'g ’ri bo'ladi,negaki u yer uchastkasi bilan xarakatlar davriga- 
qisqa muddatli xarakterga egadir. Undan yangi egasi tom onidan keyingi foydalanish 
(yangi xarakatlarga qodir) yuqorida k o ‘rib o ‘tilgan usullardan bittasi yordamida 
am alga oshiriladi.
Tabiiy resurs sifatida yerdan foydalanish uni asosiy xususiyatlarini hisobga olish 
bilan bo g ’liq. Jamiyat faoliyatining turli sohalarida foydalaniladigan tabiiy rusurs 
sifatidagi yer faqat uning o ‘zigagina xos, ham da boshqa ishlab chiqarish vositalaridan 
farq qiluvchi o ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. M axsus adabiyotlarda odatda uning 
quyidagi xususiyatlari keltiriladi:
1. Ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalaniladigan, o'zining tuproq qatlami 
bilan tabiiy-tarixiy tanasifatidagi yer tabiat mahsuli hisoblanadi, shu bilan bir qatorda 
ishlab chiqarish vositalari singari inson mexnatining natijasidir.
2. Ishlab chiqarish jarayonida yer amaliy jixatdan o 'z joyini o ‘zgartirmaydi,uni 
joylashgan o ‘rni o'zgarm asdan qoladi. Undan farqli o ‘laroq ko'pgina ishlab chiqarish 
vositalari harakatchandir va zaruriy hollarda kenglikda o ‘z o'rnini o ‘zgartirishi 
mumkin. Shu munosabat bilan harakatlar maydonlarini tashkil etishda ishlab 
chiqarish vositasi sifatida yerdan ancha to ‘la va oqilona foydalanishga erishish 
maqsadida ishlab chiqarishning barcha elementlarini to 'g ’ri joylashtirishni k o ‘zda 
tutish mumkin.
3. Ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish vositalarining jism oniy va 
m a’naviy eskirishi yuz beradi. Buning natijasida ulardan foydalanish samaradorligi 
pasayadi yoki to ‘la yuqoladi ham da oxir-oqibatda ishlab chiqarmsh sohasidan chiqib 
ketadilar. Qishloq va o ‘rmon xo'jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi
50


yer undan to ‘g ’ri foydalanishda noinki yem irilishga uchraydi, balki aksincha 
yaxshilanadi-unumdorligi oshadi.
4. 
Tabiiy-tarixiy tana sifatidagi yerning ustki qismi yer sharining quruqlik qismi 
bilan chegaralangan va miqdoriy o'zgarm asdi. Yer ishlab chiqarish vositasi sifatida 
boshqa hech bir ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirilishi mumkin emas. Shu 
bilan bir vaqtda boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish jarayonida doimo o ‘zgaradilar ham da aksariyat hollarda ular boshqalari 
bilan almashtirilishi mumkin.
5. Yer - ishlab chiqarish vositasi sifatida uni faoliyatini ta ’minlaydigan barcha 
tabiiy resurslar va iqtisodiy m uhit elementlarini,inson bilan birgalikda, planetadagi 
barcha yirik mavjudodlarni saqlash asosidir.
6. Qishloq x o ‘jaligida yer bilan sug’orish kanallari, yullar, kollektor-zovur 
tarm oqlari, gidrotexnik inshootlar, dalalar shiyponlari kabi ishlab chiqarish vositalari 
uzviy bo g ’liqdirlar.
7. Qishloq x o ‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa tabiiy 
olim lar (yorug’lik, suv, havo, issiqlik) majmuasidan foydalanadi. Ushbu xususiyatni 
hisobga olish texnologiyalarning m intaqaviy xususiyatlariga, qishloq xo'jaligiishlab 
chiqarishini 
to 'g ’ri 
joylashtirishga,alohida 
regionalar,tumanlar, 
korxonalar 
ixtisosliklariga katta ta ’sir ko'rsatadi.
8. Barcha ishlab chiqarish vositalari mexnat taqsimoti uchun manbaa yaratadi, 
shu bilan bir vaqtda yerlardan oqilona foydalanish qishloq x o ‘jalik ekinlarini 
almashishini va tarmoqlarni qo'shilishini k o 'zd a tutadi. Bu xususiyat ayniqsa keng 
tarkalgan ixtisoslikdagi qishloq x o ‘ja lik korxonalarini tashkil etishda muxim rol 
o'ynaydi.
9. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida faqatgina ekinlar vegetatsiya 
davridagina foydalaniladi, shu bilan bir vaqtda boshqa ishlab chiqarish vositalari vaqt 
b o ‘yicha hech qanday bo'linm agan tarzda yil davomida foydalaniladi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish iste’molining umumiy sharti sifatidagi 
Yerning sanab o ‘tilgan belgilari va o 'zig a xos xususiyatlarini hisobga olish umuman
51


yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta ’minlashda muhim axamiyat 
kasb etadi.
Jamiyatni xom -ashyoga va oziq-ovqat mahsulotlariga doim o ‘sib boruvchi talabi 
dehqonchilik oldiga mavjud ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish, ular 
maydonlarini unumdorligi ancha past boshqa yer turlari hisobiga kengaytirish 
vazifasini qo'yadi. Ammo qishloq xo'jaligini ekstensiv rivojlanishi yer resurslari 
maydonlarining 
chegaralanganligi 
bilan 
cheklanadi, 
shuning 
uchun tuproq 
unumdorligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni am alga oshirish o ‘ta muhim 
muammo hisoblanadi. Yerlarni chegaralanmaganlik sharti uni yerning ishlab 
chiqarish kuchlarini chegaralanganligibilan qo ‘shilib ketishga, yer shari aholisini 
yerlarni ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga nisbatan katta m iqdorlarda 
o ‘sib ketayotganligi to ‘g ’risidagi “nazariya”ni ham da shu nazariya bilan bo g ’liq 
“tuproqlar unumdorligini pasayish qonuni”deb nom olgan qonuni qabul qilishga asos 
bermaydi. D unyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
m am lakatlarida qishloq 
xo'jaligini yuritish amaliyoti (masalan, Shvetsiya, Gollandiya, SShA, Germaniya) 
ushbu nazariyani qat’iy rad etdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ishlab 
chiqarish texnologiyalarining takomillashganligi sharoitida yuqoriga aytib o'tilgan 
“qonun” hech qanday logik m azm unga ega b o ‘lmaydi. Ishlab chiqarishni 
intensifikatsiyalashning muhim om illaridan biri hisoblangan qishloq xo'jaligidagi 
ilm iy-texnik rivojlanish ushbu qoidani yana bir karra tasdiqlaydi.
H ar qanday iqtisodiy 
mahsulotning takror ishlab chiqarish jarayonida yer 
ishlab chiqarishning o ‘ta muhim va almashtirib bo'lm as moddiy omili sifatida 
gavdalanadi. Asosiy ishlab chiqarish vositasida qishloq xo'jaligida unga ishlab 
chiqarishning yangi om illarining eng asosiy o ‘m i beriladi, negaki keyingisining 
iste’moli foydalanilmaydigan Yerning miqdoriy va sifat tavsiflari bilan bog’liq. 
Sanoatda,transportda, ijtimoiy sohalarda yer ishlab chiqarishivositasi, kenglik- 
operatsion asos sifatida gavdalanadi.



Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin