birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam bo‘lmasligi kerak, aks
holda yomon yer uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi
uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarishga 10 pul birligiga teng
mehnat sarflaydilar, o‘z mahsulotlarini esa 15 pul birligiga sotadilar.
0 ‘rtadagi 5 birlik farq yer egasiga tegadi. D. Rikardo nazariyasi bo'yicha,
ana shu renta hisoblanadi. Uning tasdiqlashicha, keyinchalik aholini yanada
o'sishi kishilami yanada yomonroq yerlarda ishlashga majbur etadi, bu esa
qishloq xo'jaligi mahsulotlari qiymatining o‘sishiga va rentaning ko‘payishiga
olib keladi.
Shunday qilib, yer rentasi miqdori tuproq unum dorligiga va
uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog'liq bo'ladi. Bu qoida
keyinchalik differensial renta konsepsiyasi nomini oladi.
A.
Smit ta’limotiga ko‘ra ish haqi mehnat unumdorligi natijasi, renta
esa- yer unumdorligi natijasidir. D. Rikardoda ish haqi mehnat sarflari
natijasi, renta esa- kamyoblik va yer uchastkalarining har xilligi natijasi
hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha, renta miqdori bozor
bahosi darajasiga bog'liq bo'ladi. «Renta to‘langani uchun non qimmat
emas, balki non qimmat bo‘lgani uchun renta to'lanadi... Agar, hatto,
yer egalari barcha rentalardan voz kechganfarida ham nonning bahosi
hech kamaymagan bo‘lar edi», -deb yozadi D. Rikardo.
Dostları ilə paylaş: