Qadimgi davrda qashqadaryo vohasida din otashparastlik


XVIII ASRNING IKKINCHI VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QASHQADARYO VOHASIDA SIYOSIY HAYOT



Yüklə 276,5 Kb.
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü276,5 Kb.
#158448
1   2   3   4   5   6
Qashqadaryo vohasi mavzular

XVIII ASRNING IKKINCHI VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QASHQADARYO VOHASIDA SIYOSIY HAYOT
Reja:


1. XIX asr birinchi yarmida Qarshi shahrida iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayot

2.XIX asr birinchi yarmida Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti


3. XIX asr birinchi yarmida Qarshi bekligida ijtimoiy-iqtisodiy madaniy sohadagi o’zgarishlar

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti tili madaniyati qadriyati tarixini belgilashga o'zligini anglashga qiziqish ortib bormoqda. O’zlikni anglash degani –bu o’z tariximizni, ming yillik an’analarimizni bilish degani. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini nasil- nasabini o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar xullaski, Vatanning tarixini bilishni istaydi. Har bir xalqning har qaysi millatning o‘ziga xos uzoq- yaqin tarixi, o‘tmishi bo‘lgani kabibiz bilgan va bilmagan shahar va qishloqlarning ham o‘z tarixi bor. Qashqadaryo vohasining qadim to‘prog‘ida tabarruk manzillar ko‘p. Qadimshunoslar viloyatimiz hududidan minglab yodgorliklarni aniqlaganlar. Ular orasida shajarasi miloddan oldingi ming yilliklarga daxldor o‘nlab obidalar borki, bugungi ilm-fan madaniyat va me’morchiligimiz ular tarixisiz mukammal bo‘lmaydi. Moziy bilan bo‘ylashadigan shaharning qariyib uch ming yillik kechmishi bor.


XIX asrning birinchi yarimida Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
XIX asrning birinchi yarmida Qarshi vohasida 500 ming aholi yashagan. Qarshi vohasida eng katta shahar hisoblangan. Amir Haydar XIX asming boshlanishida (1800) taxtga chiqadi. Amir Haydar vafotidan so‘ng (1826) taxtni o‘g’li Nasrullo egallaydi. Amir Nasrullo 1826 yilda taxtga chiqib o‘ttiz to‘rt yoshga yaqin, ya’ni 1860 yilga qadar amirlikni boshqaradi.
Chor Rossiyasi Pyotr 1 davridan boshlab Turkistonga ko‘z tikkan edi. Doniyolbiy Otaliq davrida Buxoroga kelgan savdo missiyasi ijobiy natija bermaydi. Shunga qaramay, rus podshoxlari dunyoni qayta bo‘lib olish kurashida inglizlardan ortda qolishni istamas edi. XIX asrning birinchi yarimida Nasrullo hukumronlik yillarida Buxoroga ajnabiylar ruslar, inglizlar tashrifi tez-tez takrorlanadigan bo’lib qoladi. Ajnabiylar tashrifi qanday maqsadni ko‘zlamasin, ularni yozib qoldirgan asarlari, esdaliklari oradan yillar asrlar kechib, tarix mulkiga aylandi. Ularda Buxoro amirligi viloyatlaridan bo’lgan Qashqavohasi shahar va qishloqlari haqida ham ma’lumotlar uchraydiki, bu xabarlarni noyob va qimmatli deyish o‘rinli bo‘ladi.
Angliyalik kapitan Aleksandr Byorns 1832 yilda Buxoroga keladi va “Buxoroga sayohat” nomli asarini yaratadi. Byorns tashrifi inglizlarning Markaziy Osiyoga qarshi tajovuz rejasi tarkibiga kirganligi sir emas. N.A.Xalfin to‘g‘ri uqtirgani kabi, bu kelish bozorlariga vositachilar savdogar-musulmonlar yordamida ingiliz mollari asta- sekin kirib kela boshlagan. Markaziy Osiyoga qarshi tajovuzni (agressiya tayyorlash va amalga oshirishni yengillashiga qaratilgan edi.
“Bizning Qarshida bo‘lishimiz, -deb yozgan Aleksandr Byorns- bu joyni ko‘zdan kechirish imkoniyatini beradi. Shahar bir millik kenglikda yastanib yotadi. U katta kon bozorga va 10000 aholiga ega. Uylarning hammasini tomi tekis yopilgan. Uning shimoliy g‘arbiy qismida to‘proq loydan qurg‘on bo‘lib murchal- suv qo‘yiladigan chuqurlik bilan o‘rab olingan va anchayin mustahkamlikni yuzaga keltirgan. Bu joy dan ellik mil uzoqlikdagi shahar Shaxrisabz atroflaridan oqib keladigan daryo Qarshining shimoliy tarafidan o‘tadi va aholiga son- sanoqsiz bog‘ -rog’lar yaratish, mevali daraxtlar, teraklar ekin imkoniyatini beradi. Bu keyingilari ulug‘vor va jozibador ko‘rinishga ega, xususan, shamol turganda ulaming bargi haqiqatda yashil bo‘lishiga qaramay oppoq va kumushsimon bo‘lib, tovlanadi. Bu diltortar va xushyoqar manzara hosil qiladi. Hech bir joyda tiriklik suvi bu qadar qadrli emas, ziro, usiz bu joy batamom sahroga aylangan bo‘lur
edi. Daryo qirg‘oqlarida va uning jilg‘alarida (ariqlar) da hamma narsa yam-yashil
va cho‘lga burkangan, shu bilan birga bu joydan unga olis bo‘lmagan yerlar sahro qumliklari bilan qoplangan.
Qarshi Buxoro mulklarida poytaxtidan so‘ng eng yirik ahamiyatga ega bo‘lgan
joy hisoblandi. Bu voha yigirma mil kenglikni tashkil etadi. Daryo uning barcha dalalarini sug‘oradi.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida yashagan muarrix Muhammad Ali Boljuvoniy o’zining «Tarixi nofeiy» (Foydali tarix) asarida Buxoro amirligining boshqaruv tizimi haqida qimmatli ma‘lumotlarni yozib qoldirgan. Shuningdek, bu asarda amirlikda faoliyat yuritgan amaldorlarni vazifalarini ko’rsatib o’tish bilan birga, bekliklarda tayinlanadigan mansablar xususida ham ko’pdan ko’p qiziqarli ma‘lumotlar berib o’tiladi.
Bu asarda bayon etilishicha, Buxoroda xonlik taxtiga ko’tarilish quyidagicha bo’lgan: «Hamma vazirlar, qozi ul-qazot va mushtilar dorus-saltanatga yig’ilib, shohlikka loyiq odamni kigizning to’rt burchagidan ko’tarib xonlik taxtiga qo’yib, sultonlik tojini boshiga kiygazib, islom bayrog’ini qo’liga berganlar».
Amirlikda, boshqaruv tizimida Qushbegi lavozimi muhim rol o’ynagan. Ayrim hollarda amirlik qo’shiniga qushbegi boshchilik qilgan.
Ko’pgina manbalarda Buxoro amirligi 27 beklikdan iborat ekanligi aytib o’tiladi. Boljuvoniy esa bu bekliklarni quyidagi tartibda sanab o’tadi: «Chorjo’y, Karki, Kalif, Qarshi, Karmina, Nurota, Ziyovuddin, Xatirchi, G’uzor, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog’, Chiroqchi, Jomchi va Sherobod, Boysun, Dehnav, Sariosiyo, ya‘ni Sarijo’y, Hisor, Qorategin, Darvoz, Boljuvon, Ko’lob, ya‘ni Xatlon, Qo’rg’ontepa, Kubodiyon» dir.
Buxoro amiri tomonidan tayin etilgan kishilar beklikni boshqargan.
Ayrim manbalarda, amirlik ixtiyorida bo’lgan Qarshi bekligi «valiahd bekligi» sifatida talqin etiladi. Masalan, rus elshunos olimasi O.A.Suxareva «Buxoro xonligidagi shaharlar tarixiga doir» (1958) asarida quyidagilarni bayon qiladi: «Qarshi-Buxoro xonligining ikkinchi siyosiy markazi bo’lgan, shakllangan an‘anaga ko’ra, bu yerda Buxoro taxti vorisi qarorgohi bo’lgan, u soliq yig’ish ishlarini nazorat qilgan bek bilan boshqaruvga qo’yilgan».
Bekliklarda amir tomonidan bekdan tashqari yana ikkita yuqori mansab egalari tayinlangan. Ulardan biri Amlokdor bo’lib, u amirlik xazinasiga beklikka qarashli hududlardan soliqlarni yig’ishga mas‘ul bo’lgan. Amlokdorga ham bir qancha xizmat ko’rsatadigan ya‘ni amrini bajo qiladigan dorug’a va mingboshi-yu, ellikboshilari bo’lgan. Amlokdor huzurida ba‘zi bahsli masalalar ko’rib chiqilgan.
Qarshi bekligi ham amlokdorlik boshqaruv tizimiga ega bo’lgan. Beklik quyidagi amlokdorlik hududlarini o’z ichiga olgan: Qarshi, Fayzobod, Beshkent, Pattazan, Fazli, Qamashi, Jeynov, Kasbi, Maymanoq, Jumabozor, Koson, Parg’uza, Xonobod, Po’lati, Qorabog’.
Qarshi bekligida ham qolgan bekliklarda bo’lgani kabi sha‘riy masalalarni ko’rib chiqish uchun Qozi tayinlangan bo’lib, unga ham bir necha muharrir va noiblari amriga shay turgan. Nizo va janjallar, shar‘iy murofi‘alar, masalalar, fatvo chiqarish Qozining hukmi bilan bo’lgan.
Amir tayinlaydigan beklik yuqori mansablaridan yana biri-bu Raisdir. U shar‘iy murofi‘a, masjidlar va bozorlarni tekshirish, shunga o’xshash ko’p masalalarni Rais hal qilgan. O’nlab mirzolar, noiblar Raisning hukmini ijro etib, qishlog’u-bozorlarda yurishgan. Rais ham rivoyat hozirlab, nizo va bahsli masalalarni amir nomidan hal qilgan. Ko’rinib turibdiki, bekliklarda amir tomonidan tayinlangan mansab egalari to’g’ridan-to’g’ri bekning emas, amirning hukmiga itoat etgan va uning xohish-irodasi bo’yicha ish ko’rgan.
Ta‘kidlab o’tganimizdek, beklikdagi uchta yuqori mansab (bek, qozi va rais) amir tomonidan amalga oshirilgan. Bular shar‘iy yo’lda ish tutib gunohkor kishini mol-mulkini musodara etib, jazo qo’llashga haqlari bo’lgan, lekin amirning hukmisiz va mushtining rivoyatisiz biror kimsani qatl qilolmaganlar.
Buxoro mulkining har bir bekligida shu uchala yuqori mansab egalarining hukmi joriy va mansub hisoblangan. Ular har juma kuni amirdan ko’ngil so’rab turganlar. Manbada keltirilishicha, amirga sadoqatlarini izhor qilish uchun «Jumagiy, bandagi va duogo’y» deb ariza yuborib turishlari lozim bo’lgan. Aks holda, bu mansab egalariga ham qattiq jazo berilib, mol-mulki musodara qilinib, egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan yoki ayrim hollarda hibs etilib, o’rniga boshqa kishi tayin etilgan.
Bekliklarda boshqaruvni yo’lga qo’yilishida, tartib saqlash, tunda ham osoyishtalikni ta‘minlashda, kezi kelganda aholidan majburan soliqlarni undirish ishlariga mirshab va soqchilarning alohida mas‘uliyati bo’lgan.
Beklik boshqaruvida to’qsabolarni ham muhim o’rni bo’lgan, ular ma‘lum harbiy kuchga ega bo’lgan.
Mang’itlar hukmronligi davrida amirlikda qanday yer-suv mulkchilik turlari mavjud bo’lgan bo’lsa, bekliklardagi holat ham bundan mustasno bo’lmagan. Qarshi bekligida ham quyidagi mulkchilik shakllari mavjud bo’lgan davlat yerlari (bu amlok yerlar ham deb atalgan), mulk yerlar (xususiy), vaqf yerlaridir.
Davlat yerlarining suvsiz dasht, to’qayzor qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib berilgan, chunki ular chorvachilik bilan shug’ullanishib, beklik orqali amir xazinasiga xiroj to’lagan. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmagan. Davlat yerlarining boshqa bir qismi yuqori mansab egalariga, lashkarboshilarga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg’ol tarzda berilgan. Suyurg’ol yerni qo’lga kiritgan kishi, albatta uni boshqarish huquqini ham qo’lga kiritgan. Suyurg’ol egasi davlat xazinasiga xiroj to’lashi hamda oliy hukmdorning chaqirig’iga ko’ra o’z qo’shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.
Shayboniylar davrida davlat yerlarini «tanho» deb atalgan shakli qaror topgan edi. Bu shaklni amirlik davrida ham kuzatish mumkin. Masalan, XIX asrning birinchi choragida amirlikda tanholarning soni 12 mingdan 36 ming nafarga yetgan. Tanho yer egalari yerga emas, balki, o’sha yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan.
Davlat yerlarini yana bir qismi dehqonlarga ishlashlari uchun ijaraga berilgan, xuddi mana shu ijarachi dehqonlardan ko’proq xiroj bekliklardagi mas‘ul amal egalari orqali amirlik xazinasiga yuborilgan. Qarshi bekligi amlokdorlardan yig’ilgan soliqlarni yoki hosilni 1/3 qismini amirlik xazinasiga jo’natib turgan.
Xususiy yerlarning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo’lib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog’liq bo’lmagan. Bunday yerlar, asosan, amirlik hududlariga, jumladan, Qarshi bekligi tarkibidagi amloklarda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga qarashli yerlar bo’lgan. Bu yerlardan 1/10 qismi miqdorida o’lpon to’langan.
Xususiy yerlarni ikkinchi qismi (mulki hur yoki mulki holis) davlat xizmati bilan bog’liq bo’lib, bu yerlar janglarda jasorat ko’rsatgan yoki hukmdorlarning alohida topshiriqlarini bajarishda jonbozlik ko’rsatgan shaxslargagina berilgan. Bunday yerga ega bo’lgan shaxslarga maxsus yorliqlarni amirlikning yuqori mansablaridan biri-Parvonachi topshirgan. Yorliq va yerga ega bo’lgan shaxs barcha mavjud soliqlardan ozod etilgan.
Vaqf yerlari-bu masjid, mozor, xonaqoh va madrasalar uchun ajratilgan yerlardir. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga vujudga keltirilar va ortib borardi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar va vaqf mulklarini din peshvolari idora qilar edi.
B eklik aholisidan bir qancha soliq turlari: xiroj, zakot, boj, to’la, yaksara, nimsara kabi soliqlar dastlabki mang’itiy hukmdorlar davrida olingan bo’lsa, bu soliq turlari XIX asr oxirlarida 40 taga yaqin23 bo’ladi. Bundan tashqari, aholi majburiyatlarni bajarishga ya‘ni jamoa bo’lib foydalanadigan sug’orish inshootlarini barpo qilishga, kanallar qazishga, suv chiqmaydigan joylarda suv chiqarishga, suv inshootlarini tozalashga va shunga o’xshash ko’plab og’ir ishlarga jalb etilardi.
Amir Shohmurodning qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida amirlikning butun aholisini jalb qilish uchun qo’llagan tadbirlaridan biri qo’shpuli solig’i edi. 50 tanoblik yer maydonidan 40 tiyinga yaqin soliq undirish uning davrida ijobiy natijalar beradi. Qarshi mulklarida ham sun‘iy sug’orish ishlari ancha jonlanadi. Rus sharqshunosi V.V.Bartold ham o’z asarida buni e‘tirof etib «Shohmurod davrida Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryodagi sug’orish tarmoqlari tiklangan edi» deydi.
Shohmurod davrida joriy etilgan-qo’shpuli solig’i miqdori, undan keyin hukmronlik qilgan vorislari: Haydar, Nasrullo va Muzaffar davrlarida 3 so’m 60 tiyinga ko’tarilgan, demak, qariyb o’n barobar oshib ketgan. Eng yomoni, bu davrlarga kelib, qo’shpuli ishlanadigan yerdan ham, ishlanmaydigan yerdan ham bir xilda olinavergan.
Qarshi bekligida Shohmurod va Haydar olib borgan islohotlar garchi qishloq xo’jaligini tiklash maqsadida bo’lsa-da, lekin soliqlarning ko’pligi va majburiy ishlarning haddan ziyodligi Qarshi bekligi tarkibiga kiruvchi qishloq aholilarini ahvolini tobora og’ir ahvolga solib qo’ydi. Yerdan ham, moldan ham mosuvo bo’lgan bir qism aholi yollanib ishlashga majbur edi. Yerni ijaraga olgan dehqon uni o’z qo’shi bilan ishlasa-da, o’zi donini eksa-da, hosilning faqat yarmiga egalik qilar edi.
Beklikka qarashli yerlarga paxta, bug’doy, jo’xori, tariq, arpa, beda yetishtirish dehqonchilikning asosini tashkil etgan. Deyarli har bir dehqon xo’jaligida o’z ehtiyoji va sotishi uchun paxta yetishtirgan. Beklikda ipakchilik ham ancha rivoj topgan. Bog’dorchilik, sabzavotchilik va polizchilik keng rivojlangan. Piyoz, sabzi, bodring, qovoq, qovun, tarvuz, olma, olxo’ri, o’rik, shaftoli, uzum va boshqa bog’dorchilik va poliz ekinlari yetishtirilgan. Qarshida XIX asrda ko’plab chorbog’lar yaratilganligini, hatto, 1863 yilda Qarshida bo’lgan venger (mojor) sayyohi G.Vamberi ham o’z asarida to’xtalib: «Qarshida omma uchun mo’ljallangan bog’larni ko’rib tamomila hayratda qotdim» deb ta‘kidlab o’tgan.
Xuddi shunday Qarshi haqida va uning tarovatli bog’lari xususida XIX asrning birinchi choragida amirlikka, xususan, 1832 yilda Qarshida bo’lgan, ingliz missioneri Aleksandr Byorns ham o’zining «Buxoroga sayohat» asarida to’xtalib o’tadi. Aleksandr Byornsni Qarshining yaydoq cho‘l o‘rtasida o‘rnashganligi bu joydagi tiriklik manbai suv ekanligi alohida qiziqtirgan. U shahar va uning tevarak atrofidagi bog‘lar mevalar, terakzorlar haqida so‘zlaydiki, bu o‘sha yillarda Qarshining o‘zini o‘nglab olganligi, iqtisodiy jihatdan mo’tadil hayot kechira boshlaganligidan darak beradi. Byorns kitobida imkon bo‘ldi deguncha suv haqida, daryolar haqida so‘zlandi. Ayniqsa u ekin-tekin qilinadigan yerlarga alohida qiziqish bilan e’tibor bergan va o’rganib chiqqan. Jumladan o‘sha paytda Qarshi viloyatining sug‘oriladigan yerlari yigirma mil kenglikda ekanligi ham uning diqqat e’tiboridan chetda qolmagan. Amir Shoh Murod va Alisher Xaydarlar davrida amalga oshirilgan sug‘orish inshoatlari, qazilgan ariqlar dehqonchalikni taraqqiyotida ma’lum darajada omil bo‘lgan bo’lsada, hosil beradigan yerlar ko‘lami o‘troq aholi ehtiyojlarini to‘la qondira olmagan. Qishloqlarda dehqonlarning ahvoli yaxshi emas edi. Uylar yoppasiga paxsadan ko‘tarilar kapalar o’tovlar ham iste’molda edi. Yerto‘lalarda kishilar yashab turganligi ham manbalarda qayd etiladi.
Yerdan ham moldan ham mosuva bo‘lgan bir qism aholi yollanib ishlashga majbur edi. Yerni ijaraga olgan dehqon uni o‘z qushi bilan ishlasa-da o‘zi donni eksa-da hosilning faqat yarimga egalik qilar edi.
Shahar aholisidan tashqari yer va suvi bo‘lmagan chorvasi yo‘q qishloq kishilarining bir qismi hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Bunday turmush sharoiti faqat ehtiyoj orqasidan bo‘lib qilolmasdan Qashqa vohasidagi ko‘p asrlik an’ana bilan ham bog‘liq edi. Masalan, Kasbidan kulolchilik taraqqiy etgan bo‘lsa, Gilon, Koson, G‘uzorda temirchilik to‘qimachilik bo’yoqchilik va boshqa sohalar rivojda bo‘lgan.
XVIII asr ikkinchi yarmi - XIX asrda Buxoro amirligining boshqa shaxarlari qatorida Qarshi va uning atrofidagi yirik qishloqlarda xunarmandchilikning kо‘pgina turlari taraqqiy etgan. Qarshida Shaxrisabz, Kitob, Guzor va Koson bo‘lgani singari sanaot ham oyoqqa tura boshlaydi. Paxtani, junni ipakni qayta ishlash korxonalari buning misoli bo‘la oladi. Paxta asosan 15 apreldan 25 aprelga qadar ekilishi 15 avgustdan 10 sentabrga qadar yig‘ib olinganligi eslatib o‘tiladi. Qarshi va Chorjo‘y paxtasining sifati ancha past bo‘lgan deydilar
Tо‘quvchilik ishlab chiqarishning asosiy tarmog‘i xisoblangan. Tо‘quvchilik xunari ip yigirish, mato tо‘qish, kiyim-kechak tikish kabi ishlab chiqarish turlarini о‘z ichiga olgan. Ip kalavalari paxtadan, jun va ipakdan yigirilgan. Paxta ip kalavalari uchun Qarshining о‘zida yetishtirilgan va Shaxrisabzdan keltirilgan paxta asosiy xom ashyo bо‘lib xizmat qilgan. Jundan ip yigirish xam voxa axolisining qadimiy mashg‘ulotlaridan biri xisoblangan. Bu mashg‘ulot uchun kо‘y, echki, tuya juni xom ashyo bо‘lib xizmat qilgan. Jun kо‘l urchug’ida ayollar tomonidan yigirilgan. Ipak ip yigirish paxta va jundan ip yigirishga qaraganda ancha murakkab jarayon bо‘lib, unda qisman ayollar ishtirok etgan xolda, asosan erkaklarning mehnati talab qilingan. Ipak ip tayyorlash uchun Qarshi atrofidagi, jumladan, Koson kishlog’ida yetishtirilgan pilla asosiy xom ashyo xisoblangan. Qarshi shaxri va uning atrofidagi yirik qishloqlardagi tо‘quvchilarning asosiy ishlab chiqaradigan maxsulotlari olacha matosi xisoblangan. Abdu-ur-Raufning yozishicha, qarshilik tо‘quvchilar yarim ipak mato - olacha tо‘qishda tengi yо‘q sanalgan. Olacha - paxtadan, ipakdan va yarim ipak ipdan tо‘qiladigan oddiy mato hisoblanib, unga har xil rangli xoshiya bezagi berilgan. Uning zibak, ipakli olacha, olacha-farangli kabi turlari tо‘kilgan. «Olacha-farangi» chetdan olib kelingan ipdan tо‘qilgan olacha matosi xisoblangan. O.A. Suxaryevaning yozishicha, olacha tо‘qish yuqori Zagza mahallasida yashaydigan xunarmandlarning asosiy faoliyat turi xisoblangan. Bu yerda olacha bilan birga salla tо‘qish xam ancha rivojlangan.
Qarshining ipakdan tо‘qilgan nafis nim shoyi va olacha matolari butun О‘rta Osiyoga mashxur bо‘lgan. Buni biz Qarshida X IX asr о‘rtalarida yashab, Oxun olacha nomi bilan mashhur bо‘lgan Mulla Oxun faoliyatida kuzatishimiz mumkin. Bu davrda Qarshida 25 taga yakin yirik tо‘kuvchilik ustaxonasi egalari faoliyat yuritgan bо‘lib, Mulla Oxun ularning eng yirigi xisoblangan. Qarshi shahrida va uning atrof qishloqlarida, jum­ ladan Kasbida olachadan tashkari adras, bо‘z matolari ham tо‘kilgan. Qarshining olacha, salla, adras, chit, bо‘z kabi matolari mahalliy aholi va kо‘shni chorvadorlarninggina emas, Boysun, Hisor, Guzar, Sarosiyo savdogarlarining ham eng kо‘p xarid qiladigan mahsuloti xisoblangan.
Qarshi va uning atrofidagi qishloqlarda tо‘quvchilik hunarining yana bir turi - gilam tо‘qish xam yuqori darajada rivojlangan. Qarshi bekligidagi Qamashi, Jeynov, Kasbi, Pо‘lati, Mangit, Maymanok, Fayzobod kabi qishloqlarda xar xil gilam turlari tо‘qilgan. Ular tо‘qigan «arabi», «nakshina», «julxurs», «nafis», «ipak» kabi gilam va kokma, yurma, gajari, terma kabi shol gilam turlari moxirona, did bilan bezak va rang berib tayyorlangan. Qarshi gilamlari butun О‘rta Osiyoda, xatto Rossiya, Afgoniston, Eron va Turkiyada xam mashxur bо‘lgan.
Ko’rib o’tganimizdek, xorij sayyohlarini ham e‘tiborini tortgan, ularni hayratga solishdek darajadagi go’zal bog’-rog’larni barpo qilishda beklikdagi mazlum xalqning xizmatlari beqiyosdir.
Qarshi bekligida, shahar aholisidan tashqari, yer va chorvasi bo’lmagan dehqonlar ham hunarmandchilikni rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Bunday turmush sharoiti faqat ehtiyoj yuzasidan amalga oshirilmay, balki, xalqimizning asrlar osha boyib kelgan tajribalaridan kelib chiqqan. Masalan, mazkur davrlarda Kasbida kulolchilik, G’ilon, Koson va G’uzorda temirchilik, to’qimachilik, bo’yoqchilik va boshqa sohalar keng miqyosda rivojlangan.
Qarshi bekligi tarkibiga kirgan ayrim qishloq yoki mahalla nomlari, o’sha qishloq aholisining qaysi hunar bilan shug’ullanganligidan dalolat bergan. Masalan, Qarshida Degrez, Misgarlik, Charmgar, Sandiqchi, Dukchi, Kosagir, Duradgor kabi ko’plab mahallalar mavjud bo’lgan. Qarshi atrofida gilam va shollardan tashkari jundan yana kora uy (yurt) uchun kerakli jihozlar – bog’lar, gilam-qoplar, xurjun, otlar uchun jabduq, bо‘g’joma (kiyim-kechak о‘rab qо‘yishga mо‘ljallagan tо‘rtburchakli va bog’li buyum) jiyak, chakmon (erkaklar ustki kiyimi), har xil uy-rо‘zg‘or buyumlari solinadigan xaltachalar kabi buyumlar rangli naqshlar solib, badiiy bezak berib ishlab chiqarilganligi manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari, Qarshi bekligida jundan xar xil rang berib tayyorlangan guldor va gulsiz kigizlar ham juda mashhur bо‘lgan. Qarshi shahri va bekligida yana keng miqyosda rivojlangan hunarmanchilik turi charmgarlik xisoblangan. G‘arbu shark mamlakatlarida nomi mashxur bо‘lgan qorakо‘l terisi, asosan Qarshi atrofida yashaydigan arablar tomonidan yetishtirilgan. Uning karpak deb atalgan navi Turkiyaga qimmat narxda sotilgan. Qorakо‘lning yana «donador» navi xam mashxur bо‘lib, u Eron, Turkiya, Xitoy, Rossiya va Yevropa mamlakatlariga ham jо‘natilgan.
A.Suxarevaning yozishicha, XIX asrning oxiri XX asr boshida Qarshi shahrida 2,5-3 minggacha xonadon mavjud bo’lib, uning har birida olti nafar jon yashagan bo’lsa, demak, shahar aholisi 15-18 ming bo’lgan.
Qarshi bekligida ijtimoiy va madaniy sohada o’zgarishlar xalq orasida «amir Ma‘sum» (begunoh amir) nomi bilan shuhrat qozongan, mang’itlar sulolasining vakili amir Shohmurod davrida (1785-1800 y) ko’zga tashlanadi. Amir Shohmurod ko’plab ijobiy jihatlari bilan boshqa mang’it hukmdorlaridan farq qilgan.
Amir Shohmurod o’z mamlakatini XIX asr bo’sag’alarida bir qadar quvvatli qilishga erishgan Shohmurod davrida aholidan olinadigan soliqlar obodonchilik ishlariga, qishloq xo’jaligini yuksaltirish singari muhim ishlarga sarf qilinganligi ham uning naqadar ezgu ishlarning homiysi ekanligini ko’rsatadi.
Amir Shohmurodni sug’orish tarmoqlariga alohida e‘tibor berganligini rus sharqshunosi V.V.Bartold ham o’z asarida «uning podshohligi davrida Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryodagi sug’orish tarmoqlari tiklangan edi» deb e‘tirof etib o’tadi.1
Qarshi shahrini tiklash ishlariga faqatgina amir Shohmurod davrida kirishildi. Qarshi shahri mang’itlar sulolasining o’ziga tayanch ma‘volaridan hisoblanar edi. Amir Shohmurod o’limidan bir oz oldinroq o’g’li va valiahdi Haydarni Qarshi bekligiga hokim qilib jo’natadi.2
Amir Haydar davrida Qarshi shahrining qo’rg’oni, masjid va madrasalari, karvon saroylari, namozgoh masjidi ta‘mirlanadi, shahar obodonlashtiriladi.
Qarshi bekligidagi ko’pgina ijtimoiy o’zgarishlar to’g’risida xorij ellaridan tashrif buyurgan o’sha davr sayyohlari o’z ma‘lumotlarida qayd qilib o’tgan.
Bizga ma‘lumki, Rossiya imperiyasi Pyotr I davridan boshlab Turkistonga ko’z tikkan edi. Doniyolbiy Otaliq davrida Buxoroga kelgan savdo missiyasi ijobiy natija bermaydi. Shunga qaramay, rus podshohlari dunyoni qayta bo’lib olish kurashida inglizlardan ortda qolishni istamas edi.
Buxoro amirligiga XIX asr birinchi yarmida, amir Nasrullo (1826-1860) hukmronligi davrida ajnabiylar (ruslar, inglizlar)ning tashriflari tez-tez takrorlanadigan bo’lib qoladi.
Buxorodagi rus elchixonasi xodimi Meyendorf 1820 yilda Qarshini Buxoro amirligining yirik aholi maskani va xalqaro safdo yo’lidagi shahar sifatida ta‘riflangan. Hirot va Kelifdan kelayotgan karvonlar eng avvalo Qarshi shahrida to’xtashib bozorda turli qorako’l terilari, quruq mevalar, paxta xom ashyosi va tolalari mahsulotini sotib olishgan.
O’rta Osiyo xonliklariga ruslar bilan bir qatorda inglizlarni ham qiziqishlari ortib borgan.
Jumladan, 1892 yilda Buxoro amirligida bo’lgan, «Buxoroga sayohat» asarining muallifi Aleksandr Byorns (Borns) ham inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi vakili bo’lgan3.
Aleksandr Byorns yozib qoldirgan ma‘lumotlarga qaraganda, «Qarshi shahri maydoni (40 gektar) jihatidan Balx va Samarqanddan ham salohiyatli bo’lib, katta bozor va keng rastalarga ega bo’lgan.
Xususan, Qarshi shahri XIX asr boshlarida uch qismdan-o’rda, qo’rg’on yoki eski shahar va yangi shaharlardan iborat bo’lgan.
A.Byornsni Qarshining yaydoq cho’l o’rtasida o’rnashganligi, bu joydagi tiriklik manbai suv ekanligi tevarak atrofidagi bog’lar, mevazorlar, terakzorlar haqida so’z yuritib, o’sha yillarda Qarshining o’zini o’nglab olganligi, iqtisodiy jihatdan mo’‘tadil hayot kechira boshlaganligidan darak beradi. XIX asrning 30 yillarida Buxoroga «tatar mullasi-Mirzo Ja‘far»nomi bilan tashrif buyurgan rus fuqarosi P.I.Demezon ham Qarshiga oid ko’p ma‘lumotlar yozib qoldirgan. Uning bergan ma’lumotlarida ham amirlikning ma’muriy bo‘linishi, harbiy quvvati, qishloq xo‘jaligi haqidagi ma’lumotlar mavjuddir. P.I. Demezon Buxoro (Buxoro amirligi) 7 viloyatdan iborat deb ko‘rsatadi. 1. Qora ko‘l 2. Buxoro 7 tumani bilan, 3. Karmana. 4. Miyonqol yoki Kattaqurg’on, 5. Samarqand, 6. Jizzax, 7. Karshi, 8. Sabia (Sabiab) Oksus qirg‘oqlari, 9. Balk о‘zining janubiy viloyatlari bilan 10. Maymana.
P.I.Demezon Qarshi bekligida saqlanadigan Buxoro amiri qo’shinlari haqida ham to’xtalib o’tadi. P.I.Demezon Buxoroning harbiy kuchlari bilan ham qiziqadi. U Amir Nasrullo davrida bu mamlakatda 19 ming yollanma askar bo‘lganligini ta’kidlaydi. Askarlarning 12 minggi Buxoroda qolgan 7 minggi esa viloyatlarda joylashganligini ham keltirib o‘tadi.Jumladan, Samarqand 2500, Qarshida 2500, Maymanada 1000 Qorako‘lda 1000 qo‘shin turgan. Viloyatlarga berilgan askarlar amirlikning turli joylarini quriqlashga safarbar qilingan.
Masalan, Qarshi viloyati aksarlari Xoja Juyborda, Karkida turgan.
Yana bir rus sayyohi P.S.Savelev 1835 yilda Buxoro amirligida bo’lib, asosan yo’llar bilan qiziqib qoladi va Qarshiga tutash yo’llar haqida ma‘lumot qoldirgan.
Amir Nasrullo saltanatining 40-yillarida uning mulklariga kelgan K.F.Butenev asosan yer osti boyliklariga, ma‘danlar, konlarga qiziqib ko’radi. U Buxoro aholisi gaplariga tayanib, Qarshiga yaqin tog’larda ko’mir borligini aytib o’tgan.
O’sha davrda Buxoro amirligida uchta katta tuz koni mavjud bo’lgan bo’lsa, shulardan biri Qarshiga yaqin bo’lgan va bu konning oq tuzi sifati yuqori bo’lganligi uchun boshqa tuzlarga nisbatan qimmat bo’lgan. Yani o’sha davrda boshqa tuzlar besh fund turgan bo’lsa, Qarshi tuzi esa 6-8 fundga sotilgan.
XIX asrning 60-yillarida, aniqrog’i 1863 yilda Buxoro amirligiga tashrif buyurib va Qarshi bekligi to’g’risida qimmatli ma‘lumotlar qoldirgan sayyohlardan yana biri bu-venger (major) olimi Xerman Vamberi edi.
Xerman Vamberi o’z sayohati natijasini «Buxoro yohud Movarounnahr tarixi» asariga bayon aylaydi. Vamberi asarining alohida bir bobi (XII) Qarshi shahriga bag’ishlanadi.
O’sha vaqtda Samarqanddan Qarshiga uchta yo’l borgan, birinchi Shahrisabz orqali, ikkinchi Jom orqali 15 milga cho’zilib tog’ yurtidan, toshloqlardan o’tgan uchinchi yo’l cho’ldan ya‘ni 18 mil uzoqroqdan o’tgan.4
Venger (mojor) sharqshunosi o’z ma‘lumotlarida Qarshi aholisining etnik tarkibi to’g’risida ham to’xtab, aholining aksariyat qismini o’zbeklar tashkil etishi bilan birga, shaharda tojiklar, afg’onlar, hindular, yahudiylar ham istiqomat qilishi haqida xabar qoldiradi.
Vamberi Qarshi shahrida bo’lgan davrda bu yerda o’nta karvonsaroy faoliyat ko’rsatib turganligi haqida ma‘lumotlar beradi, chunki u davrda Qarshi shahri Buxoro amirligining Afg’oniston va Hindiston bilan olib boradigan xalqaro savdosida tranzit vazifasini o’tagan.
Venger (mojor) sayyohi shahar tuzilishiga to’xtalib, «qadimiy Naxshab, kattaligi bilan shuningdek savdo bo’yicha ham Buxoro xonligida ikkinchi shahardir. U shaharning o’zidan va uning shimoliy-g’arbiy qismidagi nochor istehkomga ega bo’lgan qo’rg’onchadan iborat» -deb ta‘rif etgan.
A.Byorns bilan G.Vamberi ma‘lumotlarini taqqoslab ko’radigan bo’lsak, ularning har ikkalasi ham Qarshi Buxoro xonligida hatto poytaxtdan so’ng iqtisodiy jihatdan ikkinchi shahar ekanligini e‘tirof etgan.
Vengriyalik olimni Qarshidagi yana bir jihat hayajonga soladi va bu haqida u o’z estaliklarida shunday deydi «Qarshida omma uchun ochiq bo’lgan dam olish joyini ko’rib, tamomila hayratda qoldim. Buni nafaqat Samarqandda, hatto Eronda ham uchratib bo’lmaydi. U daryo qirg’og’ida quloch yozgan va «Qalandarxona» deb ataladigan kattakon bog’ edi. Unda (odamlar) peshindan yarim kechagacha jam bo’lishardi. Har tomonda choyxonalar bo’lib, ular atrofida guruh-guruh odamlar yig’iladi. Bu xushchaqchaq davradagilar ko’rinishi Markaziy Osiyo bo’ylab sayohat qiluvchilar uchun g’alati, g’ayritabiiy bo’lib tuyuladi».5
G.Vamberining ko’rsatishicha, «Buxoro xonligi, Xivadagi singari, siyosiy nuqtai-nazardan katta shaharlar soniga qarab bo’linadi. 1) Qorako’l, 2) Buxoro, 3)Qarshi, 4)Samarqand, 5)Karki, 6) Xizor (Xuzor), 7)Miyonqol yoki Karmana, 8)Katta qo’rg’on, 9) Chorshuy (CHorjo’y), 10)Jizzax, 11) O’ratuba, 12)Shari Sabe (Shahrisabz). Bu so’nggi beklik kattaligi jihatidan Samarqandga tenglashadi, biroq amir bilan muntazam olib borilgan urushlar oqibatida uning faqat bir qismini xonlikka tobin deyish mumkin».
Xo’sh, ko’rib o’tilayotgan davrda Qarshida ijtimoiy ahvol qanday edi? Ayrim muarrixlar fikricha, Ashtarxoniylar (1601-1757) davrida dehqonlarga bo’lgan zug’um chovuti keng yozilgan edi. Dehqon xo’jaliklari o’zaro jangu-jadallar, soliqlar og’irligi va boshqa ijtimoiy jarayonlar sababli tanazzulga yuz tutadi. Bu davrda jamoa tarkiblarining barham topishi, dehqon-ijarachilar guruhlarining ko’payishi bilan bog’liq chuqur ijtimoiy jarayon ketayotgan edi.
Dehqon-jamoachining ijarachiga nisbatan ma‘lum imtiyozi bo’lgan. U jamoa yerida bir umr ishlashi, uning avlodlari ham shu huquqdan foydalanishi mumkin edi. Dehqon-ijarachi esa har ikki-uch yilda yangi yer topishga, uni omonat ijaraga olib ishlashga majbur edi. P.P.Ivanov asarida keltirib o’tilgani kabi, yirik yer mulklarining egalari bu yerlarda o’z xususiy xo’jaliklari bilan shug’ullanmas edilar.6
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Buxoro amirligida arzigulek iqtisodiy siljishlar yuz berdi. Bu eng avvalo, ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotida ko’zda tashlanadi. Mang’itlar sulolasi mamlakatning parchalanishiga, ichki nizolarga asta-sekin barham bera boradi, shaharlarda hayot qayta jonlanadi. Qozoqlar 1755-1760 yillarda xitoyliklardan mag’lub bo’lganidan so’ng o’z chegaralariga qaytib ketadi. Bu esa xonlik mulklarining yana bir talonchilikdan qutilishi bo’ladi.

Yüklə 276,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin