Qadimgi rim tarixnavisligi



Yüklə 73,18 Kb.
səhifə2/9
tarix24.03.2023
ölçüsü73,18 Kb.
#89504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BEHRUZ

Gaius Julius Caesar (lotincha: Imperator Gaius Iulius Caesar — Imperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Qaysar)) (mil. avv. 102 yoki 100-yil — 15-mart mil. avv. 44-yil) — Rim diktatori (49, 48— 46, 45; 44 yildan umrbod), sarkarda, yozuvchi. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida boʻlgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompey va Krass bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). Konsul (59), soʻngra Galliya noibi; 58—51-yillarda butun Alporti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krass vafotidan keyin 48 yil armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompey va uning tarafdorlarini 49—45-yillarda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. Oʻz qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy monarx boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻldirilgan. „Galliya urushi haqida xotiralar“ va „Fuqarolar urushi haqida xotiralar“ asarlari muallifi; taqvimni isloh qilgan (Yuliy taqvimii).
Galliya ustidan gʻalaba qozonib, Sezar Rim mamlakatini shimoliy Atlantika sohillarigacha kengaytiradi va Fransiyani Rim taʼsiri ostiga oʻtkazadi, shuningdek, u Britan orollariga bostirib kiradi. Sezarning faoliyati Gʻarbiy Yevropaning madaniy va siyosiy qiyofasini butunlay oʻzgartirib yuboradi va yevropaliklarning keyingi bir necha avlodlari hayotida oʻchmas iz qoldirad4
Gay Yuliy Sezar zoʻr harbiy strateg va taktik boʻlib, fuqarolar urushida gʻalaba qozonadi va Pax Romananing yagona hukmdoriga aylanadi. Gney Pompey bilan bir qatorda Rim jamiyati va davlati islohotlarini boshlaydi, bu uning vafotidan keyin (mill.avv.44-yil) Rim imperiyasining barpo boʻlishiga olib keladi. Sezar respublika boshqaruvini markazlashtirmoqchi boʻladi. Yovuz tillar aytishardiki, u podshoh hukmronligiga intilardi, ammo Sezar dastlabki yetti podshohning yomon xotirasini eslab (ularni deb rimliklar monarxiyani chiqishtirmas edilar), boshqa yoʻl bilan boradi: umrbod diktator boʻlib qoladi. U oʻzini shunchaki — Sezar deb atashlarini xohlardi. Uning oʻldirilishi fuqarolar urushi qaytadan boshlanishiga, Rim Respublikasiga yakun yasalishiga va u tomonidan asrab olingan Oktavian Avgust boshqaradigan imperiyaning tugʻilishiga olib keldi. Keyinroq koʻpgina monarhlar oʻzlarini afsonaviy Sezar bilan bogʻlamoqchi boʻladilar. Shu yoʻl bilan nemischa: Kaiser („kayzer“) va ruscha tsar soʻzlari kelib chiqqan.
Tarixda ko‘plab buyuk jahongirlar o‘tdi. Ularning aksariyati ziddiyatli shaxsiyat bo‘lib, Yuliy Sezar (Caius Julius Caesar) bunga yorqin misol bo‘la oladi. U miloddan avvalgi 44-yilning 15-mart kuni Rim senatorlarining bir guruhi tomonidan o‘ldirilgan.

Foto: Wikipedia


Yuliy Sezarga o‘xshagan shaxslarga nisbatan, odatda, ikki xil qarash shakllangan bo‘ladi. Kimlar uchundir u dohiy, g‘olib, qahramon bo‘lsa, kimlar uchundir qonxo‘r, zolim, diktator. Buyuk Rim imperiyasining tamal toshini qo‘ygan general, siyosiy arbob va yozuvchi Yuliy Sezar eramizdan avvalgi 100-yilda Rimda tavallud topgan. Uning butun hayoti va siyosiy faoliyati Rim respublikasining so‘nggi asrida ijtimoiy bosimlar va fuqarolik urushlariga to‘gri keldi. Uning hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi holatlar va shaxsiyatlar haqida quyida hikoya qilamiz.
Hatto sen hammi, o‘g‘lim?”
Yuliy Sezarning o‘ldirilishida ishtirok etganlar orasida senator Markus Junius Brutus ham bor edi. U Sezarning joriyalaridan biri bo‘lmish Servilianing o‘g‘li bo‘lgan. Sezar hukmronligi paytida unga yuqori lavozimlarni ishonib topshirgan hamda uni o‘z himoyasiga olgan edi. Sezar o‘zining o‘ldirilish paytida xanjar ko‘tarib turgan Brutusni ko‘rib, “Hatto sen hammi, o‘g‘lim”, degani hujjatlarda qayd etilgan. Uning gapidan ba’zilar ikkalasi o‘rtasida ota-o‘g‘il aloqasi bor deb hisoblab, Brutusni padarkush desa, ba’zilar shunchaki qadrlash ma’nosida aytilganini ilgari suradi.
Sezar vafotidan keyin hokimiyat uchun kurashlarda Mark Antoniyga qarshi jangdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Brutus eramizdan avvalgi 42-yilda Makedoniyada o‘z joniga qasd qildi.

Yüklə 73,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin