Sezar va Pompey: triumvirat Miloddan avvalgi 60-yilda Sezar o‘z manfaatlarini ko‘zlab General Buyuk Pompey (Cnaeus Pompeius Magnuset) va boy va ochko‘z bo‘lgan Markus Lisinius Krasuslar bilan yaqinlashishga harakat qiladi. Ular o‘rtasida yashirin bitim tuziladi. Ushbu bitim tarixga “triumvirat” deb nomlanadi. Ammo 53-yilda Krasusning parfiyaliklardan mag‘lubiyatga uchrab o‘ldirilishi bilan ular o‘tasidagi aloqalar uziladi.
Kelasi yili senat Pompeyni Rimning yagona konsuli deb e’lon qiladi va u Rimning eng qudratli kishisiga aylanadi. Bu paytda Sezar o‘zining legionlari bilan Ispaniyada edi. Sezar va Pompey o‘rtasidagi raqobat kuchayib bordi va ularning to‘qnashuvi muqarrar holga aylandi.
Shunday qilib, 49–45-yillar Rim tarixiga fuqarolar urushi yillari bo‘lib kirdi. Urushlardan Sezar g‘olib sifatida chiqdi. Pompey 48-yilda mag‘lub bo‘ldi va Rimdan qochib ketdi. Misrga qochib borgan Pompey yosh Ptolomey XIII tarafidan Sezarga nisbatan xayrixohlik belgisi sifatida o‘ldirildi.
Sezar – mag‘lub Miloddan avvalgi 44-yilning 15-mart kuni Sezar Mart maydoniga tashrif buyurdi. Shu kuni Senat majlisi bo‘lishi kerak edi.6 Parfiyaga qarshi urushga otlanishdan oldin o‘zini qirol deb e’lon qilmoqchi degan mish-mish tarqalgan edi. Mish-mishlar tufayli Yuliy Sezar tanasiga bir necha bor pichoq sanchish orqali Pompey Kuriyasida o‘ldirildi. Uning o‘ldirilishida 23 nafar senator ishtirok etgani aytiladi.
Qotillik Respublika tuzumini saqlab qolish va qirollik tuzumiga qarshi uyushtirilgan edi. Lekin operatsiya yaxshi tashkil qilinmadi. Qotillikdan keyingi jarayon rejalashtirilmadi. Hokimiyat baribir Sezar tarafdorlari qo‘lida qoldi. Xalq g‘azabidan qo‘rqqan qotillar yashirinib yurishga va mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Ularning birortasi o‘zining tabiiy o‘limi bilan o‘lmadi. Sezar jasadi Forum maydonida namoyish etildi va 20-mart kuni kuydirildi.
2012-yilda arxeolog Antonio Monterrosso tomonidan Sezar o‘ldirilgan joydan 3 metr kenglik va 2 metr balandlikda sement plitasi topildi. Taxminlarga ko‘ra, yodgorlik Sezarning vorisi Oktavian Avgust tomonidan o‘rnatilgan. Bir qator rassomlar Sezarning o‘lim sahnasi aks etgan san’at asarlarini yaratdi.
Yunon va Rim mifologiyasi ko'pincha bir xil xudolarga ega, ammo shunday bo'lsada turli nomlarga ega, chunki ko'plab Rim xudolari YUNON MIFOLOGIYASIDAN[1] olingan , ko'pincha har xil xususiyatlarga ega. YUNON VA RIM XUDOLARI[2] o'rtasidagi o'xshashliklar haqida ko'proq bilib olishingiz mumkin. Rimliklar ham o'zlari zabt etgan BOSHQA MADANIYATLARDAN XUDOLARNI QABUL QILISHGAN[3].