Qadriyatlarning amal qilish doirasiga ko`ra turlari.
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy xodisa bo`lib, u millatning tili,
madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an`analarini, jamiki moddiy va ma`naviy boyliklarini,
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insonning
qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g`oyagina emas, balki tuyg`u
hamdir. Bu tuyg`u kishida millatning tarixi, ruxiyati, xozirgi xolati va hususiyatini,
xis qilish shaklida mujassamlashgan bo`ladi. Insonda milliy ong va g`urur bo`lmasa u
o`zining qaysi millatga mansub ekanligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini
anglashi tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy
munosabatlar ham, milliy his tuyg`ular ham, milliy qadiriyatlar ham saqlanib
qolaveradi. Millatni milliy qadiriyatlaridan mahrum qilish tarih va insoniyat
oldididagi eng katta jinoyatdir. Har bir ruhan sog`lom kishida o`z qadr-qimmatini
saqlash, o`zini hurmat qilish tuyg`usi mavjud. Har bir millatda ham huddi shu
holatni ko`ramiz. Millatlarning o`z-o`zini anglash jarayoni takomilllashgan sari milliy
manfatlar ham milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy
qadriyatlarning e`zozlanishi va kuchayib berishi zinhor milliy mahdudlikka, milliy
xudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak. SHuning uchun ham bu masalada
xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag`rikenglik, sahovat talab qilinadi.
Milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil
ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Millatning
ruhiyati, tarixiy an`analari, ma`naviy extiyojiga mos kelmaydigan begona
qadriyatlarni unga zo`rlab singdirish mumkin emas. Ayniqsa, boy tarixiy merosga
ega bo`lgan xalqlar ma`naviy hayot borasidagi zo`ravonlikni ruhan qabul qilmaydilar.
Xalqlarga yangi ma`naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval ularga nisbatan
extiyoj tug`dirmoqda.
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va
an`analari mushtarak bo`lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va
ijtimoiy xodisalar majmuasini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida
O`rta Osiyo xududida istiqomat qiluvchi xalqlarga xos bo`lgan qadriyatlarni keltirish
mumkin. Bir zaminda unib o`sgan xalqlarning tarixi, tili, madaniyati, dini, urf-odati
va an`analarida juda ko`p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir-birlariga og`a-ini,
quda-anda bo`lib kelganlar. Qadimdan bir man`naviy-ruhiy iqlimdan nafas olib
kelgan xalqlarimiz bugungi mas`uliyatli davrda aql, zakovat, shijoat, dunyoviy
salohiyat va milliy g`urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham
mehr-oqibatliroq bo`lishlari lozimligini hayotning o`zi taqozo qilmoqda.
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga O`rta Osiyoda yagona iqtisodiy xudud
tashkil qilish. Orol muammolarini xal qilish, ekologik xavfsizlikni ta`minlash,
mintaqa xalqlarini tibbiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma`naviy
merosimizni avaylab asrash kabilar kiradi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va ma`naviy qadriyatlardan mazmuni
jihatidan chuqur va keng bo`lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy
qadriyatlar barcha millatlar va xalqlarning maqsadi va intilishlariga muvofiq keladi.
Ta`kidlash joizki, jahondagi birorta xalq va millat o`zidan boshqa xalq va
millatlardan, umuman jahon tsivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan emas. Millatlar
boshqa xalqlarning madaniy-ma`naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana
olmaydilar. SHu sababli barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`naviy
rivojlanishi, tarixi bir-biri bilan chambarchas bog`lanib ketgan.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyoti
bilan bog`liq bo`lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er
yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini
to`xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta`minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni
muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi,
energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta`minlash, koinotni va jahon okeani
resurslarini o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan muammolar kiradi.
Qadriyatlarning jahon taraqqiyoti, inson hayotiga ko`rsatadigan ta`siri nuqtai
nazaridan progressiv va reaktsion qadriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik
kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma`naviyatining ilgari qarab
rivojlanishiga, ahloq-odob, milliy urf-odatlar negizlarida komil insonni tarbiyalashga,
mustaqil respublikamizdan har tomonlama ravna- toptirib, jahon tsivilizatsiyasiga
qo`shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar – bu progressiv qadriyatlarni tashkil
etadi.Aksincha, mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ma`naviy muammolarni xal etishga to`sqinlik qiladigan xolislar reaktsion
qadriyatlarga kiradi. Progressiv qadriyatlarning barchasi insonning farovon xayot
kechirishini, erkin yashashi, ma`naviy ahloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan
vosita hisoblanadi. SHuning uchun ham ularni avaylab asrash, yuksaltirish inson
shaxsiy hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |