Qandli diabet kasalligi — alomatlari, tasnifi, asoratlari, davolash, oldini olish Qandli diabet lot diabetes mellitus, «saxar kasalligi»


Bundan tashqari kasallikning ikkilamchi belgilari ham mavjud. Ular asta-sekin rivojlanadi va har qanday turdagi diabet uchun xarakterlidir



Yüklə 300,2 Kb.
səhifə5/11
tarix20.08.2022
ölçüsü300,2 Kb.
#63200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qandli diabet kasalligi

Bundan tashqari kasallikning ikkilamchi belgilari ham mavjud. Ular asta-sekin rivojlanadi va har qanday turdagi diabet uchun xarakterlidir:

  • Doimiy ravishda og’izning quruqligi;

  • Tana vaznining kamayishi yoki birdan oshib ketishi;

  • Terining kuchli qichishi va quruqlashishi;

  • Teri va yumshoq to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo’lishi;

  • Mushaklarning kuchsizligi va haddan tashqari terlash;

  • Har qanday yaralarning qiyin tuzalishi;

  • Ko’rish buzilishi;

  • Bosh og’rig’i, aylanishi va aqliy faoliyatning pasayishi;

  • Yurak og’rig’i, jigarning kattalashishi;

  • Oyoqlarda og’riq va yurishning buzilishi;

  • Teri, ayniqsa oyoqlarda sezgirlik kamayishi;

  • Yaralar paydo bo’lishi;

  • Qon bosimining oshishi;

  • Yuz va oyoq shishishi;

  • Bemordan atseton hidi kelishi.


Tashxislash
Agar kasallik mavjudligiga shubha bo’lsa uni tasdiqlash yoki inkor qilish kerak bo’ladi. Buning uchun bir qator laboratoriya va instrumental diagnostik usullar bor va bu tahlilar yordamida kasallikka aniq tashxis qo’yilishi mumkin. Ularga:

  • Qonda glyukoza miqdori — och qolganda glyukoza miqdorini aniqlash;

  • Glyukozaga sezuvchanlik sinovi — och holatda va ovqatdan keyin ikki soat o’tib qondagi glyukoza miqdorini solishtirish;

  • Glikemik kuzatuv — kun davomida qondagi qand miqdorini bir necha bor tahlil qilish. Davolash samarasini o’rganish uchun qo’llaniladi;

  • Siydikda glyukoza, oqsil, oq qon hujayralari mavjudligini tekshirish;

  • Siydikda atseton mavjudligini tekshirish;

  • Qonda glikolizlangan gemoglobin miqdorini aniqlash;

  • Qonning biokimyoviy tahlili;

  • Qondagi endogen insulinni aniqlash;

  • EKG — diabet oqibatida miokard ko’rgan zararni aniqlash;

  • UTT, kapilyaroskopiya kabilar yordamida qon tomirlar shikastlanish darajasini o’rganish.


Yüklə 300,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin