Diabet bilan kasallangan barcha bemorlar quyidagi mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak: Endokrinolog;
Kardiolog;
Nevrolog;
Oftalmolog;
Jarroh.
Kasallik darajalari Kasallikni jiddiyligiga qarab tasniflash juda muhim sanaladi. Asosan glikemiya darajasiga qarab farqlanadi. Darajalanish tashxis qo’yishda yordam beradi va asoratlarni oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Tibbiy yozuvlarga qarab kasallik qanday kechayotganini, asoratlar og’ir-yengilligini bilib, farqlash mumkin.
1-daraja Kasallanish orasida eng yaxshi ko’rsatkich hisobanib, har qanday davolash jarayoni kasallikni ana shu darajaga tushirishga qaratilgan bo’ladi. Qand miqdori insulin bilan butunlay qoplanadi, glyukoza darajasi 6-7 mmol / l atrofida, glyukozuriya (glyukozani siydik bilan ajralishi) uchramaydi, boshqa ko’rsatkichlar ham me’yorda bo’ladi.
Kasallik fonida rivojlangan patologiyalar uchramaydi, asoratlar kuzatilmaydi. Bunday natijaga davolash kursiga to’liq amal qilish va parhez tutish yordamida erishiladi.
2-daraja Bu darajada insulin qand miqdorini biroz qoplay olmayotganidan dalolat beradi. Ko’zlar, buyraklar, yurak, qon tomirlari, oyoqlarda, nerv tolalarida shikastlanishlar mavjud bo’ladi.
Qonda glyukoza miqdori biroz oshgan va 7-10 mmol / l atrofida bo’ladi, glyukozuriya uchramaydi. Boshqa ko’rsatkichlar ham biroz me’yordan oshgan bo’ladi.
3-daraja Bu darajada kasallik faol rivojlanayotgani va uni dori-darmonlar bilan ushlab turib bo’lmasligi kuzatiladi. Glyukoza miqdor 3-14 mmol / l atrofida, glyukozuriya doimiy bo’ladi, yuqori proteinuriya kuzatiladi, shikastlangan organlar asta-sekin belgi berishni boshlaydi.
Ko’rish o’tkirligi tez pasayib ketadi, gipertoniya kuzatiladi, oyoqlarda va barmoq uchlarida sezuvchanlik kamayadi.
4-daraja Bu darajada mutlaq dekompensatsiya kuzatiladi va qilgan muolajalar (agar bo’lsa) umuman foyda bermayotganidan dalolat beradi. Glyukoza miqdori jiddiy raqamlargacha (15-25 mmol / l va undan ko’p) ko’tariladi, qand miqdorini tushirishga urinish yaxshi samara bermaydi.
Siydik orqali oqsil ajralishi yanada faollashadi. Buyraklar yetishmvochiligi yuzaga keladi, terida yaralar va gangrena uchrashi mumkin. Komaga tushish xavfi o’ta yuqori.