Ekstrapankreatik yetishmovchilik (2-tip diabet) Eski nomlanishi — insulinga bog’liq bo’lmagan diabet. Ko’pincha yoshi kattalar, semizlikdan aziyat chekadigan (asosiy xavf omili, bemorlarning 80% da tana vaznining ortiqchaligi qayd qilinadi), 40 yoshdan oshgan kishilar xastalanadi.
Retseptorlar strukturasi o’zgarishi yoki soning kamayishi natijasida gormon bilan ta’sirlasha olmaydi. Shuningdek ba’zida gormonni o’zining tuzilishi o’zgarishi ham mumkin (genetik nuqsonlar).
Semizlikdan tashqari, 2-tip diabetning xavf omillariga quyidagilar kiradi:
Qarilik;
Chekish;
Alkogol iste’mol qilish;
Arterial gipertoniya;
Surunkasiga ortiqcha ovqatlanish;
Kamharakat hayot tarzi.
Diabetning 2-tipiga irsiy moyillik bo’lishi isbotlangan. Bunga gomozigotali egizaklarda kasallik mavjud bo’lishining 100% mos kelishi ishora qiladi.
Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak bo’lavermaydi. Faqatgina malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi.
Avvalo bunday bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana vaznini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3 kg`dan tushirib borish tavsiya etiladi. Parhezga amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng og’ir hollarda insulin buyuriladi.
Alomatlari Qandli diabet belgilari bosqichma-bosqich rivojlanadi va sekinlik bilan namoyon bo’la boshlaydi. Asosan qonda glyukoza miqdorining yuqori bo’lishi kuzatiladi. Bemorlarda kasallik paydo bo’la boshlanganida quyidagi asosiy alomatlar seziladi:
Polidipsiya — qondirib bo’lmas doimiy chanqoqlik.
Poliuriya — siydikda erigan glyukoza hisobiga osmotik bosimning ortishi natiajasida kunlik peshob ajralishining oshishi;.
Polifagiya — doimiy qondirib bo’lmas ochlik. Modda almashinuvi buzilishi oqibatida yuzaga keladi;
Ozib ketish — ayniqsa diabetning 1-tipi uchun xarakterli. Hujayralarning energetik almashinuvida uglevod ishtirok etmasligi sababli oqsil va yog’larning faol katabolizmi tufayli sodir bo’ladi