Kasallik rivojlanishining asosiy sabablariga: Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi.
Semizlik. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi.
Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β-hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.
Virusli infeksiyalar — qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun.
Asabiylashish, stress. Stress, asabiylashishdan yiroq bo’lish tavsiya etiladi.
Yosh. Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet rivojlanish ehtimoli ikki barobarga ortadi.
Bu ro’yxatga ikkilamchi diabet chaqirishi mumkin bo’lgan omillar kiritilmagan, chunki asosiy omil bartaraf etilganda kasallik ham tuzalib ketadi.
Bundan tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir o’tkazishi mumkin:
Feoxromositoma — buyrak usti bezi o’simtasi, natijada insulinga aks ta’sir etuvchi gormonlar ko’p ishlab chiqariladi;
Vaqtinchalik giperglikemiya — qonda glyukoza miqdorining vaqtinchalik oshishi.
Muammoning eng muhim asosi to’qima bilan insulin o’zaro ta’sirlashuvi buzilishi hisoblanadi. Glyukoza organizmga hayotiy jarayonlarni davom ettirish uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak. To’qimalarga glyukozaning o’tmasligi, glyukozaning glikogen sifatida jigarda depo bo’lib to’planmasligi uning qondagi miqdorini oshishiga sabab bo’ladi. Ana shu o’zgarishlar qandli diabet nomini oladi.