Giperosmolyar koma — asosan anamnezida 2-tip diabet bo’lgan yoki bo’lmagan keksa bemorlarda kuzatiladi va kuchli suvsizlanish bilan bog’liq. Ko’pincha bir necha kundan bir haftagacha davom etadigan poliuriya va polidipsiya kuzatiladi. Tezkor gospitalizatsiya uchun hayotiy ko’rsatkich sanaladi.
Laktatsidiotik koma — qonda sut kislotasi to’planishi tomonidan chaqiriladi. Asosan 50 yoshdan oshgan bemorlarda yurak-tomir, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, to’qimalarning kislorod bilan yetarlicha ta’minlanmasligi fonida sodir bo’ladi. Uyquchanlik, hushdan ketish, nafas olish buzilishi, Kussmaul nafasi yuzaga kelishi, arterial bosimning pasayishi, peshob kelishining kamayishi (oliguriya) yoki umuman bo’lmasligi (anuriya) kuzatiladi.
Kechki Rivojlanishi uchun oylar, ba’zan esa yillar kerak bo’ladigan asoratlar guruhini o’z ichiga oladi. Ularga:
Diabetik retinopatiya — ko’z to’r pardasining mikroanevrizmalar, nuqtali va dog’li qon quyilishlar, qattiq ekssudatlar, shishlar, yangi tomirlar shakllanishi ko’rinishida shikastlanishidir. Ko’z tubida qon quyilishi bilan yakunlanadi, to’r pardaning ko’chishiga olib kelishi mumkin. Ko’proq 2-tip diabetda kuzatiladi. O’rta va keksa yoshdagi bemorlarda ko’rlikning asosiy sababchisidir.
Diabetik mikro- va makroangiopatiya — tomirlar o’tkazuvchanligining buzilishi, ularning sinuvchanligi oshishi, trombozlarga va ateroskleroz rivojlanishiga moyillik.
Diabetik polineyropatiya — ko’pincha ikki taraflama periferik neyropatiya ko’rinishida qo’l va oyoqning uch qismlarida boshlanadi. Og’riq va harorat sezishning pasayishi — neyropatik yara va jarohatlar rivojlanishida eng asosiy omildir. Sababi nerv to’qimalari oziqlanishi buzilishi. Sezgining buzilishi osonlikcha yuzaga keladigan jarohatlarga olib keladi. Nerv faoliyatini tiklash uchun tiokta kislotasi saqlagan preparatlar yordam beradi. U tanadagi uglevod va lipid almashinuvini tiklaydi va asab to’qimalarining fiziologik jarayonlari normallashtiradi.