yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti
foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash
miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi
PF-5894-sonli
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-
son)
4. Quyidagilar:
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom
1-ilovaga
muvofiq;
Yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi Nizom
2-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va
metodik ta’minlash, ularning xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish bo‘yicha
maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida qo‘shimcha 5
ta boshqaruv xodimi shtat
birliklarini ajratish yo‘li bilan Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik
ta’minlash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma deb ataladi), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, qo‘shimcha
14 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan tegishli sho‘balar tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oylik muddatda:
Boshqarmani davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari bilan ishlash tajribasiga
ega hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali
kadrlar bilan to‘ldirsin, shuningdek uni zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini
tashkillashtirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Yuridik xizmat xodimining ish joyini
moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligi bilan birgalikda Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va
tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma erkin
foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratsin hamda
uning muntazam ravishda
yangilanib turilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan
moliyalashtiriladigan davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlari smetalarida martaba darajalari
hamda ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to‘lash, shuningdek mazkur qaror bilan belgilangan
davriylikka rioya etgan holda yuridik xizmatlar xodimlarining malaka oshirishlari uchun
sarflanadigan xarajatlarni nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oylik muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda davlat organlari
va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari
shtat birliklari yetarliligini, ularning amalga
oshirilayotgan ishlar hajmiga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilsin, natijasi bo‘yicha yuridik xizmatlar
xodimlarining shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek
yuridik xizmat xodimlarining
mehnatiga haq to‘lash razryadlarini davlat organlari va tashkilotlari tegishli tuzilmalarining
rahbarlariniki darajasiga qadar oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Axmedbayev zimmasiga
yuklansin.
Dostları ilə paylaş: