Tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy darajadagi davlat organlari va
tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod
qilinadilar.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan
kelishish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
9. Davlat organi va tashkilotida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan
yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha
professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini
tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim
muassasasining “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining
bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-
sonli
Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
10. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi va yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin
emas.
11. Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati xodimlariga martaba darajalari beriladi
hamda ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda
to‘lanadi.
12. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatining xodimi sifatidagi mehnat staji boshqa davlat
organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlariga o‘tganda
martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalarni to‘lash uchun
mo‘ljallangan mehnat staji hisobiga olinadi.
13. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda
har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan
o‘tadilar.
14. Davlat organlari va tashkilotlarida har yili mazkur davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida
qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etilishi ahvoli to‘g‘risidagi yuridik xizmatning hisoboti
eshitiladi.
Dostları ilə paylaş: