(4 -bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-
sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
5. Har bir martaba darajasida bo‘lish muddati:
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi martabalarida bo‘lish muddati belgilanmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli
Farmoniga
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri:
a) ishda alohida o‘rnak ko‘rsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun
oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom bo‘lgunga qadar
martaba darajasi berishga;
b) izchillikka rioya qilmagan holda, lekin xodim yuqori lavozimga ko‘tarilayotganda ega
bo‘lgan martabadan ikki daraja yuqori bo‘lmagan martaba darajasi berishga;
v) birinchi marta attestatsiyadan o‘tayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim bo‘yicha
nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
7. Tegishli malaka bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lmagan shaxslarga martaba darajasi
lavozimga tayinlangandan keyin kamida 1 yil o‘tgach beriladi.
8. Davlat organlari va tashkilotlarining bir martaba darajasida belgilangan muddatda xizmat
qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lgan yuridik xizmat
xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
9. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga berilgan martaba darajalari
ularda umrlarining oxirigacha bo‘ladi hamda faqat ish faoliyatiga muvofiq kelmaydigan xatti-
harakatlari uchun ishdan bo‘shatilgan taqdirda ulardan mahrum qilinishi mumkin.
10. Xizmat burchini qo‘pol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojo‘ya xatti-harakat
qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun davlat
organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari pasaytirilishi mumkin,
lekin ular ega bo‘lgan martaba darajasidan ikki daraja past bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
11. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish martaba darajasi berish huquqiga
ega bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-sonli
Farmoni
tahririda
— O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
12. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha
attestatsiyadan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati tomonidan
belgilanadi.
13. Davlat organlari va tashkilotlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan yuridik xizmat
xodimlarining lavozim maoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 4-son, 50-modda, 25-son, 521-modda; Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son,
08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son;
31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son;
29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
1
Dostları ilə paylaş: |