xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan)
keyin viza
qo‘yiladi;
v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya
etilishini nazorat qiladi;
g) davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish
bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab
chiqishda ishtirok etadi;
d) davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar
tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib
chiqishda
ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga
rioya etilishini nazorat qiladi;
e) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining debitorlik va kreditorlik
qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;
j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib
boradi;
z) davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish
uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok
etadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
i) mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonunchilik
hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
(16-band 4-kichik bandining “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-
yanvardagi PF-61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y.,
06/22/61/0084-son)
k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va
tashkilotida mulkning talon-
toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini
tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va
kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun
rasmiylashtiradi;
l) moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari,
shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan
o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq
boshqa
funksiyalarni ham amalga oshiradi.
(16-band 4-kichik bandi “l” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
17. Yuridik xizmat va uning xodimlariga ushbu Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Dostları ilə paylaş: