Qarori yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi



Yüklə 148,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix09.02.2023
ölçüsü148,6 Kb.
#83567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PQ 2733 сон 19 01 2017  Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish

3-bob. Yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
18. Yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish,
xizmatda foydalanish uchun birinchi navbatda olish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-
6218-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor
shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan


hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va
majlislarda ishtirok etish;
rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning
xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy
ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-
huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, o‘z
e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida huquqiy xulosalar
berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda
ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti
vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini
o‘rganish;
(18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonunchilik
hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini
javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi
PF-61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat
organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek
ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan
huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
talabnoma-davo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan
undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda mukofot olish.
(18-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-
5894-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik xizmat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi
PF-61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
19. Yuridik xizmat:
Oldingi
 tahrirga qarang.
unga ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur
darajada va samarali bajarishi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun
buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqori turuvchi organga,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar
berishi;
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.


(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi
PF-61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
20. Yuridik xizmat o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan xulosalarning qonunchilikka
muvofiqligi uchun javob beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimi o‘z majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada
bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-
61-sonli 
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)

Yüklə 148,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin