Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə6/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

Teologiya (yun. theos — xudo va logiya – ta’limot ) — xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy talimotlar majmui. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar teologiyaning asosiy manbalari qisoblanadi. Teologiya turli diniy oʻquv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va boshqalarda oʻqitiladi. Teologiya tushunchasi avvalo iudaizm va xristianlikka nisbatan qoʻllangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi. Diniy ideologiya ayrim manbalarda teologiya deb yuritiladi. Teologiyaning asosini odatda diniy ideologiyaning muntazam va muayyan tizimli ko‘rinishi bo‘lmish muqaddas kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on kabilar) tashkil qiladi. Diniy ideologiya quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
1) dogmatika (grekcha dogmatos – fikr, ta’limot, yechim degan ma’nolarni anglatadi) diniy ta’limotning barqaror, kam o‘zgaruvchan qoidalari tizimi;
2) apologetika (grekcha apologeomai – himoya qilaman degan ma’no-ni anglatadi) ilohiyot sohasi va diniy ta’limotni insoniyat tafakkuri hamda tajribasiga asoslanib himoya qilish;
3) ilohiyot va axloqning o‘zaro aloqadorligi (din axloq qoidalariga ilohiy mazmun beradi);
4) amaliy ilohiyot – cherkov va machitlarning faoliyati va xudoga sig‘inish tartiblarini ishlab chiqish.
Teosofiya (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng maʼnoda - eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy taʼlimot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar teosofiyaning nazariy asosini tashkil etadi. Gʻayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bogʻlash mumkinligini tan olish teosofiyani spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor maʼnoda- rus yozuvchisi Ye.P. Blavatskaya (1831—91) va uning tarafdorlarining diniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qoʻshilib ketgan.
Diniy e’tiqodinsonning dinga bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zR Konstitutsiyasining 35-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek, 2021 yil 5iyulda yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 6-moddasida shunday deyiladi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdir. Bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi».
Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar. Barcha dinlarda o`ziga xos aqida talablari ishlab chiqilgan.
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Masalan islomning sunniylik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari mavjud bo`lib, ular 7 tadir: Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas bitiklarga, paygʻambarlarga, oxiratga, taqdirga, inson qazo qilganidan soʻng qayta tirilishiga ishonish.
Xristianlikda aqidalar birinchi marta 2-jahon sobori tomonidan qabul qilingan va u eʼtiqod timsoli deb atalgan. U xudoning muqaddas uchlikda (Ota, Oʻgʻil va Muqaddas ruhda) namoyon boʻlishi, Isoning xaloskorlik missiyasi, uning tirilib osmonga koʻtarilib ketishi va oxiratda yana qaytib tushishi, jami 12 asosiy aqidadan iborat. Keyinchalik jahon soborlari eʼtiqod timsolini Isoning ham ilohiy, ham insoniy tabiatga egaligi, ikonaga sigʻinish shartligi haqidagi aqidalar bilan boyitgan. Xristian cherkovi boʻlinib ketgandan keyin har bir konfessiya, diniy oqim oʻz taʼlimotiga boshqa xristian cherkovlar eʼtirof qilmagan aqidalarni kiritgan.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin